Yer yuzidagi eng kuchli 7 ta hayvon
Yer yuzidagi eng kuchli 7 ta hayvon
Bittada qaysi hayvon eng kuchli ekanligini aytib bo’lmaydi, chunki hammasi nisbiy. Bu jonivorning vazn og’irligi va qanday og’irlikdagi yukni ko’tara olishiga bog’liq. Masalan, kichkina bolalar uchun qo’ng’izni qo’lga olish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi, ammo chumoli uchun bu haqiqiy qahramonlik.

1. Hind va Afrika fillari

1. Hind va Afrika fillari

Fillarning vazni o’rtacha 6 tonna, ko’tara oladigan yuki esa 9 tonnani tashkil etadi. Mazkur sut emizuvchi jonivorlar yer yuzidagi eng og’ir yuk ko’taruvchi hayvon hisoblanadi. Ammo vazn va yuk mutanosibligini hisobga oladigan bo’lsak, fillar o’zining vaznidan bor-yo’g’i 1,7 barobar ko’proq yukni ko’tara olar ekan.

2. Yo’lbars

2. Yo’lbars

Yo’lbarslar mushuksimonlar oilasining yirik namoyondalari, kattaligi bo’yicha sherlarni ham ortda qoldiradi. Ushbu yirtqich hayvon qudratli kuchga ega: panjasining zarbi bilan u yirik tuyoqli jonivorni ham o’ldirishi mumkin. Yo’lbarslar o’z vaznlaridan ikki barobar kuchliroq yuklarni ham ko’tara oladilar. Ha, hayvonlar podshohi, degan nom ko’proq mana shu hayvonga mos keladi.

3. Tojdor burgut

3. Tojdor burgut

Bu yirik qush o’z vaznidan 4 barobar og’irroq o’ljani ko’tara oladi. Bu qush hattoki mayda tuyoqli jonivorlarga ham tashlanib, ularni olib ketishi mumkin.

4. Gorilla

4. Gorilla

O’rtacha 250 kg vaznga ega gorilla rivojlangan mushaklari yordamida 2 tonnagacha bo’lgan yukni bemalol ko’tara oladi. Bu uning shaxsiy og’irligidan 10 barobar ko’proq degani.

5. Chumoli

5. Chumoli

Kichkina demang bizni, ko’tarib iramiz sizni. O’zining kichkina hajmiga qaramasdan, chumoli dunyoda eng kuchli hayvonlardan biri, deb tan olingan. U o’z vaznidan 20 barobar og’irroq yukni ko’tara oladi. Ba’zi turlari esa 50 barobar.

6. Go’ng qo’ng’izi

6. Go’ng qo’ng’izi

Bu qo’ng’iz o’z vaznidan 400 barobar og’irroq yukni ko’tara oladi. Go’ng qo’ng’izlarining vazifasi go’ng tashishdan iborat. Ular vaznlari 2 gramm bo’lishiga qaramay, 50 gramm atrofidagi go’ngni yumaloq holga keltirib, u yoqdan-bu yoqqa tashiy oladilar.

7. Kana

7. Kana

Bu hasharotlar ko’zga tashlanmagani bilan ularni hayvonot olamining eng kuchli namoyondalari, deb bemalol aytish mumkin. Kana o’z vaznidan 1000 barobar og’irroq yukni ko’tara oladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook