Qanday sumkani yoqtirasiz? Sirlaringizni aniqlaymiz!
Qanday sumkani yoqtirasiz? Sirlaringizni aniqlaymiz!
Aytishlaricha, ayol kishi obrazidagi turli buyumlar, misol uchun uning sevimli rangi, tanlagan aksessuarlari, soch turmagi va hattoki pardoz turiga qarab ham uning qanday fe’l-atvor sohibasi ekanligini tahmin qilsa bo‘larkan. Bugun biz sizning sevimli sumkangizga qarab qanday inson ekanligingizni bilib olishga harakat qilamiz.

Kuchli jins vakillari ayollarga ko’p bor quyidagi savol bilan murojat qilishadi: “Sumkanga g’isht solib olganmisan?” Yo’q albatta. U yerda bor yo’g’i eng kerakli buyumlar jamlangan, xolos.

Bu buyumlarsiz biz o’zimizni qo’l-oyoqsizdek his qilamiz- ahir sevimli sumkamizda eng kerakli deb hisoblagan narsalar o’rin oladi. Uning o’lchami, rangi, shakli va albatta ichidagi buyumlardan sizning qanday inson ekanligingizni tahmin qilish mumkin. Sumkaning ichiga nazar tashlaymizmi?

O’lcham va shakl

Katta sumka sohibalari ish bilarmon, intiluvchan va imkon qadar ko’proq sohalarni qamrab olishga harakat qiluvchi insonlardir.

Kichik sumkani esa o’z qadrini biladigan ayollar tanlaydilar. Ular shu yerda va shu onda nima kerakligini juda yaxshi biladi, barcha ortiqcha narsalardan voz kecha olishadi.

Jiddiy shaklga ega sumka sohibalari barchasi aniq, ravshan va tushunarli bo’lishiga odatlangan ayollardir.

Yumshoq qop sumkalarni kirishimli va ochiq fe’l-atvorga ega qizlar hush ko’radilar. Bunday sumka sohibalari nizolarni yoqtirmaydilar, qulaylik va hayotga ijobiy munosabatni yuqori baholaydilar.

 

Noodatiy va g’alati sumka egalari barchaning diqqat markazida bo’lishni hush ko’radilar. O’ziga nisbatan qiziqishning kamayishi va tanqidlarga bardosh berishi qiyin, qalbi nihoyatda ta’sirchan va nihoyatda nozik inson.

Rang

Odatda qora rangdagi sumkalarni ishbilarmon va jiddiy ayollar tanlaydilar. Ular o’zgalar uchun “yopiq” shaxs bo’lib, odamlar bilanmuloqotda juda injiq (uning do’stlari juda kam, ko’p dostdan ko’ra haqiqiylarni afzal biladi).

Ko’zga tashlanib turadigan yorqin rangli sumka egasi hayotda juda yorqin va faol shaxs bo’lib, jo'shqin va bo’ron kabi fe’l atvorga ega. Ularni tez- tez qo’pollik qilganlari, qiziqqonliklari va o’ylamay amalga oshirgan harakatlari uchun ayblab turishadi.

Yorqin ranglarni hira ko’rinishini o’zida aks ettirgan sumkalarni hush ko’ruvchi ayollar o’ziga hosligini namoyish etishni yoqtiradigan shaxslardir. Ammo ular haddan ziyod e’tiborda bo’lishni yoqtirmaydilar. Bu kabi insonlar nimani xohlashini aniq biladilar va o’z maqsadlari sari harakat qiladilar.

Nimtatir ranglarda ishlangan sumkani nozik qalb egasi bo’lgan romantik  qizlarda ko’rishimiz mumkin. U boshqalarning dardiga sherik bo’lishni va qo’llab- quvvatlashni biladi. Biroq bunday shaxslarning diliga ozor berish va hafa qilish juda oson.

Ko’tarib yurish uslubi

Sumkaning tutqichidan ushlab yuradigan ayollar o’zi va atrovdagilarga nisbatan juda talabchan. Puxtalik va barqarorlikni qadirlaydilar, har bir ishda aniqlikka va hushmuomalalikka rioya etadilar.

Yelkada:

Qo’l tushirilgan va harakatlanmaydigan holatda turganbo’lsa, bunday insonni o’ziga unchalik ishonmaydigan, ko’pchilik diqqat markazida bo’lishga odatlanmagan va o’z maqsadi yo’lida vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengib o’tishga tayyor bo’lmagan shaxs deb taxmin qilish mumkin.

Qo’l qadamda muvofiq harakatlansa, qarshingizdagi ayol– ochiq ko’ngilli, kirishimli va yangi ta’surotlarga intiluvchan inson.

Qo’l sumkani ushlab tursa, ushbu nozik hilqat vakilining fe’l- atvorida mustaqillik va faollik ko’zga tashlanadi. Bunday insonlar har qanday qiyinchiliklarni yengishga o’rgangan va biroz harakat qilsa, hayotini yanada qiziqarli qilishi mumkin.

Sumkani tirsakning egiladigan joyidan ilib yuruvchi ayollar o’ta mulohazali bo’lib, o’zlarining tejamkorliklari va sog’lom fikr yuritishlari bilan ajralib turadilar.

 

Sumkani qo’ltiq ostiga qistirib yuruvchi ayollar yetarlicha “yopiq” inson bo’lib,  o’z hissiyotlarini atrofdagilarga ko’rsatishni yoqtirmaydilar. Ammo vaziyat taqozo etsa, o’zlarini nimalarga qodir ekanliklarini namoyon etishlari mumkin.

Sumkalarini pochtalon kabi taqib yuradigan qizlar o’ta serg’ayrat bo’lib, ularda kamsuqumlik, qulaylikni yuqori baholash kabi hususiyatlar ko’zga tashlanadi.

Sumkani qo’llarida tutib yuruvchilarning fe’l- atvori g’ayratga to’la va turli shartlardan holi. Ba’zida ularga mulohazakorlik va harakatlardagi barqarorlik yetishmaydi.

Ichidagi buyumlar

Sumkangizni ichida haddan tashqari ko’p narsa bo’lsa, demak, siz har qanday vaziyatni hisobga olgan holda ish tutasiz.

Sumkangizdan joy olgan kam narsalar sizga nima, qachon kerak bo’lishini aniq bilishingizdan dalolat beradi.

Sumkangizni alg’ov-dalg’ovligi hayotingizdagi tartibsiz voqea-hodisalardan darak berib turadi. Bu sizni hijolatga solmaydi :bunday insonlar sumkalarida nima borligi va ularning nima uchun kerakligini yaxshi biladilar.

A’lo darajadagi tartibga qarab, sumka sohibasi sinchkov, barcha narsani chuqur o’ylab ko’ruvchi deb aytish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook