Ro'zg'orda mavjud bo'lgan oddiygina limon orqali go'zal bo'lish sirlari
Ro'zg'orda mavjud bo'lgan oddiygina limon orqali go'zal bo'lish sirlari
Har bir beka borki uyidagi mavjud tabiiy mahsulotlardan foydalanib, go’zal bo’lishni istaydi. Bu borada esa limon eng yaxshi ko’makchidir. Undan tayyorlangan niqoblar kosmetologiyada ham o’z o’rnini topib ulgurgan. Bunday niqoblarning foydali hususiyatlari ko’p, qo’llash ham oson. Quyida sizga limondan tayyorlash mumkin bo’lgan oson niqoblarni tavsiya etamiz.

Yuzdagi chuqurchalarni tortuvchi niqob

Yuzdagi katta teshikchalar yog’li terini ko’pincha apelsin po’stlog’iga o’xshatib qo’yadi. Terini tashqi ko’rinishini yaxshilash uchun bir dona tuxumning oqini ko’pirtirib, unga bir choy qoshiq limon sharbati qo’shish kerak. Bu qorishmani sekinlik bilan har besh daqiqada birinchi qatlam qotishi bilan ikkinhisini surtib boring. So’ngra niqobni iliq ko’k choy bilan paxtali tampon orqali yuvib tashlang.

So’lg’in teri uchun mo'ljallangan niqob

Bir choy qoshiq asalni bir dona hom tuhum sarig’i bilan aralashtiring. Yarim choyqoshiq o’simlik moyi va 10 tomchi limon sharbati quying. So’ng ko’pirtirib, bir choyqoshiq suli unidan qo’shib yuboring. Niqobni yuz va bo’yin terisiga 20 daqiqa surtib, keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.

Terini tetiklashtiruvchi niqob

Suvli vannada ikki oshqoshiq asalni eriting. Ikki oshqoshiq tuyilgan suli donini va yarimta limondan siqilgan sharbatni qo’shib yuboring. Iliq qorishmani yuzingizga surting. 20 daqiqadan so’ng niqobni iliq suv bilan yuvib tashlang.

Terini quvvatlovchi dorivor

Doka qopchaga limon va muz bo’lagini solib, yuz, bo’yin va butun tanangiz terisiga surtib chiqing. Namlikni sochiq bilan artmang, o’zi tabiiy qurib qolishiga qo’yib bering. Ana shunda teringiz tiniqlashib, husningizga husn qo’shiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook