Bugatti Type 57 tarixdagi eng hashamatli avtomobil deb e’lon qilindi
Bugatti Type 57 tarixdagi eng hashamatli avtomobil deb e’lon qilindi
Bugatti nodir avtomobili joriy yilning eng muhim va eng hashamatli avtomobili deb tan olindi. Mashina nufuzli mukofotga sazovor bo’ldi. Bugatti dizaynerlik g’oyasining nodir namunasiga Parijdagi ko’rgazmada to’qnash kelish mumkin.
1936 yilda ishlab chiqarilgan BugattiType 57 SC Atlantic Coupe bejirim avtomobili bir necha kun avval Classics Best of the Best Award nufuzli mukofotga sazovor bo’ldi va taqdimot marosimi Parijda bo’lib o’tdi.
Bu shundan darak beradiki, hozirgi paytda aynan shu model barcha obro’li mutaxassislar tomonidan avtomobilsozlik sanoatining tarixidagi eng qimmatbaho va ahamiyatli avtomobillardan biri sifatida tan olingan. Mashina dunyo miqyosidagi sakkiz nafar eng ahamiyatli musobaqalarda g’olib bo’ldi va bu unga barcha potensial raqiblarini ortda qoldirish imkonini yaratdi.
Bugatti Type 57 SC Atlantic Coupe oxirgi o’n yilliklarda hamisha turli kolleksionerlarning qo’lida saqlanib kelgani. Uni birinchi bo’lib nodir avtomobillarning ishqibozi Piter Uilyams o’zi uchun sotib olgan edi. Ushbu kimoshdi savdosi 1971 yilda o’tkazilgan va o’sha vaqtda bu mashina xususiy qo’llarga 59 ming dollarga sotib yuborilgandi.
Mashina Uilyams oilasida 2010 yilga qadar saqlanib keldi va 2010 yilda u yana kim oshdi savdosiga qo’yildi. Avtomobilning yangi baxtli egasi Walmart raisi Rob Uolton bo’lib chiqdi. Atlantic Coupe avtomobilini o’zining garajiga olib kirishi uchun u oz emas, ko’p emas – roppa-rosa 40 million AQSH dollarini to’lashiga to’g’ri keldi.
Xozirgi paytda mashina Parijda, ommaviy ko’rgazmada. Uni marosimga kelishga vaqt topa olgan xohlagan odam tomosha qilishi mumkin. O’tgan yilning sentyabrida mashina Los Anjelesdagi ko’rgazmada ham bo’lishga ulgurdi. Aynan o’sha paytda bu avtomobilga 2018 yildagi nufuzli ko’rik-tanlovda g’oliblikni bashorat qila boshlagan edilar.
Bugatti Type 57 SC Atlantic Coupening tarixiga nazar tashlay turib, shunga e’tibor berish kerakki, avtomobil Aerolithe kontseptsiyasi zaminida yaratilgan. U 1935 yilda shaxsan Jan Bugatti tomonidan loyihalashtirilgan. Avtomobilning dizayni “orqa yuzgich” prinsipi asosida bajarilgan. Bunday mashina atigi uch nusxada ishlab chiqarilgan bo’lib, ming afsuski hozirgi kunga qadar faqat ikki nusxasi saqlanib qolgan. Ikkinchisi mashinalarning mashxur kolleksioneri Ralf Lorenga tegishli.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook