Sevgi turlari haqida bilasizmi?
Sevgi turlari haqida bilasizmi?
Qadimgi yunonlar sevgi- muhabbatni qanday yo’nalishda ekanligiga qarab ikki turga – “eros” va “agape” ga bo’lganlar. Vaholanki, ularni muhabbatning ikki muhim tomoni deya hisoblash to’g’riroq bo’ladi. “Eros” – muhabbat obektiga ega bo’lish, ya’ni sevilgan insonni o’ziniki qilib o’lishga intilish bo’lsa, “agape”- muhabbat dardiga mubtalo bo’lgan oshiqning hissiyot obektiga o’zini bag’ishlashidir. Mazkur hissiyot har bir odamda uchrashi tabiiy.

Sevgi muhabbat turlari quyidagilarga bo’linadi:

 “Eros”- muhabbatda his- tuyg’u o’ta kuchli bo’ladi, tuyg’ular asosida yotgan motiv muhabbat obektiga jismoniy ega bo’lishdir. Bunday muhabbat turida jismoniy intilish yetakchilik qiladi.

 “Lyudus” – muhabbatga unchalik chuqur bo’lmagan o’yin sifatida qarash. Bu turdagi sevgida hislar obekti bo’lgan kishining o’rni juda tez o’zgarishi mumkin.

 “Storge” – bir qarashda kuchli ifodalanmaydigan, ishonchli muhabbat turi. Ushbu muhabbat turida hurmat, ishonch va do’stlik tuyg’ulari yetakchilik qiladi.

 “Pragma” – lyudus va storgelardan iborat bo’lgan, doimiy ong nazorati ostidagi hisobli muhabbat turi. Bunda inson muhabbatdan qanday manfaat ko’rishi va muhabbat obektidan ham nimalar kutayotganini yaxshi biladi.

 “Maniya” – eros va lyudusda iborat bo’lib, sevgan kishi devgi obektiga tobe ekanligi bilan harakterlanadi. Ammo uning eros va lyudusdan farqi sevgan shaxsida o’ziga nisbatan ishonch kam bo’ladi.

“Agape” – eros va storgelar yig’indisidan iborat muhabbat turi. Bu turdagi muhabbat sohiblari o’z sevgisini o’ta kuchli ifodalaydilar. U sevgi obektiga borini : o’zi, hayoti, xis-tuyg’ularini bag’ishlash va qurbon qilishga toyyor bo’ladi.

Kuzatishlarga ko’ra, erkaklar sevgisi, odatda, eros va lyudus, ayollar sevgisi esa pragma, storge va maniya turlariga mansub bo’ladi. Shuningdek, bir turda boshlangan sevgi ma’lum vaqtdan so’ng ikkinchi turga almashinishi ham mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook