Pul jamg’arishga kirishganlarga kerakli 7ta tavsiya
Pul jamg’arishga kirishganlarga  kerakli  7ta tavsiya
So'nggi paytlarda pulni tejash borasida turli tuman maslaxatlarga ko’zingiz tushadi. Albatta ularning orasida foydalilari ham bor. Biz yiqqan quyidagi tavsiyalarda umid qilamizki sizga eng qo’l keluvchi maslahatlar jamlangan.

1. Barcha xarajatlaringizni kuzatib boring

Shunday yo’l orqali pullaringiz qayerga ketayotganini tushunishingiz mumkin. 30 kun mobaynida nimaga qancha sarflayotganingizni kuzatishingiz kerak. Oyning so’ngida esa barchasini taxlil qiling. Sizda eng katta harajat nimaga qaratilayotganini topib uni kamaytirishga kirishing.

Agar siz xarajatlarni nazorat qila olsangiz, unda siz faqat pulni qanday tejashni bilibgina qolmay, balki umuman moliyaviy ahvolingizni nazorat qilishingiz mumkin.  Vazifani qanchalik uzoq bajarsangiz, xarajatlarga shunchalik ongli ravishda yondashasiz. Bu esa uzoq muddatga moliyaviy ahvolingizga ijobiy ta'sir qiladi.

2. Yil mobaynida har hafta pul jamg’aring!

G’arbda yangi yil arafasida kelayotgan yil uchun reja tuzish juda ananaga aylangan. Shu yo’l orqali har haftada ajratilgan pul miqdorini jamg’irib qo’yishni o’zingizga yodga solib tura olasiz. Ushbu jamg’arma uchun 52 haftaning birinchi haftasida 1 dollar, ikkinchi haftasida 2 dollar va uchinchisida 3 dollar yig’ishga olib qo’ying  va shu zaylda davom eting. Agar istasangiz ushbu amalni teskarisiga bajarishingiz mumkin. Ilk haftada 52 dollar, ikkinchi hafta 51 dollar, uchinchi haftada 50 dollardan jamlab, keyin pul miqdorini kamaytirib boring. Ushbu usulni amalga oshirsangiz yil mobaynida 1378 dollar yig'ishga muvaffaq bo’lasiz. 

Siz ushbu usulni shartlarini o’zingizga qulay bo’lgan usulda o’zgartirishingiz mumkin.  Bularning barchasi qancha pulni tejashni istayotganingizga va qancha tejashga qodir ekaningizga bog'liq. Ko’pchilik har haftada emas balki ikki haftada yoki bo’lmasa bir oyda maosh oladi. O’z maoshingizni ushbu usul uchun taqsimlab olishingiz mumkin. 

3. Yil mobaynida har kun pul jamg’arish

Ushbu usul bundan oldingisi bilan deyarli bir hil. Farqi shundaki  siz har kunda unchalik ham ko’p bo’lmagan miqdorda pul jamg’arasiz. Kamgina tashlagan chaqangizning natijasi ham sizni quvontiradi.  

4. O’z oldingizga maqsad qo’ying va 12 oy mobaynida jamg’aradigan pulingiz qiymatini ko’paytiring.

Bu pul jamg’arish borasidagi eng jiddiy usul. Agar siz aynan bir qiymatdagi  pulni  jamg’arsangiz yaxshi natijaga erishishingiz aniq. Birnchi haftada 60 dollar yig’ish uchun tashlang. Ikkinchi haftada esa unga 5 dollar qo’shib jami umumiy 65 dollar qo'ying. Shu yo’sinda siz 12 haftada 1,000$ yig’ishingiz mumkin.

5. Xarajatlarni qisqartiring

Bu usul aslida juda oddiy.  Harajatlaringizni qisqartirish orqali siz faqat eng kerakli narsalarga pul sarflay boshlaysiz. Masalan:kommunal hizmatlar, oziq ovqatlar  va hokazo; Kino, restaranlar, kafelar muhim bo’lmagan haridlar  uchun pul sarflashdan voz kechish kerak.  Agar siz uzoq vaqt davomida ushbu usuldan foydalansangiz ancha sezilarli darajada pul tejaysiz.

6. Qaytimlarni jamg’aring

Harajatlaringizga to’lovni naqd pul bilan amalga oshirsangiz bu usul sizga qo’l kelishi aniq. Shunchaki kun davomidagi qaytimlarni ishlatib yubormang. Ularni kunning so’ngida pul yig’ish uchun mo’ljallangan qutichangizga solib qo’ying. O’zingiz ham qanchalik tez pul yig’ib qo'yganingizga hayron qolasiz. Usulni murakkablashtirib yil mobaynida shu yo’lda keting. Ushbu usul bilan qanchalik tejamkorlikka erishish mumkinligini sinab ko’ring. 

7. Jamg’arishni avtomatlashtirish

Bu judda oddiy usul! Siz hech narsa qilmaysiz.  Ko’p banklar belgilangan miqdordagi pulni yoki foizni maxsus hisob raqamga tushirib berishni taklif etadilar. Bu qiymatni siz o'zingiz berishingiz yoki bo’lmasa har oylik maoshingizdan taqsimlab berishingiz mumkin.

Ba’zi bir banklar harajatlardan belgilangan foizlarni mahsus hisob raqamga tushirib berishni taklif etadilar. Bu usul hisob kartochkalari orqali to'lovni amalga oshiradigan insonlar uchun qo’l keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook