Uyingizdagi eng kir narsa – idish yuvish gubkasi ekan!
Uyingizdagi eng kir narsa – idish yuvish gubkasi ekan!
Har bir oila bekasi uyini va ayniqsa oshxonasini ozoda tutishga harkat qiladi. Ammo biz har kuni idish-tovoq yuvish uchun ishlatadigan gubka uyimizdagi eng kir va chirkin narsa sanaladi va undagi yig’ilgan bakteriyalar tufayli salomatlik uchun xavfli hisoblanadi.

Olimlarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko’ra, idish tovoq yuvadigan gubkaning bir kub santimetrida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan bakteriyalar soni me’yordan yetti barobar ko’pdir! Biz ifloskangan latta yoki gubkadan foydalanganimizda undagi bakteriyalar idishlarga, idishlardan esa organizmimizga tushadi. Bundan chiqdi, bizning tozalik uchun qilgan harakatimiz chippakka chiqadi. 

Tekshirilganda, gubkada juda xavfli bakteriyalar aniqlandi, ular turli kasalliklarni, jumladan zotiljam (pnevmoniya) va meningitni keltirib chiqarishi mumkin. Olimlarning fikricha, oshxona lattasidagi bakteriyalarni go’ng axlatida to’lib toshib yotgan mikroblar bilan tenglashtirish mumkin. Oila a’zolarining salomatligini  xavf ostiga qo’ymaslik uchun, gubkalarning tozaligiga e’tibor berish, har ishlatgandan keyin ularni quritish va tez-tez –hech bo’lmaganda haftasiga bir  marta almashtirib turish kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook