Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin
Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin
Qisiq ko’zli osiyoliklar – xitoy, yapon, koreys, vyetnam millatiga mansub xalqlar bir-birlariga juda o’xshab ketadilar, ularni bir-biridan ajratish qiyin. Ular bilan gaplashgandan, so’rab-surishtirgandan keyingina qaysi millat vakili ekanligini bilib olishingiz mumkin. Ammo sinchkov odam surishtiruvlarsiz ham qarshisida turgan osiyolik qaysi millatga tegishli ekanligini ilg’ab oladi, chunki qisiq ko’zli xalqlar bir-birlariga qanchalik o’xshamasin, o’ziga xos belgilari bilan ajralib turadilar.

Koreys qizlari

Koreys qizlari

Kores qizlarining yuzlari tekis, yonoqlari kvadratsimon. Burunlari odatda kengroq bo’lib, uni turli xil moslamalar yordamida yoki rinoplastika orqali to’g’rilab yurishga harakar qiladilar. Koreys qizlarining aniq bir ko’rinishini tasvirlash bugungi kunda qiyin bo’lib qoldi. Bunga sabab bu yerda keng miqyosda o’tkazilayotgan plastik jarrohlik amaliyotidir. Ayol-qizlar go’zal ko’rinish hamda mukammal bo’lish uchun barcha narsaga tayyorlar. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, kereys yoshlarining 80 foizi turli xil plastik operatsiyalarni boshlaridan o’tkazganlar, ba’zi ota-onalar esa farzandlarining voyaga yetganliklari munosabati bilan plastik jarrohlikni ularga sovg’a sifatida tortiq qiladilar. 

Agar siz notabiiy go’zalikka ega bo’lgan qo’g’irchoq sifat osiyolikni ko’rsangiz, demak bilingki, qarshingizdagi sohibjamol – Janubiy Koreyalik qiz bo’ladi. Koreys ayollari terilariga katta e’tibor qaratadilar. Terining yomon ko’rinishi yoki husnbuzarlar munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, badandagi naqsh (tatuirovka) lar esa bu yerda qoralanadi. Qizlarning sochlarini uzun o’stirib, qoradan boshqa barcha ranglarga bo’yashlari mumkin. 

Xitoy qizlari

Xitoy qizlari

Xitoy qizlarining yuzlari biroz kengroq, yonoq suyaklari chiqqan, burunlari esa yapasqi bo’ladi. Terilari boshqa millatlarga qaraganda biroz qoracha, ba’zan sariq tus aralashgan. Bu eyrlik ayollar o’zlariga qarashni juda qoyil qilishmaydi, kuzduz kuni ko’chada uychi kiyimda yoki kir kuylakda yurgan xotinlarni uchratish mumkin. Did bilan kiyinadiganlar ham kamdan-kam, aniq bir qoidaga rioya qilinmaydi, kim nimani xush ko’rsa, o’shani kiyaveradi. Ortiqcha yaltir-yultir hamda yorqin ranglar ularni cho’chitmaydi. Bu narsa sochlarga ham tegishli – ularni qo’rqmasdan turli xil ranglarga bo’yab ko’raveradilar.

Makiyaj borasida ham huddi shu narsa. Ba’zan ular maxsus nakleykalar yordamida o’zlariga “yevropacha” qosh yasaydilar. Xitoy ayollari odatda past bo’yli, og’riqdan kelgan bo’ladilar. Ammo oxirgi paytlarda ularda semizlikka moyillik paydo bo’lmoqda. Gaplashish madaniyati ham ideal emas, qizishib ketsalar hissiyotlarini jilovlab o’tirmaydilar, jahl bilan gapiraveradilar, qo’llarini pahsa ham qilib qo’yadilar. Juda ta’sirchanlar, shuning uchun suhbat chog’ida baqirishdan uyalmaydilar.

Yapon qizlari

Yapon qizlari

Kun chiqar mamlakat ayollarining jussasi nozik, bo’ylari esa boshqa osiyolik xalqlarinikiga qaraganda biroz balandroq. Biroq shunga qaramasdan, ularning boshlari nisbatan kattaroq, yuzlari esa cho’zilgan oval shaklda. Ko’zlari nisbatan kengroq ochilgan.

Do’ppaygan burun – ularning o’ziga xos belgilaridir, u hech qachon puchuq yoki yapasqi bo’lmaydi. Yapon qizlarining terisi nisbatan och rangda, biroq ular turli xil oqartiruvchi vositalar yordamida uni yanada oqartirishga harakat qilaveradilar. Ular ko’rinishlariga jiddiy e’tibor beradilar hamda o’zlariga qarash uchun juda ko’p vaqtlarini sarflaydilar. Yaponlar tozalikka qattiq rioya qiladilar, shuning uchun ham jamoat joyida irkit soch yoki kiyimli ivirsiq odamni uchratish qiyin. Ko’pchilik yapon qizlari kamtarona va sipo makiyajni afzal ko’radilar, kiyimni tanlashda esa qimmatbaho brendlarga murojaat qiladilar. 

Gaplashish madaniyati ham chiroyli. Sekin, aniq va xotirjam gapiradilar, ba’zan gap orasida ramziy ta’zimlar ham qiladilar. Yaponiyada ijtimoiy joylarda baqir-chaqirlar qilib bo’lmaydi. Yapon tilining jaranglashi bir meyorda, unda nutq ohangi deyarli yo’q. 

Vyetnam qizlar

Vyetnam qizlar

Vyetnam qizlari Osiyoning eng chiroyli ayollari hisoblanadilar,ularni plastik operatsiya qildirmagan koreys qizlariga tenglashtirishadi. Vyetnam ayollarining qaddi-qomatlari kelishgan bo’lib, tana a’zolarining o’ziga xos bichimlari bilan ajralib turadilar. Ular terilarini Quyoshdan saqlash uchun keskin choralarga boradilar. Agar siz issiq kun bo’lishiga qaramasdan boshidan oyog’igacha o’ranib olgan ayolni ko’rsangiz, bilingki, u vyetnam ayolidir. Ularda quyoshdan saqlaydigan maxsus kurtkalar bo’lib, unga qo’shimcha ravishda yuz uchun niqob ham sotiladi. Bu kiyimning kapyushoni hamda qo’llarini butunlay yopib turadigan uzun yenglari bor. Vyetnamda yuz uchun niqoblarni nafaqat ayollar, balki erkaklar ham taqadilar, ularning fikricha, niqob ularning nafas yo’llarini iflos havodan saqlaydi.

Ba’zi vyetnam ayollarining sevimli kiyimi – bu pajama. Ular bu kiyimni har xil joylarga kiyishlari mumkin, hattoki ishga ham. Yirik shahar qizlari har kuni yasan-tusan qiladilar, huddi bayram yoki tungi klubga otlanganday. Tor kuylak, kalta shortik, yorqin makiyaj va baland poshna – ko’pchilik vyetnam sohibjamollarining odatiy kiyimi hisoblanadi.

Tailandlik qizlar

Tailandlik qizlar

Tailand qizlari plastik jarrohlikka qiziqmaydilar. Ularning jussalari odatda kichik va ixcham, tana tuzilishi ham shunga yarasha. Bu kamchilikni ular ichki kiyimlari orqali to’g’rilashga harakat qiladilar, bu maxsus kiyim ko’krak va orqaga kerakli hajmni berib turadi. Bu yerda ham och rangli teri urfda, ayollar esa tabiatan qoramag’iz. Shuning uchun ular yuzlari va terilarini turli yo’llar bilan oqartirishga harakat qiladilar. 

Sochlarini ayollar odatda shokolad, mis va qizil ranglarga bo’yashni afzal ko’radilar. Issiq tufayli ularni uzun qilib o’stirmaydilar, asosan yelkagacha keladi. Ko’z kesimi katta emas, shuning uchun uni har qanaqasiga katta qilib ko’rsatishga harakat qiladilar: tepa qovoq qismda strelkalar chizadilar hamda ulama kiprik qo’yadilar (ulama kiprik Tailandda boshqa yerlarga qaraganda ancha ommalashgan). Tailandda ayollarning kiyimida qo’g’irchoq uslubi hukmron, “Baby-doll” deb nomlanadi. Ular turli xil yoqimtoy hayvonlarning tasviri tushirilgan kiyimlarni, golfi bilan uyg’unlashgan kalta “maktab” yubkasi hamda kalta gulli kombinezon kiyishni afzal ko’radilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook