INTERNET VA BOLALAR: XAVFLAR REAL
INTERNET VA BOLALAR: XAVFLAR REAL
Bolalarda saytlarga, video va o‘yinlarga tanqidiy munosabatining plankasi kattalarnikiga nisbatan pastroq. Bolalar internetni ijobiy baholaydi, unga ko‘proq ishonadi, shuning uchun ham u har qanday ta’sir ko‘rsatishning juda qulay “ob'yekti”

Ijtimoiy tarmoqlar va blogosfera yordamida tarmoqli tanishuvlarning soni yil emas, oy emas, kun sayin ortib boryapti.

Video, audio, matnlar va o‘yinlarning naqadar xavfligi va hatto halokatliligini bolalar doim ham tushunavermaydi.

Tadqiqotchilarning o‘quvchilarga nisbatan kuzatuvlarida shu aniqlanadiki, ularning 15 foizida internet-tobelikka moyilligi vujudga keladi. Internet-tobe o‘quvchilar doimiy tahlika bilan yashaydi, ular real olamda o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi juda qiyinlashadi.

Kattalardan farqli o‘laroq bolalar internetdagi suhbatdoshini “do‘st” sifatida qabul qiladi va ijtimoiy tarmoqlardagi tanishuvlarga ko‘proq ishonuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham bolalar tarmoqdan chiqayotgan xaqoratni og‘irroq his etadi, biroq, shu bilan birga mutlaqo notanish kishilar bilan yana yangi tanishuvlarga zo‘r qiziqish bilan kirishib ketaveradi.

Biroq bu sanab o‘tilgan narsalar ham bolalarga internetdagi eng asosiy xavf bo‘la olmaydi.

Bolalar xavf tug‘diradigan eng katta xatar

Ijtimoiy tarmoqlar, izlovchi robotlar, bloglar va pochta xizmatlari - ularning hammasi foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotni yig‘adi. Shaxsiy ma’lumotlarni ommaviy tarzda e’lon qilish bilan bog‘liq manbalardan kerakli odamni birpasda topib olish mumkin.

Masalan, 2011-yil 19-aprel kuni Kasperskiyning o’g’lini o‘g‘irlovchilar “V Kontakte” ijtimoiy tarmoqlaridan izlab topgan. Shu bilan birga bir narsaga e’tibor bering – o’g’irlab ketilgan yigit 14-15 yo’shli o’spirin emas, 20 yoshda, ya’ni balog’atga yetgan yigit bo’lgan! 

Ivan Kasperskiy 2011-yil 19-aprel kuni bola o'g'rilari tomonidan o'girlab ketilib, ota onasidan 3 million Yevro miqdorida evaz puli so'ralgan. U 2011-yil 24- aprel kuni huquq-tartibot organlari tomonidan ozod qilinib, jinoyatchilar bir dona o'q uzilmagan holda qo'lga olingan. 

Skype dasturi, djabberlar (icq, mail agent, telegramm va shu kabi hokazo «gapxona») bolaga ta’sir o‘tkazish uchun juda keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Faraz qiling: djabberda bolada bir spam paydo bo‘lib qoldi “Iltimos, meni kontaktlar ro‘yhatiga kiritib qo‘y”) Bola uchun yangi suhbatdosh juda qiziqarli, u uni kontaktlar qatoriga, keyin esa do‘stlar qatoriga kiritib qo‘yadi.

Shundan keyin aloqa boshlanadi, o‘sha aloqa natijasida notanish kimsa ismni, manzilni, ota-onasi kimligini va shu kabi o‘ziga kerakli ma’lumotlarni bilib oladi. Shundan so'ng uchrashish taklif etiladi, biroq taklifga quyidagi so‘zlar qo‘shib qo‘yiladi - “faqat ota-onangga aytma, bo‘lmasa seni qo‘yib yuborishmaydi”. Keyin nima bo‘lishini tasavvur qilish ham qo‘rqinchli...  

Internetdan foydalanganda bola uchun mutlaq taqiqlovlar

Internetdan foydalanganda bola uchun mutlaq taqiqlovlar

Bolaga internetdan foydalanishni taqiqlab bo‘lmaydi. Oddiy vositalar yordamida bolani noo‘rin saytlarga kirishdan chetlab bo‘lmaydi (bolalarni “ovlovchi” saytlar esa tarmoqlarda talaygina). Ammo internetdan foydalanish odobi bo‘yicha bir necha amal qilinishi shart bo‘lgan qoidalarni bolaga o‘rgatib, ularni doimo eslatib turish kerak.

1.Hech qachon o‘zining haqiqiy ismini aytmaslik

2.Hech qachon o‘zining manzilini, maktabini, sinfini aytmaslik

3.Hech qachon uy telefonining raqamini aytmaslik

4.Hech qachon o‘z mobil telefon raqamini bermaslik

5.Hech qachon ota-onasi telefonlarining raqamlarini bermaslik

6.Hech qachon notanish suhbatdosh, “tarmoq”dagi do‘sti bilan uchrashishga rozibo‘lmaslik

7.Suhbatdoshni kontaktlarga kiritishdan avval uning profilini ko‘rib chiqib, u qanday odam ekanligini bilib olish zarurligini unutmaslik

8.Hech qachon, hech kimga o‘z ota-onasining suratlarini jo‘natmaslik

9.O‘zining haqiqiy suratlarini tarmoqqa chiqarmaslik

10.Notanish raqamlarga sms jo‘natmaslik

11.Notanish odamlar elektron maktublarda tavsiya etgan saytlarga o‘tmaslik

Balki internet tarmoqlariga noiloj kirishga majbur bolalar uchun qoidalar bundan ham ko‘proq bo‘lishi kerakdir. Eng asosiysi, bola bu qoidalarga amal qilishini doimo nazorat qilish kerak.

Bundan tashqari, shuni esda tutingki, internet -aslida ertami, kechmi jaholat, undan keyin esa halokat yo'liga olib boruvchi madaniyatsizlik bolgan, lekin "ommaviy madaniyat" deb ataluvchi balo-qazoga keng yo'l ochib bergan.

Dunyodagi texnologik jihatdan juda rivojlangan mamlakatlarda va xususan Amerika Qo'shma Shtatlarida, sir emaski, voyaga yetmagan maktab bolalari o'rtasida shu kunga qadar juda ko'p noxush hodisalar ro'y bergan. Buning sababi - bolalar virtual olam bilan real voqeiylik o'rtasidagi farqni ajrata olmay qoladi.

O'zingiz ham bir necha marta televizor orqali ko'rgan yoki eshitgan bo'lsangiz kerak - falon mamlakatning, falon sharida bir o'quvchi o'z maktabida o'qotar qurol bilan bir necha kishiga o'q uzgan, natijada falon kishi halok bo'lgan...  Endi o'ylab ko'ring, bola shu darjada ahmoqqa aylanguncha boshqalarning, eng avvalo ota-onasining ko'zi qayerda edi?

Bugubgi kunda internetga kirishingiz bilan "Tanklar Dunyosi", "Warface", "Warcraft", "Alg'ovlik yilnomasi", "Jang maydoni", "Buyuk O'g'ri", "Qo'shni" kabi son sanog'i yo'q oyinlarga qo'shilib o'ynashga chaqiruvchi reklamalar urchib ketgan.

Yana bir narsa. Avvallari, tahminan 35-40 yillar oldin hatto kattalarning aksariyati ham nimani anglatishini bilmagan bir so'z bugungi kunda allqachon butun dunyoning chipqoniga aylanib qolgan. Bu - pornografiya. Bu harom, iflos va jirkanch narsani sehrli va jozibador olam qilib ko'rsatishga urunishlarning son-sanog'i yo'q. 

Bu narsa internetni shu darajada egallab olganki, beihtiyor ayrim g'arb mamlakatlarining "odam" deb ataluvchi mavjudotlari zinokorlikdan boshqa hech qanday ish bilan shug'ullanmaydigandek tuyuladi. Afsuski, bugungi kunda bu balodan to'lig'icha asrashga 100 foiz kafolat bera oladigan elektron dasturning o'zi yo'q.

Ushbu mavzu bugungi kunda juda dolzarb. Uni umumlashtirgan holda bir hulosa bilan yakunlamoqchimiz. Kompyuter va internet vaqt bilan hamnafas bo'lib rivojlanib ketmoqda. Insoniyatning bu texnologik yutuqlari hayotimizning ajralmas qismi bo'lib qolyapti. Biroq, kelajagimiz - bolalarimiz ushbu texnologik ummonnig ichiga g'arq bo'lib internetga qul bo'lib qolmasli uchun, internet oyinlari o'rniga shahmat, ijtimoiy tarmoqlar o'rniga oddiy muloqot, turli-tuman saytlar o'rniga kitob mutolaasini sevishiga sababchi bo'ladigan inson - siz, ota va ona. Farzandingiz bilan samimiy, mehribon va ochiq-oydin suhbatlashing, qat'iyatli bo'ling, biroq keskinlikka yo'l qo'ymang, chunki bolangiz mehrni sizdan topa olmasa, ota-onasi o'ta zerikarli bo'lib ko'rinsa, u o'ziga yetishmayotgan narsalarni internetdan izlaydi. Internet esa faqat yaratuvchanlik, go'zallik, iffat, mehr-muruvvat, madaniyat-u marifat va tolerantlikdangina iborat emas. Unda jaholat, zo'ravonlik, sharm-hayosizlik, aldov va firibgarlik qopqonlari ko'paysa ko'payib ketyaptiki, zarracha kamaygani yo'q. Ogoh bo'ling!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook