Pazandalar uchun kichik ayyorliklar
Pazandalar uchun kichik ayyorliklar
Ayollar uchun ro'zg'orda kerak bo'luvchi maslaxatlardan bir qanchasini keltirib o'tdik. Marhamat tanishib chiqing!

1.       Pirog va bo’lka non hamiriga doimo kartoshka kraxmali qo’shsangiz pishirgan pishiriqlaringiz ertasi kuni ham po’rsildoq va yumshoq bo’lib turadi.

2.       Pirog, quymoq, non, oladii hamiriga manna yormasidan bir qoshiq suvga eritib qo’shing. Hamisha mazali bo’ladi.

3.       Xamirga sutdan tashqari yarim stakan mineral suv qo’shing. Ya'ni yarim stakan mineral suvga bir osh qoshiq iste’mol sodasini uksusda o’ldirib qo’shing.

4.       Xamir qilayotgan honaning eshik, derazalari yopiq bo’lsin. Sababi, xamir yuzasi qotib qoladi.

5.       Oshirma xamir tayyorlashda barcha mahsulotlar hona haroratida bo’lishi shart. Yo’qsa, xamir oshishi qiyin kechadi.

6.       Pirog hamiriga shakar ko’p qo’shib yuborsangiz ham hamir shishib chiqmaydi. Pishish jarayonida esa tezda qizarib ichi pishmay qoladi.

Xushbo’y ziravorlar

Har bir taom tayyorlashda ziravorlar qo’shilsa, ovqatga ozgacha ta’m bag’ishlab, xushbo’y hidi kishining ishtaxasini ochadi. Ammo bilib-bilmay ziravorlarni ishlatish esa aksincha holatlarga olib kelishi mumkin.

Biron bir retsept bo’yicha pishiriq yoki taom tayyorlamoqchimisiz? Ammo grammlar o’lchaydigan idishingiz yo’q. Aslo muammo qilmang. Tayyor yo’riqnoma bor. Har kimning uyida stakan, qoshiq va kichkina qoshiqcha topiladi. Ulardan foydalanamiz.

Demak, bir stakan-250 ml, qoshiq-15 ml, kichkina qoshiqcha 5 ml gramm hisoblanadi.

Bug'doy uni:

1 stakan –160-170 gramm.

1 qoshiq—10 gramm.

1 choy qoshiq-3 gramga teng.

Kartoshka kraxmali:

1 stakan –190 gramm.

1 qoshiq—11 gramm.

1 choy qoshiq-3 gr.

Shakar:

1 stakan –220 gramm.

1 qoshiq—13 gramm.

1 choy qoshiq - 5gr.

Shakar upasi:

1 stakan –170 gramm.

1 qoshiq—12 gramm.

1 choy qoshiq - 4gr.

Yong’oq:

1 stakan –130 gramm.

1 qoshiq—8 gramm.

1 choy qoshiq-2 gr.

Kakao

1 stakan –130 gramm.

1 qoshiq—8 gramm.

1 choy qoshiq- 3 gramm.

Asal

1 stakan –360 gramm.

1 qoshiq—22 gramm.

1 choy qoshiq-7gr.

Sut

1 stakan –250 gramm.

1 qoshiq—15 gramm.

1 choy qoshiq- 5gr.

Kakos qirindisi

1 stakan – 110 gramm.

1 qoshiq—7 gramm.

1 choy qoshiq-2 gr.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook