Yapon tungi poezdi-Sunrise Izumoda platskarta
Yapon tungi poezdi-Sunrise Izumoda platskarta
Yaponiyada bir necha tungi poezdlar qolgan. Biz suhbu maqolada Sunrise Izumo/Seto poezdi haqida ma'lumot beramiz, u Tokioni Yaponiya g'arbidagi Simani prefekturasi bilan va Sikoku orolidagi Takamatsu shahri bilan bog'laydi.

Aslida poyezdlar ikkita: tunda tarkib Tokiodan jo'naydi, Okoyamada ikki qismga bo'linadi, ertalab ikki qism Idzumo va Takamatsuga yetib boradi. Orqaga qaytishda poezdlar bir vaqtda Okoyamada birlashadi va poytaxtga yo'l oladi.

Poezdda 3 klass mavjud:  Bir kishilik kupe "delyuks", ikkinchi darajali bir va ikki kishilik kupe hamda nobinobi deb ataluvchi platskarta. 

Aslida nobinobini siz bepul qo'lga kiritishingiz ham mumkin, agar sizda JR Rail Pass yo'l bileti bo'lsa. Boshqa klasslarga chiptalarni ham ushbu yo'l belgisi bilan chegirma narxlarda sotib olishingiz mumkin. 

Mahalliy platskarta o'zida kichik oyna yonidagi devorlar bilan ajratilgan ikki bosqichli sigmentlarni mujassam etgan. Yaponlar polda uxlashga odatlangan.  Pardalar bilan faqat yo'lakdan ayrilish mumkin, qo'shni segmentlardan emas. Lekin boshni oyna tarafga qilib yotsa, qo'shnilar ko'rinmaydi.

Segmentlarda joy kapsula mehmonxonalaridagiga qaraganda ko'proq, yana har bir yo'lovchida oyna bor. Segment uzunligi 220 santimetr, shuning uchun u yerga hatto basketbolchilar ham sig'adi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook