Yangi yil qachon va qanday qilib turli mamlakatlarda nishonlanadi. Va nega bunday farq bor?
Yangi yil qachon va qanday qilib turli mamlakatlarda nishonlanadi. Va nega bunday farq bor?
Har bir millatning, har bir mamlakatning o'z tarixi va muhim voqealari bor.
Biz sizga Yangi yilni nishonlash har xil bo'lgan bir nechta mamlakatlar haqida aytib beramiz.

Xitoy Yangi yilni fevralda nishonlaydi 

Xitoy Yangi yili – bahor bayramidir. Uning nishonlanishi oyning fazalari orqali belgilanadi. Va har bir yil 12 ta hayvonlardan biriga bag'ishlangan.

Kiyimlar, uylar va ko'chalarni bezashda qizil ranglarning ko'p bo’lishi va juda shovqinli bo'lishi shart. Petardalar jaranglashi, baland krakerlar, mushakbozliklar - bularning barchasi yovuz ruhlarni qo'rqitadi va omadni jalb qiladi. Baxt kelishi uchun uylar tozalaniladi.Mo'l-ko'l kechki ovqat uchun, hatto boshqa shaharlarda o’qiydigan yoki ishlaydiganlar ham uylariga qaytishadi.

Yaponiyada Yangi yil deyarli bir oy davomida nishonlanadi

Yaponiyada esa Yangi yil Grigorian taqvimiga ko'ra nishonlanadi. Bayram 25 dekabrda boshlanadi va deyarli bir oy davom etadi.Yaponlar uyni bambuk, olxo'ri va archa shoxlari kompozitsiyalari bilan bezatadi - bu boylik, farovonlik va muhabbat timsolidir.

Yangi yil arafasida yaponlar doimo ma'badlarga tashrif buyurishadi va xudolardan baxt va salomatlik tilaydilar. Yangi yil arafasida ular bir-biriga oq va pushti rangdagi guruchli shirinliklar ulashadi - bu ranglar omad keltiradi.

Tailand Yangi yilni 13 aprelda nishonlaydi

Tailandda Yangi yil Songkran qadimgi hind astrologik taqvimiga ko'ra yil o'zgarishini va yomg'irli mavsum boshlanishini anglatadi.

Tailandliklar buddist rohiblarni bayram taomlari bilan siylashadi. Budda haykallar jasmin va lola bargli suv bilan yuviladi. Shu kunlarda quruq qolish qiyin - suv to'pponchalari, chelak va shlanglardan yo'lovchilarga suv quyishadi. Bu poklanish, yangilanish va yil davomida to'plangan salbiylikdan halos bo’lishni anglatadi.

Hindistonda Yangi yil yiliga bir necha marta nishonlanadi

Hindistonda Yangi yil dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko’proq nishonlanadi. An'anaviy hind yili, Gudi Padva, mart oyida nishonlanadi. Ko'pgina shtatlarda Yangi yilni u yerda yashaydigan xalqlarning an'anaviy taqvimlariga binoan nishonlaydilar.

Eng yorqin bayramlardan biri bu Xoli Bengal Yangi yilidir. Bo'yoqlar festivali erta bahorda nishonlanadi. Birinchi oqshomda Xoliki ma'buda qog’irchog’i yoqiladi, qora mollar olovdan o’tkaziladi va ko'mir ustida yurishadi.Keyin zavqli bayramlar boshlanadi, odamlar bir-birlarini yorqin ranglar bilan burkab,ustidan rangli suv quyishadi.

Saudiya Arabistonida yangi yil nishonlanadigan aniq sana yo'q

Islom mamlakatlarida yilni hisoblash Hijratdan (Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) musulmonlarni Makkadan Madinaga olib borgan vaqt) boshlangan bo’lib, yangi yil Muharram oyining birinchi kunidan boshlanadi. Yilning kirib kelish sanasi o’zgaruvchan - har yili 11 kunga suriladi. Shuning uchun, yangi yilning ma'lum bir sanasi mavjud emas.

Ammo bu hech kimni tashvishga solmaydi - aksariyat musulmon davlatlarida Yangi yil umuman nishonlanmaydi.

Yunoniston Avliyo Vasiliy kunini nishonlaydi

Yunonistonda 1-yanvar nafaqat yangi yil, balki Avliyo Vasiliyni eslash kuni hamdir. Bayramona dasturxonning asosiy taomi – vasilopita, xamir, yovvoyi mevalar va yong'oqlardan naqshlar chizilgan pirog. Ichiga baxt timsoli hisoblanuvchi tanga solinadi –tanga chiqqan kishi yangi yilda eng baxtli bo'ladi.

Yunonistonlik bolalar Santa Klaus yoki Qorbobodan emas, balki Avliyo Vasiliydan Yangi yil sovg'alarini kutishadi. Bolalar ertasi kuni ertalab yoqimli kutilmagan sovg’alarni topish uchun poyabzalni kechasi kamin oldida qoldiradilar.

Shotlandiyada 31 oktyabrdan 1 noyabrga o'tar kechasi yangi yilning boshlanishi hisoblanadi

Samayn - hosilning tugashi va yangi yilning boshlanishi sharafiga qadimiy Keltlar bayramidir. Xristianlik qabul qilinganida, Samayn barcha avliyolar kuniga aylandi va undan oldingi tun Halloween deb ataldi.

Olov, sham va gulxan - bu bayramning ajralmas vositalaridir. Mollarni olovlar ortasidan haydashadi va odamlar olov ustidan sakrab o'tishadi. Bu olov bilan tozalashning qadimiy marosimi. Shotlandiya,Irlandiya va Man orolidagi kelt xalqlarida 31 oktyabrdan 1 noyabrga o'tar kechasi hanuzgacha yangi yilning boshlanishi hisoblanadi.

Buyuk Britaniyada Yangi yilni eski vaqtda, 14-yanvarda, nishonlaydigan joylar mavjud 

Gvaun vodiysidagi Pembrukshir shahrida tor ko'chalari va o'jar fuqarolar bo'lgan kichik bir qishloq bor. Buyuk Britaniyaning barcha qismi allaqachon Grigorian taqvimiga o’tgan, ammo bu qishloqning aholisi Yangi yilni 1752-yili paydo bo'lgan an'analarga ko’ra, eski uslub bo'yicha nishonlashni davom ettirmoqdalar.

Gvaun vodiysida Yangi yil bayrami 13-yanvarda boshlanadi. Ushbu bayramda bolalar eski qo'shiqlarni kuylashadi va qo’shnilarnikiga chiqib, shirinliklar va sovg'alar so'rashadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook