Inson nomi bilan bog’liq taomlar
Inson nomi bilan bog’liq taomlar
Taom va yeguliklar hillarining chegarasi yo’q. Bugungi kunda eng ommalashganlari ichida inson nomiga bog’liq bo’lganlari mavjud. Ular bilan sizni tanishtirib o’tamiz!

Bifstroganov

O'tgan asrda moskvalik mashhur pazandalardan biri Stroganov ijod qilgan taomga uning nomi qo’yilgan. U mol go’shtining son qismidan qalinligi 2 sm keladigan parchalar kesib oladi-da, to’qmoqlab yupqaligini 0,5 smga keltiradi. So’ngra go’sht bo’laklarini somoncha usulda to’g’raydi. Ustidan ziravorlar va tuz sepib sariyog’da qovuradi. So'ngra qaymoqli sardak bilan dimlaydi. Garniriga esa qovurilgan kartoshka qo’yadi.

Bifshteks

Ingliz tilida “bif” mol go’shti degan ma'noni anglatadi. “Shteks” so’zi esa – nemis pazandasining ismi. Shteksga qadar hech kim bunday taom tayyorlamagan.

Katerina pechenesi

O’tgan asrda yashagan polshalik novvoy Jozef ijodiga mansub pecheniedir. Novvoyning Katerina ismli sevgilisi bor edi. Ularning muhabbat qissalari baxtli yakun topmadi. Ular  bir-biriga yetisha olmaganlar. Qalbi kuygan oshiq novvoy esa yurak shaklidagi pechenieni yaratib,unga sevgilisi Katerinaning nomini beradi.

Sendvich

Sendvich yeguligi ham inson nomi bilan bog’liq. Ammo o'sha inson oshpaz emas qimorboz bo’lgan. Ziqnaligidan birovga bir tiyinini ham o’tkazmaydigan bu kimsa ertadan kechgacha qimor o’ynash bilan vaqtini o’tkazar edi. Kunlarning birida go’sht yeb turganida, boshqa bir qimorbozlar uning taomidan totib ko’radi. Bu holga u g’avg’o ko’taradi. Ertasi kuni esa quruq nonning o’zini yeydi. Yana bir kun oshpaz bir ishtaxa ochar yegulikni “Sendvich! Sendvich!” deb maqtab sotadi. Ushbu taom barchaga yoqib uni qanday qilib o’ylab topganini so’rashganida esa bu g’oyani Sendvichdan olganini  aytadi. Ya’ni Sendvich ikki kartaning orasiga pulni qistirib oshpazga topshirganida, oshpaz unga ikki bo’lak nonning orasiga solingan go’shtni olib kelib berar edi. Bugungi kunda ushbu yegulikning obro'si yuqori va u juda keng ommalashgan.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook