Xunza qabilasi fenomeni: mahalliy aholi 120 yil umr ko’radi
Xunza qabilasi fenomeni: mahalliy aholi 120 yil umr ko’radi
Xunza daryosi vodiysini (Hindiston va Pokiston chegarasi) “yoshlik oazisi” deb atashadi. U yerda yashovchilar deyarli hech qachon kasal bo’lmaydi va yosh ko’rinadi.

Xunza qabilasi rak va yurak xastaligi kasalligi nima ekanligini bilmaydi va o’zining uzoq umr ko’rishi bilan ajralib turadi.

Ularning uzoq yashashi hozirgacha izlanuvchilarni lol qoldiradi.

Ushbu qabila a’zolari Hindiston shimolidagi Himalayda, Xunza daryosi bo’yida, juda og’ir sharoitda yashaydi. Bu joyning nomi juda chiroyli – Baxtli vodiy.

Xunza vodiysi yashovchilari, qo’shni xalqlardan farqli o’laroq, ko’rinishi yevropaliklarga o’xshaydi.

Afsonalarga ko’ra, ushbu kichik mamlakatga Aleksandr Makedonskiyning qo’shinlari Hindistonga qilgan safarida asos solgan.

Ularing o’z tili bor – burushaski (Burushaski, dunyodagi hech bir til bilan qarindoshligi aniqlanmagan shunga qarmasdan, bu yerda hamma urdu tilini, ko’pchilik ingliz tilini biladi).

Xunzaliklar xattoki 15 daraja sovuq havoda ham muzdek suvda cho’milishadi, 100 yoshgacha harakatchan o’yinlar o’ynashadi, 40 yoshli ayollar xuddi yosh qizlardek ko’rinadi, 60 yoshida o’zining nazokati va latofatli qomatini saqlab qoladi, 65 yoshda esa farzandli ham bo’lishadi.

Yozda ular meva va sabzavotlar bilan, qishda esa quyoshda quritilgan o’rik va o’stirilgan donlar bilan ovqatlanishadi.

Yana bir qiziq ma’lumot: “och bahor davri” da ( mevalar xali pishib ulgurmagan mahal, 2-4 oy davom etadi) ular deyarli hech nima yemaydi va kunda bir mahal quritilgan o’rikdan tayyorlangan ichimlikni ichishadi. Bunday ro’za madaniyatga singdirilgan va hamma bunga qat’iy amal qiladi.

Shotland shifokori MakKarrison, Baxtli vodiyni birinchi bo’lib izoxlagan, u yerda oqsil iste’mol qilish normaning eng quyi darajasida, agar buni norma deb bo’lsa, deydi. Xunzaliklarning bir sutkada iste’mol qiladigan koloriyasi o’rtacha 1933 kkal va o’z ichiga 50 g oqsil, 36 g yog’ va 365 g uglevodlarni qamrab oladi.

1984 yilda xunzakutlardan biri, ismi Said Abdul Mobud, Xitrou London aeroportiga kelgan. U pasportini ko’rsatganda migratsion xizmat ishchilari xayratdan yoqa ushladi. Hujjatlarga qaraganda xunzakut 1823 yil tug’ilgan va u 160 yoshda. Mobudning yo’ldoshi mulla, uning qaramog’idagi inson Xunza mamlakatida avliyo hisoblanishini va o’zining uzoq yillik umri bilan mashxurligini tushuntirgan. Mobudning sog’lig’i juda yaxshi va ongi teran. U 1850 yildan boshlab barcha voqealarni yaxshi eslaydi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook