"Qizil barqut" torti: Kelib chiqish tarixi, tayyorlash usuli va bezatish sirlari
"Qizil barqut" torti: Kelib chiqish tarixi, tayyorlash usuli va bezatish sirlari
"Qizil barqut" torti shokoladi, to‘q qizil rangdagi mashhur shirinlik bo‘lib, odatda uni qaymoqli pishloqdan glazur bilan birga tayyorlaydilar.

Tortni pishirish uchun sariyog‘, un, kakao, lavlagi, ozuqaviy bo‘yoqlar kerak bo‘ladi. 1972 yilda nashrdan chiqqan Jeysm Bird muallifligidagi kitobda mazkur tortning 3 hil retsepti keltirilgan. Ular bir-biridan tarkibidagi yog‘ va sariyog‘ miqdori bilan farqlangan. Masalliqlar tarkibidagi kakao biskvitning yorqin rangga ega bo‘lib chiqishi uchun yordam beradi. Tortning rangi qizil bo‘lgani uchun ham unga "Qizil barqut" deya nom berilgan. 

Ikkinchi jahon urushi yillarida ozuqaviy mahsulotlar tanqisligi yuzaga kelgan, shu sababli ham oshpazlar shirinliklarning rangini yaxshilash uchun qaynatilgan lavlagidan foydalana boshlaganlar. Qaynatilgan va qirg‘ichdan o‘tkazilgan lavlagi keyinchalik ushbu tortning zaruriy mahsulotlaridan biriga aylangan. Bugungi kunga kelib esa uning o‘rniga faqatgina ozuqaviy bo‘yoqlardan foydalaniladi.

1950 yillarga kelib desert Kanadada, "Eaton’s" do‘konlar tarmog‘ida keng tarqaldi. Tarmoq uni o‘ziga xos yegulik sifatida sotishni boshlagan. Tortning retseptidan xabardor bo‘lgan sotuvchilar buni qattiq sir saqlashlari kerak edi. 

Tayyorlanish usuli:

 

•       300 gr un

•       500 gr shakar

•       1,5 stakan o‘simlik yog‘i

•       120 gr sariyog‘

•       4 dona tuxum

•       200 ml qatiq

•       300 gr tvorog

•       50 gr kakao

•       2 choyqoshiq so‘ndirilgan soda

•       2 choyqoshiq qizil rangli bo‘yoq 

Kremiga:

•       120 gr qaymoqli sariyog‘

•       200 gr shakar

•       300 gr tvorog

 

1.     Un va kakao kukuni birgalikda elakdan o‘tkaziladi. 

2.     Barcha quruq masalliqlar (un, soda, shakar va kakao) alohida, suyuq masalliqlar (qatiq, yog‘, bo‘yoq va tuxum) alohida idishda aralashtiriladi.

3.     Har ikki aralashma o‘zaro birlashtiriladi va mikser yordamida ko‘pirtirib olinadi.

4.     Xamir yarim soat tindiriladi. Keyin esa ikkiga teng bo‘linadi va qoliplar ichiga quyib chiqiladi. Biskvit 180 daraja haroratda pishirib olinadi.

5.     Pishgan korj qolipdan ajratiladi.

6.     Krem uchun tvorog, shakar va sariyog‘ o‘zaro ko‘pirtirib olinadi. Istakka ko‘ra, krem ichiga ozroq vanilin qo‘shishingiz ham mumkin. 

Bezatish:

Birinchi biskvit ustiga krem surtib olingach, ustidan  ikkinchi biskvit joylashtiriladi. Tortning ustki qismini krem bilan qoplash, gilos, yong‘oq, glazur, eritilgan shokolad bilan bezatish mumkin.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook