Konditsionersiz jazirama yoz issig’idan qanday saqlanish mumkin?
Konditsionersiz jazirama yoz issig’idan qanday saqlanish mumkin?
Hozirgi kunda yozning jazirama issig’idan konditsioner yordamida jon saqlashga o’rganib qolganmiz. Biroq biz rohatlanib, huzurlanadigan konditsioner qimmat bo’lish bilab birga zararli hamdir (havoni quritadi hamda chang va bakteriyalarni o’zida yig’adi). Shuningdek, konditsionerlar ko’p elektr quvvatini sarflaydi, bu esa ekologiyaga va oilaning moliyaviy holatiga yaxshigina zarar yetkazadi.

Aslini olganda, jazirama yoz issig’ida konditsionerlarsiz bemalol yashash mumkin (axir bizning ota-bobolarimiz ularsiz yashashgan-ku). Quyida siz uyda, ishda va avtomobilda jazirama yoz issig’idan qanday saqlanish mumkinligi haqida maslahatlarimiz bilan tanishishingiz mumkin.

Uyda jazirama yoz issig’idan qanday saqlanish mumkin?

Uyda jazirama yoz issig’idan qanday saqlanish mumkin?

1.Derazalarga parda va jalyuzilarni o’rnating. Yoz kunida uyga kirgan yorug’lik xona haroratini 3-10 darajagacha ko’tarib yuborishi va issiqxona (parnik) effektini yaratishi mumkin.

2.Deraza oynalarini issiqlik qaytaruvchi plyonka bilan berkitib yopishtirib chiqish, kuzda esa ularni yechish mumkin. Bunday plyonkalarni pardalarning orqa tomoniga ham tikib chiqish mumkin.

3.Ventilyator sotib oling (u kondotsionerdan bir necha barobar arzonroq). Ventilyatorning tagiga yoki ro’parasiga suv solinib yaxlatilgan idishlar qo’ying. Shunday qilsangiz konditsioner effektini hosil qilasiz (sovuq havo aylana boshlaydi). Kamchiligi – ko’p elektr quvvatini sarflanadi.

4.Kunduz kunlari deraza oynalari yopiq tursin, erta tong va kechalari esa ularni ochib, yelvizaklar hosil qiling. Bu bilan siz xonalarni shamollatib, ozgina bo’lsa ham shamollatib olasiz. Kechasi ham balkon eshigini yoki xona derazasini lang ochib uxlang. 

5.Qizdiradigan lampochkalarni fluorestsent yoki svetodiodli lampochkalarga almashtiring. Bunday lampochkalar qizdiradiganlariga qaraganda 80 % kamroq issiqlik ajratadi.

6.Jazirama yoz kunida sovib olishning eng oddiy yo’li – yaxna ichimliklar ichishdir. Biroq ichimliklarni xo’plab-xo’plab ichish lozim, shu yo’lo bilan siz nafaqat tomog’ingizning og’rib qolishi, balki kuchli ter ajralishining ham oldini olgan bo’lasiz.

7.Agar imkoniyatingiz bo’lsa muntazam ravishda sovuq yoki iliq dush qabil qiling. Sovuq suvli dush tana haroratini pasaytirsa, ilig’i xona haroratini pastroq his qilishga sababchi bo’ladi. Bundan tashqari dush terini namlab turadi, bu esa zajiramada ayniqsa muhimdir. 

8.Yozning issiq kunlarida tananing bosh va bo’yin qismiga ho’l sochiq o’rab olsa ham bo’ladi.

9.Plita va duxovkalardan iloji boricha kamroq foydalaning. Issiq kunda ishtaha ham kamroq bo’ladi, bu tabiiy reaktsiya. Yeyilganda ham yengilroq narsalar iste’mol qilinadi. Yangi pishgan sabzavot va mevalardan yegulik tayyorlab, shuni iste’mol qiling yoki yaxna taomlardan yeb turing.

10.Uy hayvonlaridan ibrat oling, axir ular issiq kunda kam harakat qiladilar. Siz ham kunning issiq vaqtida faolligingizni kamaytiring. Vazifalaringizni erta turib, kun isimasidan avval bajarib oling yoki kechki payt vaqt ajratib, qilib oling.

11.Agar issiqdan uxlashingiz qiyinlashsa, uyquga ketishdan ikki soat avval choyshab va yastiq jildlarni polietilen paketga solib, muzlatgichga joylashtiring. Muzlatgichdan olganingizdan keyin u yana qaytib isib ketishi mumkin, lekin endi u juda mayin bo’ladi va uxlashingiz yengillashadi. O’rin-ko’rpa bilan yastiqlaringiz ham yengil va tabiiy matolardan tikilgan bo’lishi kerak.

12.O’rningiz yaqiniga sovuq suv solingan idish qo’yib yoting. Shunda kechasi isib, chanqab ketganingizda o’rningizdan turmagan holda chanqog’ingizni qondirib, boshingizni ho’llab olishingiz mumkin.

Ishda issiqdan saqlanish yo’llari

Ishda issiqdan saqlanish yo’llari

1.Ishga otlanar ekansiz, avvalam bor mavsumga va kunga qarab kiyining. Yoz kunlari tabiiy matolardan tikilgan och rangli va kengroq turuvchi kiyimlarni kiying.

2.Agar ishxonangiz uzoqroqda bo’lsa, o’zingiz bilan muzdek suv ovoling. Buning uchun suvli idishni muzxonaga joylab qo’ying, ertalab esa o’zingiz bilan olib ketsangiz bo’ladi. Muzlagan suv asta-sekinlik bilan eriy boshlaydi, shuning uchun siz ham uzoq vaqt davomida yaxna suv ichib turishingiz mumkin, faqat oz-ozdan, xo’plab-xo’plab.

3.Yoz kunlari yoningizda yelpig’ich yoki dastro’molcha olib yursangiz ayni muddao bo’lar edi. Ro’molchani ho’llab, yuz va qo’laringizni artib olishingiz mumkin. Yelpig’ichdan kelayotgan shamoldan esa o’zingiz ham, yoningizdagilar ham bahra olasizlar.

4.Yoz kunida makiyaj, krem va antiperspirantlardan foydalanmaganligingiz ma’qulroq. Axir issiqdan teringiz shundoq ham qiyinalib nafas olmoqda.

5.Ish stolingizga kichkinagina akvarium qo’yib qo’ying, ichida baliqlar bo’lishi shart emas. Idishdagi suv parlanib, havoni biroz muzlashiga yordam beradi.

6.Yoningizda doimo kichkinagina purkagich olib yuring va vaqti-vaqti bilan yuz-qo’llaringiz hamda atrofingizga suv purkab turing.

7.Ko’k choy ichib turing, u issiqlik almashinuvini me’yorda ushlab turadi.

8.Ofisda barglari katta bo’lgan o’simliklar (begoniya yoki fikus) o’stirish maqsadga muvofiq. Ularni suv bilan sug’orsangiz, atrofingizdagi havo ancha vaqtgacha nam bo’lib turadi.

9.Tushlik vaqtida og’ir ovqatlar (go’sht yoki pirojniy)dan ehtiyot bo’ling, salat va mevalar bilan chegaralaning.

10.Barcha muhim topshiriqlaringizni quyosh hali qizdirmasidan oldin kunning birinchi yarmida bajarib olishga harakat qiling.

11.Ish stolingizning tagiga kichkinagina ventilyatorni qo’yish mumkin. U oyog’ingizni biroz sovutadi, so’ngra bu sovuq butun tanangizga yoyiladi. Shovqin ham deyarli yo’q.

Mashinada issiqdan saqlanish yo’llari

Mashinada issiqdan saqlanish yo’llari

1.Avtomobilingizni parkovkada qoldirar ekansiz, oynalarini quyosh nurlarini qaytaruvchi darpardalar bilan o’rab chiqing. Shunda salondagi harorat 5-7 darajaga kamayadi.

2.Avtomobil uchun muzlatgich xarid qiling va unda hamisha muz bo’laklari va suv saqlang. Muz bo’laklari bilan yuz va bo’yinlaringizni artishingiz, sovuq suvni esa o’zingiz bilan ishxonaga olib ketishingiz mumkin. 

3.Avtomobilingiz qanchalik toza bo’lsa, unga tushgan quyosh nurini qaytarish xususiyati shunchalik kuchli bo’ladi. Mashinangizni tez-tez yuvib, yaltiratib turing.

4. Avtomobilingizning orqa o’rindig’iga ichiga muzlatilgan suvli plastik butilkalar solingan sumka tashlab qo’ysangiz, salon ichidagi havo bir muncha salqinroq bo’ladi.

5.Avtomobilingiz salonida igna bargli daraxtlarning efir yog’ini purkab turing. Nafas olayotganingizda tetiklik bahsh etib turadi.

Umumiy tavsiyalar:

Umumiy tavsiyalar:

1.Yoz kunlarida yer, o’t va uyda oyoq yalang yuring.

2.Chanqog’ingizni tarkibida ko’p suv bo’lgan yangi pishgan sabzavot va mevalar (bodring, pomidor, tarvuz) bilan qondiring. Bu sabzavot va mevalar chanqog’ingizni ketkazibgina qolmay, organizmingizni vitamin va minerallar bilan ham to’yintiradi.

3.Salqinlovchi samara beruvchi mevalarga xurmo va banan hamda yashil va oq rangdagi meva va sabzavotlar kiradi.

4.Ko’proq vaqtingizni suv bo’yida o’tkazishga harakat qiling. Lekin ehtiyot bo’ling, qattiq issiq kunda suvga sho’ng’ish tavsiya qilinmaydi, chunki tana haroratining birdan tushib ketishi natijasida yurak tomirlarining qisilishi sodir bo’lishi mumkin.

5.Jazirama yoz kunlarida alkogolli ichimliklardan (shu jumladan pivodan ham) va qahvadan voz keching – bu ichimliklar tanani suvsizlantiradi. Limonad ham tavsiya etilmaydi, chunki uning tarkibida ortiqcha miqdorda shakar bo’lib, u qon bosimini ko’taradi, issiq kunda esa bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi.

6.Issiq kunda ko’proq limon qo’shilgan suv, mineral suv, fresh va kompotlar iste’mol qilgan ma’qul.

7.Iloji boricha ko’chaga ertalabki soat 11 gacha yoki 17dan keyin chiqing.

8.Yoz kunida ultrabinafsha nurlanish darajasi yuqori bo’ladi. Shuning uchun bosh kiyim (masalan, keng hoshiyali shlyapalarni) kiyish, quyoshdan asrovchi ko’zoynak taqish, tananing ochiq qismiga esa quyoshdan saqlovchi krem surtish tavsiya qilinadi.

9.Dush qabul qilayotganda sovun va boshqa yuvish vositalaridan foydalanmaslikka harakat qiling, ular teringizni quritib yuboradi. Dush shundoq ham badaningizdagi terni yuvib tushiradi va teringizni tozalaydi.

10.Kunduz kunlari kompyuter va boshqa elektr quvvatini saflovchi asboblardan foydalanmang. Shunda xonangizda salqinlik saqlanib qolinadi.

11.Shahar chetida har qanday issiqlikni ko’tarish oson kechadi. Agar shunday  imkoniyatingiz bo’lsa, dalaga yoki tog’ yon bag’riga dam olishga boring.

12.Yoz jaziramasiga imkon qadar moslashavering. Axir odamlar yuz yillab konditsionerlarsiz yashashgan va hozir ham yashab kelmoqdalar. Sog’lom turmush tarzini kechiring, yaxshi jismoniy holatni ushlab yuring, shunda har qanday ob-havoda o’zingizni tetik his qilasiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook