Misr ehromlari: qadimiylikning buyuk arxitekturasi
Misr ehromlari: qadimiylikning buyuk arxitekturasi
Misr ehromlari qadimiy inshootlar bo’lishi bilan birga sirli va mo’jizaviydir. Uning qurilishi, arxitekturasi, ichki joylashuvlari – haqiqiy jumboqdir. Misrda hammasi bo’lib 118 piramida ehromlar bor. Quyida ushbu dunyoning yetti mo’jizalaridan biri hisoblangan Misr ehromlarining ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

1.Ro’yxatni birinchi bo’lib, mashhurligi bilan butun dunyoga nom taratgan Buyuk Xeops ehromi ochib beradi. Aynan mana shu ehrom barcha Misr ehromlarining yuzi hisoblanadi va kattaligi bilan ajralib turadi. U haqda ko’plab afsona va jumboqlar mavjud. Ushbu piramidaning qurilishiga naq yigirma yil ketdi va eramizdan avvalgi 2560 yilda qurib bitkazildi.

Buyuk Misr ehromining balandligi 146.5 metr, u 4 ming yil davomida dunyoning eng baland inshooti hisoblanib kelingan.

2.Ro’yxatning ikkinchi o’rnida Xeopsning o’g’li Xefrenning ehromi turadi. U 10 metrlik platoda qurilgan, shuning uchun Xeops ehromidan baland ko’rinadi, aslini olganda esa unday emas. Uning haqiqiy balandligi – 136,4 metra teng.

Xefren ehromining yaqinida Buyuk Sfinks joylashgan.Ushbu monument qoyalarga o’yib tasvirlangan. Sfinks haykalining yuz tuzilishi Xefren fir’avnining yuz tuzilishini eslatadi.

3.Uchinchi Buyuk piramida – Mikerina ehromidir. U avvalgilaridan kichikroq bo’lib, ulardan kechroq qurilgan. Uning balandligi -66 metr, asosining uzunligi esa – 108.4 metrga teng.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook