Taqiqlangan tashlandiq orolga sayohat
Taqiqlangan tashlandiq orolga sayohat
Ushbu orol-shaharchadagi sharoyit yashash uchun yaroqsiz bo’lganligi uchun aholisi ketib, tashlandiq joyga aylangan. Hasima yapon oroli Gunkandzima deb ham ataladi, ya’ni kreyser.

1810 yilda bu yerda tosh ko’mir koni topildi va shusababli ko’mir qazib olish korxonalari qurildi.

XX asrning 30-yillarida harbiy zavodlar paydo bo’ldi.  Kichkinagina orolda hayot qaynar edi: ko’pqavatli uylar, kasalxona, maktab va boshqa binolar qurila boshlandi.

50 yil davomida orol Yer yuzidagi aholisi eng zichjoylashgan joy bo’lib keldi – o’rtachasiga 1 kv.kmga 5259 odam to’gri keldi(yashash joylaridagi zichlik esa aql bovar qilmas darajaga yetdi – 1 kv. kmga139 100 kishi).

Biroq 1974 yilga kelib ko’mir o’rniga neft keldi.Shaxtalar yopildi, odamlar esa orolni tark etdilar. Ular tomonidan qurilganbinolar asta-sekin nurab bormoqda.

Neft o’g’rilaridan saqlanish uchun 2009 yilga qadarorolga borish taqiqlangan. So’ngra esa bu orol sayyohlar uchun tomoshagohgaaylandi.

Ammo sayyohlarga orol ichkarisiga kirish taqiqlanadi.Aynan o’sha yerda vayronalar ishqibozlari uchun qiziqarli narsalar bor:Yomg’irlar chorrahasi (bu yerda aholi po’rtana va tayfunlardan saqlanar edi).

Do’zax zinasi (u Senpukudji ibodatxonasiga olibboradi), bu zinadan ko’tarilar ekansiz, balandligidan oyoqlaringiz og’ribketadi. Yoki Blok-65 – to’qqiz qavatli bu turar joy binosi 317 ta xonadongamo’ljallangan bo’lib, aholi sonining zichligi tufayli bu yerdagikvartiralarning maydoni bor-yo’g’i 10 kv. m. ni tashkil qilgan.

 Suratkash Maykl Gakuran orolichkarisigacha kirib borishga muvaffaq bo’ldi va bir qator ta’sirli suratlarnioldi. U o’z taassurotlari haqida shunday deydi: “Blok-65 – yirik betonlixunuklikdir, ichkarida chirigan pol, singan eshiklar, qolib ketgan bolalaro’yinchoqlari. Devorlar orasidan daraxtlar o’sib chiqmoqda – tabiat hukmronliknio’z qo’liga olgan”.

Shuni ham aytib o’tish kerakki, 2015 yilda Xasimaoroli “Meydzi davrining sanoat revolutsiyasining ob’yekti ” sifatida Yuneskobutunjahon meros ro’yxatiga kiritilgan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook