Taniqli psixolog Mixail Litvakdan hayotiy masalalarni hal etishda asqotadigan 8 ta maslaxat
Taniqli psixolog Mixail Litvakdan hayotiy masalalarni hal etishda asqotadigan 8 ta maslaxat
Atrofdagilar bilan munosabatda bo’lish insondan muayyan ko’nikma talab etadi. Nima ham derdik, ba’zida hatto o’z ko’nglimizga yo’l topish ham qiyin kechadi-ku, bunisini qo’yavering. Taniqli psixolog, psixoterapevt Mixail Litvakning hayotiy masalalarni hal etishda asqotadigan 8 ta maslaxatni e’tiboringizga havola etar ekanmiz, atrofdagilar bilan muloqot qilishingizda sizga qo’l keladi, deya umid bildiramiz.

1.    Erkak va ayol mantig’i mavjud emas, aql bilan fikr yuritish qobiliyati yoki qobiliyatsizligi mavjud.

2.    Do’stlar bilan muloqot qilish yoqimli, dushmanlar bilan esa - foydali.

3.    Munosabatlarga chek qo’yish yoki ishdan ketish borasidagi yagona uzrli sabab mavjud- yuzaga kelgan vaziyatda shaxsiy rivojlanishning imkonsizligi.

4.    Yetuk bo’lmagan shaxs ko’pincha biladi, ammo amalga oshira olmaydi. Yetuk shaxs nafaqat biladi, balki amalga oshiradi. Shuning uchun yetuk bo’lmagan shaxs tanqid qiladi, yetuk shaxs esa amalga oshiradi. 

5.    Baxt ortidan quvma, uning asl makonini top. Baxt esa seni o’zi topib keladi. Baxt makoni qayerda ekanini aytishim mumkin – bu seni o’zing. Unga olib boradigan yo’l esa – o’z qobiliyalaringni maksimal darajada rivojlantirishdir.

6.    Orzular – qobiliyatlarimiz ovozi. Misol uchun, men opera kuylashni orzu qilmayman. Ovozim ham, eshitish qobiliyatim ham yo’q. Agar orzu qilganimda qobiliyatlarim mazkur orzuni harakatlantirardi. O’z-o’zidan opera kuylashni boshlardim. Bu yerda muhimi – shoshmaslik, ana o’shanda barchasi tezkorlik bilan amalga oshadi. Agar inson o’zi haqida “Men o’z orzularimni amalga oshirish bilan shug’ullanyapman” deya olsa bu juda ham yaxshi.

7.    Insonlarning senga bo’lgan munosabatini bilishni istasang, ularga o'z rejalaring va orzularing haqida so’zlab ber. Seni yashirincha hushlamaydigan inson ularni tanqid qiladi. Senga yaxshilikni tilaydigan inson esa ularni qanday amalga oshirish bo’yicha maslahat beradi.

8.    Muvaffaqiyatga erishish, xafagarchiliklarni ortda qoldiradi.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook