Qishki ta’til uchun antiqa 7 g’oya
Qishki ta’til uchun antiqa 7 g’oya
Yangi yil ta’tili bolalar uchun orziqib kutilgan va cheksiz quvonch baxsh etuvchi qishning ajoyib tuhfasidir. Ota-onalar esa ushbu vaqtni behuda o’tkazmaslik, ta’til ham maroqli, ham foydali o’tishi uchun bolani nima bilan mashg’ul qilishni bilmay o’yga toladilar. Bu boradagi eng ajoyib 7 g’oya sizga qo’l kelishi shubxasiz.

1. Yaxmalakda konki uchish

Konki uchish uchun oilaviy dam olish kunini belgilab, ushbu qiziqarli mashg’ulotga yaqinlaringiz, farzandingiz bilan tengqur farzandi bo’lgan do’stlaringizni taklif qiling. Bolakay sirpanchiq uchishni bilmasa, o’rganib olishi uchun ajoyib imkoniyat yaratishingiz mumkin. Vaqtni bu tarzda o’tkazish farzandingiz hotirasida uzoq vaqt muhrlanib qoladi.

2. Kinosayohat

Farzandlaringiz bilan Yangi yil ertagi yoki biror multfilmni namoyishiga yo’l oling. Sevimli shirinliklaridan harid qilsangiz, uning quvonch zavqi yanada ortadi. Bu ham unutilmas maroqli dam olish turidir.

3. “Archa” bayrami

Boshlang’ich sinfda o’qiydigan kichkintoylarga Qorbobo va Qorqiz haqidagi ertaknamo sarguzashtlar yoqishi aniq. Bu kabi tomoshalar bilan nafaqat bolajonlar, balki kattalar ham Yangi yil kayfiyatini uyg’otadi.

4. Unutilmas ekskursiya

Yurtimizning tarihiy obidalari, go’zal go’shalariga oilaviy sayohat uyushtirish yoki shahar tashqarisiga chiqish ham bolajonlar hotirasida uzoq vaqt muhrlanib oladi.

5. Uycha yasash

Bordiyu ko’chaga chiqishni istamasangiz, bolaga stul va choyshablardan uycha yasashni taklif qiling. Bundan mashg’ulot bolakayga ma’qul kelishi bilan birga, unioynai jahon va kompyuter o’yinlaridan bir oz bo’lsa-da chalg’itadi.

6. Stol o’yinlari

Uyda qolishni ma’qul ko’rganlar uchun yana bir qiziqarli mashg’ulot - turlio’yinlardir. O’yinlarda bolalar bilan birga kattalar ha ishtirok etishi mumkin.Shunda bola o’yinga yanada kirishib ketadi. Mazkur mashg’ulotlar bolaning intelektual salohiyati va hotirasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

7. Ijod qilish

Qishki ta’til- bola ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun juda qulay fursat. Ushbu vaqtda bolalar bilan uyni bayramona bezatish, derazalarga qorparcha va Yangi yil bilan bog’liq boshqa turli tasvirlarni chizish mumkin. Archa uchun noodatiy o’yinchoqlar, yaqinlar uchun Yangi yil tabriknomalarini yasash kichkintoylarga olam-olam zavq bag’ishlashi shubxasiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook