Ilhom olish mumkin bo‘lgan rahbar ayollar haqidagi 7 betakror film
Ilhom olish mumkin bo‘lgan rahbar ayollar haqidagi 7 betakror film
Zamonaviy va mustaqil ayollar orasida rahbarlik lavozimlarini egallay olganlari ham juda ko‘p. Ular nafaqat oila bekasi, balki ko‘plab insonlar uchun ibrat qilib ko‘rsatsa arziydigan ilhombaxsh insonlardir. Ushbu maqola orqali esa qizga haqiqatan muvaffaqiyatli rahbar ayollar haqidagi ajoyib filmlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

Badavlat va muvaffaqiyatli biznes ledilar hayoti nimadan iborat? Balki omadli karyera,mo‘maygina daromad, hamkasblar orasidagi hurmat, doimiy raqobat va shiddali hayot tarzi dersiz? Ammo ko‘p holatlarda ayollar katta muvaffaqiyatga erishib bo‘lgach, hayotidagi eng kerakli narsa - oila ekanligi, o‘zi qanchalar kuchli bo‘lmasin hamisha suyangan tog‘ bo‘lishga arzigulik turmush o‘rtoq va farzandlar haqida o‘ylay boshlarkan. Demak bugun sizlarga muvaffaqiyatli ayollar haqidagi ajoyib filmlarni tavsiya qilamiz. 

"Katta-kichik Men" (2010)

O‘ta ta’sirchan va iliq muhitga ega film bo‘lib, undagi bosh rolni fransuz aktrisasi Sofi Marso ijro etgan. Bosh qahramon - katta yoshli va ajoyib karyera qila olgan ayol. U million yevrolik shartnomalar tuzadi, jiddiy hamkorliklarga rozilik bildiradi. Uning hayoti zamonaviy dunyo o‘lchovlariga ko‘ra behad ajoyib. Ammo o‘tmishning kutilmagan tuhfasi sababli hayotida allaqanday muhim narsani qoldirib ketayotgani haqida o‘yga toladi. Аna shunday paytlarda 7 yoshlik paytlari o‘zi yozgan maktubni topib oladi, ushbu maktabda uning bolalik orzulari keltirilgandi. Shu tariqa ayol hayotini tubdan o‘zgartirishga kirishadi.

"Prada kiygan iblis"(2006)

Bundan salkam 10 yil avval ekranlarga chiqqan film chin ma’noda klassikaga aylanib ulgurdi. Ushbu asar aktrisa Meril Strip ijodidagi betakror namunalardan biri bo‘lib qoldi.

Bosh qahramon Miranda Pristli - o‘ta nufuzli moda jurnali "Podium"ning bosh muharriri, juda talabchan va injiq ayol. Unga tik boqishga ham birov botinolmaydi.

Ayol o‘z xodimlariga nisbatan behad talabchan, ularning xato qilishlarini hech qachon kechirmaydi. Ana shunday kunlarning birida tahririyatga Andrea ismli qiz qiladi va Mirandaga hayotning boshqa tomonini ko‘rish uchun yordam beradi. Shu tariqa rahbar ayolning qalbida o‘z ojizliklari va shaxsiy muammolariga ega bo‘lgan oddiy odam borligi ma’lum bo‘lib qoladi. 

"Ishdagi ishq" (1977)

Eldar Ryazanovning lirik komediyasi sevimli filmlaringiz qatoridan allaqachon joy olib bo‘lgani aniq. Filmdagi mashhur jumlalar esa iqtibos ko‘rinishida hamon ishlatib kelinadi. Filmdagi voqealar sovet ishchisi Novoselsevning eski tanishi bilan ko‘rishib qolish sahnasidan boshlanadi. Erkak unga ishdagi mansabini ko‘tarish uchun ayyorona yo‘ldan borishi kerakligi, aniqrog‘i hali turmush qurmagan rahbar ayolning muhabbatigа sazovor bo‘lishi kerakligi haqida aytadi. Lyudmila Prokofevna esa uncha-munchasiga bo‘yin egmaydigan, qattiqqo‘l rahbar, bir qarashda unga muhabbat izxor etishning ham o‘zi bo‘lmasligi aniq edi. Ammo sofhis-tuyg‘ular  jiddiy ayol qalbida ham go‘zal va sevimli bo‘lish istagidagi ojiza bor ekanligini   ko‘rsatib beradi. 

"Katta boss" (2016)

Quvnoq serg‘ayrat va o‘ta ajoyib film. Qahramon Melissa MakKarti - omadli ayol, ammo kutilmagan bir paytda uning kompaniyasi inqirozga uchraydi, ayolning o‘zi esa iqtisodiy tovlamachilikda ayblanib qamoqqa tushib qoladi.

Ozodlikka chiqqan ayol biznes tushunchasini ortda qoldirib, olg‘a intilish va qaytadan hurmat qozonish fikriga keladi. Sobiq xodimining yordami sababli boshpanaga ega bo‘ladi, oqibatda uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan oilaga ham ega chiqadi. Ushbu yorqin kartina oddiy bir hayot haqiqati - hech qachon kurashdan chekinmaslik haqida hikoya qiladi. 

"Temir xonim" (2011)

Betakror Meril Strip ijrosidagi yana bir ajoyib film. Kinotasma siyosat va ayol tushunchasining bir-biriga bog‘liq emasligi haqidagi fikrni yengib o‘ta olgan mashhur inson haqida hikoya qiladi. Bilasizki, Margaret Tetcher Buyuk Britaniyaning premer-ministr lavozimini egallagan ilk ayol kishi edi. U odamlar qalbida o‘ziga nisbatan nafaqat hurmat, balki muhabbat ham paydo qila oldi.

Meril Stripning ushbu filmdagi ishi juda yuqori baholangan bo‘lib, uni oddiy tomoshabinlar bilan bir qatorda professional tanqidchilar ham olqishlaganlar. Shu tariqa film Meril xonimga "Eng yaxshi aktrisa"sifatida Oskar hamda "Oltin globus" mukofotlarini olib keldi.

 

"Amaliyotchi" (2015)

 

Djuls Ostin hali yosh bo‘lishiga qaramasdan omadli biznes ledi bo‘lishning uddasidan chiqqan. U internet savdosi bilan shug‘ullanuvchi katta bir kompaniyani boshqaradi, o‘z vazifasini a’lo darajada uddalaydi ham. Uning biznesi gullab-yashnamoqda, rahbariyat esa odatiy ishlashga ko‘maklashish uchun bir nechta amaliyotchi yollashga qaror qiladi. Ularning biri esa kompaniyaga ko‘ngilli sifatida kelgan 70 yoshli Ben edi. Optimistik kayifiyatga ega bo‘lgan nafaqaxo‘r ishlash va yangilik qilish ishtiyoqi bilan yonardi.

Kutilmagan bir paytda Djuls va Ben orasida ishonchli do‘stlik paydo bo‘ladi, bu esa ularning har ikkisiga ham hayotdagi muhim narsalarni o‘rganish uchun yordam beradi. 

"Buni qanday uddalaydi, bilmayman" (2011)

Ayollarga zamonaviy hayotga barcha narsaga ulgurish juda katta muammo: professional sohada rivojlanish, bolalarni ulg‘aytirish, uy-ro‘zg‘or ishlariga ulgurish, turmush o‘rtog‘ini ham e’tiborsiz qoldirmaslik va hokazo.

Ushbu ishlarning barchasini uddaburonlik bilan bajara oladigan ayollarga esa odatda havas ko‘zi bilan qaraymiz. Shu onda hayolingizda faqat bitta savol aylansa kerak: "Bu ishlarni qanday uddalay olyapti?". Film qahramoni Sara Jessika Parker fond menedjeri va ikki nafar farzandning onasi. Ayol uzoq vaqt davomida karyera va oilaviy masalalar borasidagi muvozanatni topa olmaydi. Sutkadagi soatlar miqdori cheklangan, shu sababli istalgan vaqtda ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yishga ham to‘g‘ri keladi. Balki bu borada qurbonliklar ham berilar... Yo‘qsa, yana bir bor tavakkal qilib, mukammal ayol obraziga moslashish kerakmikin? Qahramonning hayoti oila va karyera orasidagi muvozanatni topish mazusiga bag‘ishlanadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook