Tarixdagi eng mashhur hukmdor ayollar
Tarixdagi eng mashhur hukmdor ayollar
Hukmronlik qadim zamonlardan beri erkaklar qo’lida bo’lib kelgan, ammo shunga qaramay kuchli hukmdor ayollar ham yashab o’tishgan. Ularning ayrimlari siyosat bobidagi donoligi ila ajralib turgan bo’lsalar, boshqalari adolatli ekanligi bilan nom qozongan.

Nil malikasi

O’z vaqtida misrni idora qilgan va go’zalligi bilan tillarga tushgan Kleopatra VII Filopator ismini eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Afsonaviy malika Misrni 51-30 yillar davomida boshqargan. U o’z davrining eng o’qimishli ayollaridan bo’lib, sakkiz tilda so’zlash olgan, harbiy soha, tibbiyot haqida ham katta bilimlarga ega bo’lgan. Kleopatra Ptolemeylar sulolasining vakilasi bo’lib, o’z husni ila avval Gay Yuliy Sezarni, keyinchalik Mark Antoniyni hushidan ayirgan. 31 yilda Oktavian Avgust Misrni zabt qilganidan keyin, Antoniy va Kleopatra o’zlarining joniga qasd qilishgan. Kleopatra timsoli G’arb va Sharq adiblari, shoir, dramaturg, rassom va haykaltaroshlarning asarlarida aks etgan, unga bag’ishlab ko’plab filmlar yaratilgan. 

Indira Gandi

Indira Gandi o’zining mashxur familyasiga qaramay, Mahatma Gandi bilan qarindosh bo’lmagan. Ammo aynan mana shu ayol maxatma Gandi va otasi tomonidan boshlangan ulkan ishni yakunlay olgan.

Gandi honim jamiyatdagi kastalar tizimini yo’q qilish uchun kurashgan, ular orasidagi qonuniy to’siqlarni olib tashlagan va ayollar ustidan zo’ravonlikka yo’l qo’ymasligi uchun bor kuchi bilan harakat qilgan. Uning boshqaruvi vaqtida Hindiston ulkan ichki va xalqaro mojarolar bilan to’qnashdi-birinchi Hind-Pokiston urushi, Sharqiy Pokistondagi mojarolar sodir bo’ldi, oqibatda, Bangladeshning mustaqilligi e’lon qilindi. Harbiy inqirozlar oqibatida Gandi hukumati jamiyatning yuqori tabaqa vakillari bilan kelisha olmay qoldi. Shu sababli Indira xonimga 6 yil davomida siyosiy jarayonlarda ishtirok etish taqiqlab qo’yildi. Ammo bunday zarba uni sindirish uchun yetarli bo’lmadi. Belgilangan muddat o’tganidan keyin Indira Gandi qonuniy usullar bilan qaytadan hokimiyat tepasiga keldi.

Boshqaruvning ikkinchi davri diniy guruhlar- sikhlar va induizm tarafdorlari ila kurashlardan iborat bo’ldi. Mamlakat shunday beqaror vaziyatda ham iqtisodiy rivojlanishda davom etdi. Indira Gandi hukumat tepasida bo’lgan vaqtlarda uning joniga ko’p bora qasd qilmoqchi bo’lishdi. 1984 yilning 31 oktyabr kuni amalga oshirilgan navbatdagi hujum oqibatida afsonaviy honim olamdan o’tdi.

Temir xonim

“Temir xonim” iborasini juda ko’pchilik eshitgan bo’lishi aniq, Buyuk Britaniya qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherga aynan shunday ta’rif berganlar.

U Buyuk Britniyani 1979 yildan 1990 yilga qadar-11 yildavomida boshqarib kelgan. “Temir xonim” baqqol oilasida tug’ilgan va o’z kuchi bilan mamlakatning bosh vaziri lavozimiga qadar ko’tarilgan. Britaniya parlamentining Konservativlar partiyasini boshqargan, o’zining o’ta konservativ-liberal pozitsiyasi bilan mashxur bo’lib ketgan. Uning boshqaruvi vaqtida Britaniya iqtisodiy inqiroz oqibatlariga duchor bo’lgan, ichki siyosatda ham ko’plab muammolar yuzaga kelgan. Margaret Tetcher o’z davrining eng qatiyatli siyosatchilaridan biri sifatida tilga olinadi.

Malika Sofya

Rossiya tarixidagi eng noodatiy hukmronlik davri podsho Aliksey mihaylovichning qizi, Pyotr I va Ivan V ning opasi malika Sofya Alekseyevna boshqaruvi vaqtiga to’g’ri keladi.

U katta akasi Fyodrning o’limidan keyin mamlakatni mustaqil ravishda boshqarishga kirishdi. Sababi ukalari Pyotr I va Ivan V hali taxtga chiqish uchun juda kichiklik qilar edilar. Malika Sofya o’z zamondoshlarini yuqori darajadagi intelekti, o’ta o’qimishli va siyosat bilimdoni ekanligi bilan hayratga solgan. Shaxzodalar ulg’ayguniga qadar malika podsholikka tashrif buyurgan elchilarni qabul qilgan, yangi qonunlar ishlab chiqqan va davlat boshqaruvini tashkil qilgan. Bundan tashqari ilm-fan va falsafaga alohida diqqat qaratgan, Rossiyadagi birinchi oliy o’quv dargohi-Slavan-Grek-lotin akademiyasiga asos solgan. 

U otasi va akasidan bir qator yechilmagan muammoli vaziyatlarni ham meros qilib olgandi. Xitoy bilan keskin vaziyat, Qrim tatarlari va turklar muammosi shular jumlasidan edi.

Malika o’z vaqtida juda shavqatsiz qonunlar to’plamini ishlab chiqqan. Xitoy bilan savdo kelishuvlariga erishgan, Polsha bilan tinchlik bitimini imzolagan. Qrim xoniga qarshi esa bir nechta harbiy ekspeditsiyalar uyushtirishni ham uddalagan.

Sofyaning o’gay ukasi hisoblanmish shahzoda Pyotr I voyaga yetganidan keyin opasini davlat boshqaruvidan butunlay chetlashtirdi. U malikani inqilob yo’li bilan taxtdan ag’dargan va majburan ibodatxonaga joylashtirib qo’ygan. Malika Sofya ukasining buyrug’iga ko’ra qolgan umrini shu yerda o’tkazgan.

Yekaterina II

Yekaterina II tarixdagi eng mashhur hukmdor ayollardan hisoblanadi. Nemislar diyorida tug'ilgan baronessa yoshlik vaqtlarida rus shaxzodasi bilan unashtiriladi va o’zi uchun begona bo’lgan joylarga keladi. Umamlakatning tilini ham, urf-odatlarini ham yaxshi bilmasdi. Shunga qaramay, Yekaterina II tarixdagi eng aqlli, quvnoq, go’zal, siyosiy bilimga ega, harbiy sohadan ham yaxshi habardor bo’lgan ayol sifatida ta’riflangan.

Uning boshqaruv vaqtini “Rus dvoryanligining oltin asri” deya ataydilar. Aynan mana shu vaqtda Rossiya Imperiyasi o’z qudrat cho’qqisiga erishgan.

U sog’liqni saqlash va ta’lim tizimiga katta e’tibor bergan, tez tibbiy yordam punktlarini ochgan, mamlakat odamlarini epidemiyaga qarshi kurashishga undagan.

Bu vaqtda imperiya tashqi siyosat borasida ham katta natijalarga erishgan. Qo’shni mamlakatlar bilan yaqin aloqalar yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari, sanoat markazlari tarmog’i paydo bo’lgan va butun imperiya bo’ylab tarqalgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook