Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi - Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti, ijodi va ulkan merosi
Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi - Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti, ijodi va ulkan merosi
Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - yangi rus adabiyotining realistik yo‘nalishiga asos solgan ulug‘ rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi, adabiyot tanqidchisi va nazariyachisi, tarixchi, publisist, XIX-asr birinchi yarmining eng oro‘li adabiyot arboblaridan biri.

Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi

Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may(6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - yangi rusadabiyotining realistik yo‘nalishiga asos solgan ulug‘ rus adibi, dramaturg vanasr yozuvchisi, adabiyot tanqidchisi va nazariyachisi, tarixchi, publisist,XIX-asr birinchi yarmining eng oro‘li adabiyot arboblaridan biri.

Pushkin hali tiriklik paytidayoq eng buyuk rus milliy shoiri sifatida shon-shuhratga ega bo‘lgan.

Dunyodagi har qanday xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiya, nafaqat Rossiya butun dunyo rusiyzabon kishilarida inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkin. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk va mutlaq nekbin bo`lib yetishdi. Bu xususida rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», - deb ta`riflagan edi.

Buyuk  tatar shoiri Abdulla To`qay  XX- asrning boshida yozgan asarlaridan birida Aleksandr Sergeyevich Pushkinni she`riyat  osmoning yorqin yulduzi deb atagan edi. Bu ta`rif chiroyli shoirona tashbeh bo`lsa-da, unda  rus shoiri ijodining mohiyati, ular yaratgan she`riyatning qimmati to`g`ri va haqqoniy aks etgan. Mana, bir yarim asrdirki, bu nom jahon she`riyatining eng yuksak, eng porloq yulduzi kabi nafis qalblarga, go`zallik va ezgulik ishtiyoqida yongan yuraklarga saxiylik bilan nur  taratib kelmoqda. Pushkin yaratgan asarlar – lirik she`rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o`tdi. Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda avval uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan. Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu asarlar har qanday sarhadlardan oshib o`tib, dunyoning hamma go`shalariga yetib bordi. Bugungi kunda Pushkin Yevropava Osiyoda, Afrika va Avstraliyada ham, Shimoliy va Janubiy Amerika qit`alarida ham kitobxonlarning eng sevimli yozuvchilaridan biri bo`lib qolgan. Bu  buyuk so`z san`atkorining  taqdiri yana bir haqiqatni tasdiqlaydi – daho shoirlar, ulug` adiblar hamisha bir xalqning farzandi, bir muhitning mevasi o`laroq maydonga keladiyu, keyinchalik hamma xalqlarning farzandiga aylanib ketadi. Bugun dunyodagi yuzlab xalqlar qatori o`zbek xalqi ham Pushkinni o`zlarining sevimli ijodkorlari sifatida sevadi va uning asarlarini qayta-qayta o`qishdan charchamaydi. Undan  o`z milliy adiblari kabi faxrlanadi,  asarlaridan bahramand bo`ladi. Buning sababi shundaki,  Pushkin o`z davrining eng ilg`or g`oyalarini yuksak mahorat bilan ifodalay olgan. U rus milliy shoiri bo`lgani holda umuminsoniy haqiqatlarni hayqirib kuylagan edi. Albatta, Pushkin buyuk shoir sifatida har qaysi o`ziga xos,  bir-birini takrorlamaydigan ijodiy olamni yaratgan.

Uch yashar Sasha Pushkin

Rus imperatorlik armiyasining general-mayori Graf Fransua Ksavye de Mestr chizgan surat. 1802 yil

Ma`lumki, Rossiya 1812-yilda Vatan urushini boshidan kechirdi – rus qo`shinlari buyuk sarkarda Mixail Illarionovich Kutuzov boshchiligida butun Yevropani titratgan Napoleon I Bonapart armiyasini tor-mor qildi va uni Rossiyadan quvib chiqardi. Darhaqiqat,  bu buyuk g`alaba Rossiyadagi ilg`or kuchlarning vatanparvarlik tuyg`ularini oshirib-toshirdi, ularning qalbini o`z vatani, o`z xalqi uchun iftixor hislariga to`ldirdi. Vatan urushi butun dunyo qarshisida Rossiyaning buyuk mamlakat ekanini, rus xalqining esa iste`dodi ham, qudrati ham bitmas-tuganmas buyuk xalq ekanini yana bir marta namoyish etdi. Ayni choqda, shu buyuk g`alabaning shu`lasi Rossiya hayotining ilgari ko`zdan nari, panada yotgan tomonlarini ham yoritib yubordi, jamiyatning juda keskin ijtimoiy ziddiyatlarini ochib tashladi. Ma`lum bo`ldiki, Napoleonni yenggan, tarixning ijodkori bo`lgan xalq benihoya qiyin sharoitda zulmat qo`ynida, zulm iskanjasida, erksizlik va jaholat to`rlariga chulg`angan holda yashar ekan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook