Shamollashda shifobaxsh ichimliklar
Shamollashda shifobaxsh ichimliklar
Kunlar sovugani sari shamollash havfi kuchayadi. Bunday sharoitda esa tabiiy va havfsiz ichimliklar ayni muddao. Siz uchun quyida shamollashda qo’l keluvchi 8 ichimlik haqida keltirib o’tamiz.

1. Na’matakli choy

Na’matak C vitaminiga boy. Quritilgan na’matak mevalarini maydalang. 3 osh qoshiq na’matakka qaynoq suv quyib, termosda tun bo’yi qoldiring. Ushbu ichimlikni bir kunda 4 mahat ovqatdan  yarim soat oldin iching.

2. Malina va jo’kali choy

Quritilgan jo’ka gullaridan choy damlang va unga malina barglarini qo’shing. 30 daqiqaga dam bering.

3. Asalli limon choy

Agar sizda shamollash kuzatilayotgan bo’lsa, yangi damlangan qora yoki ko’k choyga 1choy qoshiq asal va ikki bo’lak limon soling. Ushbu ichimlik organizmdan shamollashni ketkazishga yordam beradi.

4. Zanjabilli limon choy

Bunday choy sovuq kunlarda imunitetni oshirishga va faollikni kuchaytirishga yordam beradi. 1 stakan qaynoq suvga 1 osh qoshiq asal, 1 osh qoshiq limon sharbati, 0,5choy qoshiq zanjabil va bir chimdim dolchin qo’shib damlanadi.

5. Mineral suv va qaynoq sut

Agar yo’tal tutsa, qaynoq sutga mineral suv qo’shib ichsangiz, u yo’talni daf qiladi.

6. Quruq mevalardan qilingan kompot

Quruq mevalar iliq suvda yuviladi. Olma va nok 30 daqiqa davomida yumshaguninga qadar qaynatiladi. Keyin esa limon, shakar va asal solinadi. Bu ichimlik ham shamollashni samrali davolay oladi. 

7. Moychechakli choy

Moychechak yallig’lanishga qarshi eng yaxshi vosita. Unga asal va jo’ka qo’shilsa yanayam yaxshi ta’sir etadi. Bunday choy tayyorlash uchun  1 choy qoshiq moychechak va jo’ka gullari 1 stakan qaynoq suvga solinadi va 20 daqiqa dam beriladi. Suzib olingach, bir kunda 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi. Ta’bga ko’ra asal ham qo’shish mumkin.

8. Sarimsoqli sut

Ushbu ichimlikni tayyorlash uchun sutga 10 tomchi sarimsoq sharbati qo’shiladi va tun bo’yi qoldiriladi. Bu ichimlikni kechki payt yotishdan avval iching.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook