Psixologik test. Suratdagi qaysi shaklni tanlagan bo'lardingiz?
Psixologik test. Suratdagi qaysi shaklni tanlagan bo'lardingiz?
Ushbu shakllarga qarang va ular ichidan ko’nglingizga yoqqanini tanlang.

Kvadrat

Kvadrat shaklini tanlaganlar odatda juda sabrli bo’lib, o’z so’zlarida qat’iy turadilar. “Baribir hech narsa chiqmaydi” deb qo’l siltash ularga yot. Bu kishilarning nuqtai nazariga ko’ra, oldindan rejalashtirilgan ish hamirda qil sug’urgan oson kechadi, hayot bir tekis, ravon o’tadi. Barqarorlikni ma’qul ko’rganliklari uchun umrlarining ohirigacha uni ushlab qolishga harkat qiladilar.

To’g’ri to’rtburchak

Odatda, bu shaklni o’zidan ko’ngli to’lmaydigan, hayotini yaxshi tomonga o’zgartirishga intiladigan ayollar tanlaydi. Ularning asosiy hususiyatlari: qiziquvchan va yangiliklarga o’chlik. Bunday toifadagilar hayotlariga o’zgatirish kiritishga butun qalblari bilan kirishadilar va yangi bilimlarni egallaydilar.

Aylana

Bu shaklni tanlagan ayollarda boshqalarga qaraganda hamdardlik va hayrixohlik kuchli. Ular o’zlarini boshqalarning o’rniga oson qo’yadilar. O’zgalarning qayg’u hasratlarini bo’lisha oladilar. Hamma narsa joy-joyida , saramjon-sarishta  bo’lgandagina o’zlarini hotirjam his qilishlari mumkin. 100 tadan 99 hollarda ular birinchilardan bo’lib murosa qilish haqida so’z ochadilar.

Zigzag

Bunday ayollar ijod kishilari bo’lib, birov ochgan yo’ldan yurmaydilar. Hamma narsanio’z xohishlariga ko’ra hech kimnikiga o’xshamaganini o’ylab topadilar. Ular orasida dilbar, jozibador ayollar ko’p uchraydi. Ruhiy holatlarini juda tez o’zgartira oladilar.

Uchburchak

Fasl, ob-havoning injiqliklari va mavsumiy urflarga qaramay, doimo olg’a intiladilar. Ular asosan hisob kitob asosida ish yuritib, juda jizzaki bo’ladilar. Ba’zan esa nima xohlayotganliklarini o’zlari ham bilmaydilar. Ish faoliyatida boshliqlarini mustaqil va erkin inson ekanliklariga ishontira oladilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook