Qosh uchun qanday qalam tanlagan yaxshi?
Qosh uchun qanday qalam tanlagan yaxshi?
Pardoz jarayonida qoshga to’g’ri rang berish o’ta muhim sanaladi. Agar bo’yoq rangi atigi 1ta tusga farq qilsa ham qoshlar ajralib qoladi. Bunday bo’lmasligi uchun qanday qosh qalam tanlash kerak? Marxamat bizning tavsiyalarimizga quloq tuting.

Eng to’g’ri tanlov- bu qosh qalami soch rangiga mos bo’lishidir. Agar qalam rangi to’qroq bo’lsa, pardozda notabiiylik vujudga keladi.

To’q shokolad rangni eslatuvchi soch uchun to’q jigarrang qosh qalami mos tushadi. Soch rangi tim qora bo’lsa, to’q kulrang bo’yoq yordamida qoshlarga rang berish mumkin. Tovlanuvchi, qora rangdagi soch uchun huddi shu rangdagi bo’yoqni tanlang. Malla sochli qizlar uchun jigarrang qalamning barcha turlari mos tushadi. Eng asosiysi soch ildizining rangiga qalam rangi mos tushsa bas.

Qalam tanlayotganda qosh shakliga e’tibor berish kerak. Agar u ingichka bo’lsa, qalam uchli va ingichka bo’lgani ma’qul. Shundagina qosh shakli hoshiyasini chizish oson kechadi. Zich va qalin joylashgan qoshlar uchun ten yoki stik qalamlaridan foydalanish mumkin.

Qalamning bir tarafiga mahsus taroqcha o’rnatilgani qoshga rang berishda u qadar usta bo’lmaganlar uchun ayni muddao. Qalam yordamida qoshni bo’yagach, taroqchasi bilan bo’yoqni tarqatish va tekislash mumkin. Hozirda qosh rastushovkasi ko’rinishiga o’xshash maxsus sho’tkalar ommalashmoqda. Dag’al tishli cho’tka qosh tolasini kerakli shaklga keltirishda yordam beradi.

Sizda muhim uchrashuv yoki  kechki bazm rejalashtirilgan bo’lsa, suvga chidamli qosh qalami sizni ortiqcha havotirdan halos etadi. U toki o’chirilmagunicha rangini saqlab qoladi. Hatto issiq harorat, qor yomg’irda ham qosh rangidan havotir olmasangiz bo’ladi. Suvga chidamli bo’yoq misellyar suvi yordamida tozalanadi. Oddiy “demakiaj” vositalari afsuski bunga qodir emas.

Zamonaviy pardoz vositalaridan biri bo’lgan gelli qosh qalami silliq surtiladi va kun davomida umuman surkalib ketmaydi. Ammo u hamma uchun mos kelmasligi mumkin. Sababi gelli qalamni surtishda professionallik talab etiladi.

Stik

Pardoz qutidisa ko’p joy egallamaydi. Surtilishi ham juda oson. Biroq u ingichka qoshlar uchun to’g’ri kelmaydi. Sababi, stik yordamida qosh hoshiyasi aniq chizilmasligi mumkin. Stik, qosh bo’yashda oz-moz bo’lsa-da, tajribaga ega ayollarga tavsiya etiladi.

Agar pardoz borasida oz bo’lsada tajribaga ega bo’lsangiz, marker ish berishi aniq. Uning yordamida qosh shakli chiroyli chiziladi. Rangi ham tiniqlashadi. Agar markerdan foydalanishni bilmasangiz, oddiy qalam bilan kifoyalaning. Sababi ayrim marker bo'yoqlari teriga surtilganda chuqur singib, bir necha soat davomida o’z ko’rinishini saqlab turadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook