Qiziqarli ma’lumotlar: Go’zallik qurbonlik talab qiladi
Qiziqarli ma’lumotlar: Go’zallik qurbonlik talab qiladi
Go’zallik ideal darajada bo’lishi uchun zamonaviy odamlar operatsiya stoliga yotishga tayyor, jarroxlar esa odamlarni tanib bo’lmas darajada mo’jiza sodir etishadi. Biroq, bunday operatsiyalarni qildirishdan oldin, moda tez o’zgaruvchan ekanligini unutib qo’ymang, operatsiya natijalari esa tez orada actual bo’lmaydi.

Kaftdagi chiziqlarni o‘zgartirish

Kaftdagi chiziqlarni o‘zgartirish
Yaponiyada xiromantiya hozirgi kunlarda ham taqdirni bilishning mashxur fol ochish usullaridan biri, odamlar esa taqdirlarini o’zgartirishning yangi yo’lini topdi. Bu juda oddiy fikr: shunchaki kaftdagi chiziqlarni o’zgartirishadi. Bunga kerak bo’ladigan narsa plastika jarroxi, elektrik skalpel va biroz xiromantiya bilimlari. Jarayon odatda 15 daqiqa vaqt oladi, bu vaqtda 5-10 tagacha chiziqlar o’zgartirilishi mumkin

Ko’zni o’zgartirish

Ko’zni o’zgartirish
Kosmetik jarroxlik ayol tanasining deyarli hamma joyini o’zgartirishi mumkin. Shunga qaramasdan hozirgacha yagona o’zgarmaydigan narsa ko’zlar qolgan edi, uning rangini igna bilan ham o’zgartirib bo’lmas edi. Ko’z rangini o’zgartirmoqchi bo’lganlar shunchaki linza taqar edi. Biroq shifokor Kennet Rozental ko’zning turli defektlarini o’zgartirish yo’lini topdi (geteroximiya, ko’z albinizmi va h.z.), shu bilan bir qatorda ko’z kamalagi qatlamiga sun’iy implantatsiyani ham. Bundan ko’z rangini o’zgartirmoqchi bo’lgan odamlar foydalanadi. Sun’iy kamalak bu toksik bo’lmagan, ko’z linzalarida ishlatiladigan, xavfsiz silikondan yasalgan. U egiluvchanligi sababli, uni buklab, kichik kesim orasidan kirgizib, keyin ko’z ustiga yoyish mumkin. Brightocular veb-saytiga qaraganda, jarayon “tez, xavfsiz va og’riqsiz” va har bir ko’z uchun atigi 15 daqiqadan oladi. Shu bilan birga BrightOcular xabar berishicha implant kerakli hollarda yoki patsientning xohishiga ko’ra istalgan paytda olib tashlanishi mumkin.

Oyoq korreksiyasi

Oyoq korreksiyasi
Kosmetik jaroxlik oyoqlarga ham yetib bordi. Shifokor Oliver Zong NYC Footcare jarroxlik direktori oyoqning tanlangan joylari jarroxligida mutaxassis. Shunga qaramasdan Zong “oyoqni cho’zish” operatsiyalarini ham o’tkazadi, u o’z ichiga, oyoq barmoqlarini qisqartirish ya’ni ularning ko’’rinishini yaxshilash operatsiyalarini ham oladi. Nyu Yorkning Footcare klinikasi bu sohada yolg’iz emas. Oyoq xiruriyasi, barmoqlarni kaltalatish va yog’ni chiqarib olish yiliga 45 million dollar daromad keltiradi. Ammo ba’zi shifokarlar bunday operatsiyalarni etika to’g’ri kelmaydi va oqibatlari yomon bo’lishi mumkin deb hisoblaydi. Masalan, noto’g’ri operatsiya qilinganda oyoq barmoqlarining deformatsiyasi yuz berishi shular jumlasidandir.

Mo’ylov implantantsiyasi

Mo’ylov implantantsiyasi
Turkiyada mo’ylov ektirish brogan sari mashxur bo’lib bormoqda. Ko’p yillar davomida turk shifokorlari soch ekishni taklif qilar edi, hozir esa yangi trend paydo bo’ldi – mo’ylov implantatsiyasi. Yaqin Sharq, Yevropa va Osiyo erkaklari Istambulga borib mo’ylov ektirib kelayotgan ekan. Ushbu jarayonda shifokorlar soch follikulalarining ekstraksiyasi deb nomlanadigan usuldan foydalanadi, bunda ular odamning tanasidagi boshqa joyida soch tolalarini olib, soqol yoki moylov joyiga ekib chiqadi. Kosmetolog jarroxlarning aytishicha bunday operatsiya narkoz yordamida qilinadi va 5 soat vaqt oladi, bu operatsiya 5000 dollargacha narxlanishi mumkin.

Pokerfeys

Pokerfeys
Pokerning professional o’yinchilari hissiz yuzni saqlab qolish qanchalar muhimligini juda yaxshi bilishadi. Nyu Yorkli doktor Jek Berdi “Pokertox” degan xizmatni taklif etadi. Jarayon shundan iboratki, yuzning hissiyot va tuyg’ularni ko’rsatadigan joylariga boteks sepib chiqiladi va mijoz nimani his qilayotganini bilib bo’lmaydi. Bunday operatsiya o’rtacha 600 $ dan 800 $ gacha narxlanishi mumkin, natija esa 3 oydan 4 oygacha saqlanib qoladi.

Og’iz burchaklarini ko’tarish

Og’iz burchaklarini ko’tarish
Ushbu tendensiya Osiyoda juda mashxur bo’ldi. Bu lablar chetlarini kichkina kesib, natijada og’iz burchaklarini ko’tarilishidan iborat. Bunday kosmetik xirurgiya lab chetlari pastga qaragan mijozlarda keng qo’llaniladi.

Qovoqlarni yo’qotish

Qovoqlarni yo’qotish
Janubiy Koreya ayollari g’arb madaniyatiga shunchalik berilib ketganki, ikki qovoq operatsiyalarini qilib, g’arblik odamlarga o’xshashga harakat qilmoqda. BU operatsiya, tish shifokoriga borgandek oson bo’lib qoldi. BUndan tashqari Janubiy Koreya Brazilayadan o’zib ketib, kishi boshiga qilinadigan operatsiyalar soni bo’yicha oshib ketdi.Ushbu jarroxlik ooperatsiyasi ko’zning yuqori burchaklarini kesib, ularni kattaroq va dumaloqroq qilishdan iborat.

Kulgich yaratish

Kulgich yaratish
Hamma ham Jenifer Garner yoki Mario Lopezdaka kulgichlar bilan tug’ilmagan, lekin ajrroxlar buning ham yechimini topishdi. Bunday kulgichni hosil qilish uchun yuzda kichik kesiladi. Tashqaridan bu kesik hech qanday dog’ iz qoldirmaydi. Kesikning tikilish ipi ichkaridan o’tadi va kulgich joyidagi terini o’zi bilan toradi. Boshida kulgich kulgisiz ham ko’rinadi, keyinchalik esa faqatgina kulganda bilinadi.

Tana a’zolarini uzaytirish

Tana a’zolarini uzaytirish
Nyu Yorkdagi erkak og’riqli tana a’zolarini o’stirish operatsiyasidan keyin 15 santimetrga o’sdi. Ushbu erkak qilgan operatsiya kosmetik bo’lsa ham, ko’pchilik asosan bunday operatsiyaga o’zining pakana bo’yi sababli rozi bo’ladi. Bu kamyob operatsiya faqatgina qo’shma shtatlarning ba’zi shifokorlari tomonidan amalga oshiriladi va taxminan 85 000 $ turadi. Og’riqli, mehnat talab va qimmat ish – bu operatsiyaning ta’rifidir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook