Hind kino aktrisasi Priyanka Chopra amerikalik xonanda Nik Jonasga turmushga chiqdi!
 Hind kino aktrisasi Priyanka Chopra amerikalik xonanda Nik Jonasga turmushga chiqdi!
Shu yilning 1-dekabr kuni hinds aktrisasi, model va xonanda Priyanka Chopra qo‘shiqchi, bastakor va aktyor Nik Jonas bilan oila qurdi.

To‘y Hindistonning Jodjpur hududida hinduiylik an’analariga ko‘ra, 2 dekabr kunida esa nasroniylikdini udumlariga muvofiq bo‘lib o‘tdi. 

Priyanka 36 yoshda, Nik esa endigina 25 ga kirgan. Ammo yosh, millat va dinlar orasidagi farq ham ularninng muhabbatiga to‘sqinlik qila olmadi. 

People nashri esa to‘ydan olingan eksklyuziv suratlar bilan bo‘lishdi. Kelin marosim paytida Raplh Lauren tomonidan yaratilgan libos va 23 metrli fatada bo‘lgan.

Libosni yaratish uchun 2000 soat vaqt sarf qilindi. 

Hindcha marosimda esa yoshlar Hindistonning milliy liboslarida bo‘lishgan. Priyanka Sabyasachi Mukherji modalar uyi tomonidan yaratilgan sari kiydi. Nik ham hind kuyovlari kabi kiyinib olgan.

Aslida ularning to‘ylari haqidagi mish-mishlar anchadan beri shov-shuv bo‘lib kelayotgandi. Sababi juftlik turli taqdimotlarda va sayrlar paytida ko‘p bor birga suratga olingan. Keyinchalik esa  bu rasmiy ravishda tasdiqlandi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook