Dunyodagi eng qimmat "g‘ildirakli uylar"
Dunyodagi eng qimmat "g‘ildirakli uylar"
Bu dunyoda sayohatga chiqishni istamagan biror odam bo‘lmasa kerak. Shu bilan birga o‘zining uyidagi buyumlaridan, xonadonning iliq muhitidan voz kechgingiz ham kelmaydi. Hayriyatki, insonlar allaqachon treyler va furgonlarni yaratib bo‘lishgan, ular bilan o‘zingizni uy sharoiti, xonadon qulayliklaridan mahrum qilmagan holatda yovvoyi tabiat hududlariga ham safar qilishingiz mumkin. Bugungi maqolamiz shunchaki uy emas, "g‘ildirakli saroy" deya atashga arziydigan treylerlar haqida.

Country Coach Prevost

 

Tanishing, bugungi kunning eng mashhur va qimmatbaho treylerlaridan biri. Uning narxi 1 million AQSh dollariga teng bo‘lib, sayohatchilarga qulay uy jihozlari, ko‘ngilochar markaz, hashamatli yotoqxona hamda ish kabineti ham taqdim qilinadi. Qolgan sharoitlar esa oshxona va hammon ko‘rinishida qarshingizda hozir bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda bu yerda yashash uchun barcha sharoitlar muhayyo!

Foretravel IH-45

Ushbu mashina, aniqrog‘i saroy-avtobusni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchikompaniya o‘z faoliyatini 1967 yilda boshlangan bo‘lib, bu kabi treylerlar boshqa mashinalar fonida o‘zidagi shovqin izolyatsiyasi va vibratsiyadan halos qilish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Uning ichida kirib olgach, mashinaning yurib borayotgannini ham sezmaydi kishi. 

Avtobusning o‘ziga hos yana bir jihati harakatlanuvchi devorlar bo‘lib, mashina kerakli joyga to‘xtagach, ularni o‘zingiz istagancha kengaytirish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz. Treyler o‘z sinfidagi mashinalar ichida eng qimmati bo‘lib, narxi 1,3 million dollarni tashkil qiladi. 

Prevost H3-45 VIP

Oshxona, yotoqxona, vanna xonasi, hojatxona, dam olish zonasi va ko‘ngilochar markaz, ish stoli, shuningdek omborxona – Prevost H3-45 VIP mashinasi asosini tashkil qiladi. "G‘ildirakli uy"ning narxi 1,6 million dollarga teng. Mazkur treyler uzoq safarlar uchun ayni muddaodir. Bundan tashqari u eng baland treyler top-5 ligiga ham kiritilgan. Sayohatchi mashinani harid qilish orqali taxta pol, hashamatli jihozlar va eng zamonaviy servislarga ham ega bo‘ladi. 

Featherlite Vantare Platinum Plus

2,5million dollar pul evaziga bugungi kunning eng zamonaviy va hashamatli treylerlaridan birini sotib olishingiz mumkin. Gap shundaki, hashamat tushunchasi uning har bir elementida o‘zini namoyon qilib turadi. Uning shift qismi billursimon ko‘rinishda. Uy jihozlari esa marvaridrang italyan charmi hamla shoyi matosidan ishlangan. Uyning devorlari hamda pol qismi marmardan  desak ishonasizmi? Mashina ichida 5 ta ulkan televizor, shuningdek sport zali ham bor. Ammo bularning hech biri mashinaning superkarlar uchun mo‘ljallangan shaxsiy garaji bor ekanligi haqidagi ma’lumotga yeta olmaydi. 

Marchi Mobile EleMMent Palazzo

Bugungi kunning eng hashamatli va qimmat "g‘ildirakli uyi" lyuks sinfiga tegishli bo‘lib, Avstriyada loyihalashtirilgan. U eng katta, eng baland va eng funktsional g‘ildirakli uylar sirasiga kiradi. Mashina ichida sayohatchining istagan har bir sharoiti hozir qilingan. Bir so‘z bilan aytganda, manaman degan hashamatli uylar ham ushbu furgon yonida ip yecholmaydi.  Poldagi qizdirish tizimi, dinamik iqlim nazorati, eksklyuziv interyer esa bu yerdagi hashamatli sharoitlarning bir qismi holos. Avtomobilning narxi  bor-yo‘g‘i 3 million dollar!)

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook