Ozarbayjon Respublikasi va uning diqqatga sazovor joylari haqida qiziqarli ma’lumotlar
Ozarbayjon Respublikasi va uning diqqatga sazovor joylari haqida qiziqarli ma’lumotlar
Ozarbayjon Respublikasi Kavkazortining janubi-sharqiy qismidan o’rin olgan hududdir. Ozarbayjon – o’ziga xos tabiat, takrorlanmas madaniyat, ko’p asrlik tarix, ajoyib an’analar, mehmondo’stlik va samimiylik sifatlariga ega diyordir.

Boku-mamlakatning poytaxtigina bo’lib qolmay, uning eng yirik shaxri hamdir. Odamlar orasida rus tili keng tarqalgan, yoshlarning aksariyat qismi ingliz tilida ham bemalol muloqot qila oladi. Ozarbayjon Respublikasi Eron, Turkiya, Rossiya, Gruziya hamda Armaniston bilan chegaradosh. Sharqiy tomondan esa uni Kasbiy dengizi o’rab turadi.

Ozarbayjon haqida faktlar:

Ozarbayjonning pul birligi bo’lmish manat dizayni ustida yevro dizaynini yaratgan ijodkor ish olib borgan. Shu sababli ham ushbu ikki valyuta bir-biriga o’xshab ketadi.

Ushbu mamlakatning 50% hududi tog’lar bilan qoplangan.

Geografik jihatdan mamlakatning ayrim hududlari Sharqiy Yevropaga tegishlidir.

Ozarbayjonda o’sadigan 240 xil o’simlik turini dunyoning boshqa hech bir burchagida uchrata olmaysiz.

Ozarbayjon hududida 350 ta loyli vulqonlar joylashgan.

Mamlakat aholisining yarmidan ko’pi Boku shaxrida yashaydi.

Mamlakatda palovni ellik hil ko’rinishda tayyorlash usullari mavjud.

Ozarbayjonning 99% aholisi Islom diniga e’tiqod qiladi.

Boku shaxrida 77 nafar millat vakillari hayot kechirishadi.

Sobiq sovet ittifoqidagi birinchi sirk Ozarbayjonda ochilgan.

Diqqatga sazovor maskanlari:

FlameTowers

Bu zamonaviy arxitektura kompleksi bo’lib, uni rivojlanayotgan Ozarbayjon timsolida bilishadi. Inshoot o’zida olov ko’rinishidagi ulkan shishali binolarni aks ettirgan. Tun paytida bino yuzasida turli chiroqlar nuri jilolana boshlaydi.

Qiz qal’asi

“Icheri Shexer” qa’lasi tarkibidan o’rin olgan qadimgi bino Boku shaxrining timsollaridan biri sanaladi. Aytishlaricha bir paytlar bu yer zardushtiylar ibodatxonasi bo’lgan ekan.

Shirvonshoxlar saroyi

Ushbu saroy XV asrda bunyod etilgan. Bu yerda Shirvonning hukmdorlari istiqomat qilganlar. Bino qizil, tillarang va jigarrang tusda nur sochadi. 

“Icheri Shexer” hududi

“Icheri Shexer” Bokuning eng qadimiy turarjoy kvartali sanaladi. Hudud bugungi kunga qadar yaxshi holatda saqlangan tarixiy devorlar bilan qurshalgan. Ma’lumotlarga ko’ra, bu yerda odamlar bronza davridan beri istiqomat qilishadi.

“Geyder Aliev” markazi

Zamonaviy futuristik ko’rinishiga ega bo’lgan mazkur bino ichida muzeylar, kongress markazlari, ofislar, ko’rgazma zallari joylashgan bo’lib, bir so’z bilan uni mamlakatning madaniy faxri sifatida tilga olsa arziydi. Ushbu markaz 2014 yilda eng yaxshi dizayn yo’nalishida xalqaro mukofotga sazovor bo’lgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook