Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlar
Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlar
Kino olamida epidemiyalar haqida hikoya qiluvchi filmlar haddan tashqari ko‘p. Ammo, ularning aksariyat qismi fantastika namunalari bo‘lib, real hayot tushunchasidan butunlay yiroqda.

Ularningayrimlarida esa bugungi kunda koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan va butun dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan hodisalar avvaldan yoritib berilgandek tuyuladi go‘yo. Ushbu filmlar ro‘yxati bilan tanishib olishga tayyormisiz?

"Karantin"

"Karantin"

Hodisalar Los-Anjeles hududida sodir bo‘ladi. Reportyor Anjelo Vayd operator bilan birgalikda yong‘in bo‘limi faoliyatini yoritib berish uchun yo‘lga tushadi. Shu vaqtda qutquruvchilar navbatdagi qo‘ng‘iroqni qabul qilishadi, jurnalistlar esa ular bilan birga manzil tomon otlanadilar. Hodisalarning bunchalar fojiali tarzda davom etishini esa birov tahmin ham qilmagan edi.

Qahramonlar katta yoshli ayol bilan uchrashadilar, u o‘zini juda g‘alati turar, barchaga qichqirgancha zahrini sochardi. Ayol tashqi olamdan uzoqlashtirilgancha karantinga olinadi. Kasallar kundan kunga ko‘paya boshlashadi va bino ichida qolib ketgan jurnalist hamda qutqaruvchilar uchun dahshatli kunlar boshlanadi. 

"Parranda qutisi"

"Parranda qutisi"

Dunyodagi barcha odamlar kutilmagan bir holatda qotilga aylana boshlaydilar. Film bosh qahramoni - ikki farzandning onasi bo‘lmish homilador ayol tirik qolgan insonlarni qidirgancha yo‘lga tushadi. U vaziyatdan omon chiqish maqsadida atrofni ko‘rmaslik uchun o‘zi hamda farzandlarining ko‘zini bog‘lab qo‘yishga qaror qiladi. 

"Andromed" shtammi

"Andromed" shtammi

Amerikaning Yuta shtatida kutilmagan hodisa yuz beradi. Shaharga sun’iy yo‘ldosh qulab tushadi. Aynan shu daqiqadan havoga noma’lum virus tarqaydi, u barcha odamlarni yo‘q qilib yuboradi ham. Katta yoshli erkak va kichik bolakay mo’jiza tufayli virusdan omon qoladilar.

"28 kun o‘tib"

"28 kun o‘tib"

Bir guruh jamoatchilar labaratoriya maymunlarini ozodlikka qo‘yib yuborish fikriga kelishadi. Ushbu hodisa shaharga virus kirib kelishi uchun imkon beradi, oqibatda insonlar zombiga aylana boshlaydilar.

"Epidemiya"

"Epidemiya"

Kontrabandachilar tufayli shaharda kasallangan maymun paydo bo‘lib qoladi. Jonivor o‘z sohibini tishlab olgan vaqti maymun egasi kasallik tarqatuvchisiga aylanadi. Shifokorlar epidemiyani to‘xtata oladilarmi? Buni filmni tomosha qilgach bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook