Sovg'a tanlash va berish qoidalari
Sovg'a tanlash va berish qoidalari
Hayotda atrofdagilarga hursandchilik baxshida etish uchun imkoniyatlar juda ko’p va ana shu yaxshi kayfiyatni nafaqat bayramlarda, balki har kuni hadya etishingiz mumkin.

Sovg’a tanlash osondek tuyiladi, biroq uning ham o’ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Savg’alar har tomonlama turlicha bo’lgani kabi odamlar va ularning qiziqishlari ham har xil bo’lishini juda yaxshi bilamiz.

Ozgina e’tibor belgisi- og’ir ish kunini ham bayramona kayfiyatga aylantirish hususiyatiga ega. Gul, shirinlik, kichik suvenir, qiziqarli kitob – bularning barchasi xursandchilik olib keladi. Sovg’a necha pul turishidan qatiiy nazar,agar u chin ko’ngildan hadya etilsa, odamlarda sovg’a bergan insonlarga nisbatan samimiylik hissini uyg’otadi. Biroq sovg’ani tanlashni ham, hadya etishni ham bilish kerak. Bunda sovg’a beruvchining didi , fantaziyasi zarur.

Ko’pgina sovg’alar faqatgina belgili ahamiyatga ega – bu tuyg’ularni o’ziga hos tarzda bildirishdir. Yashirin ma’noli juda arzon sovg’a ham egasi uchun ancha katta qiymatga ega bo’lishi mumkin. Sovg’aning narxi hadya etuvchining moddiy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Sovg’a berilayotgan insonning imkoniyatlari, ehtiyojlari, fe’l atvori, didi, qiziqishlari va hayot tarziga hos bo’lishi kerak.

Kimga nima sovg’a qilish kerak? O’z fe’l-atvorini sezdirmaydigan inson bo’lsa ham – har bir sovg’a uning fe’l atvori ko’zgusidir. Sovg’a taqdim etish – bayram sababchisining oldidagi qarz emas, balki eng avvalo unga nisbatan bo’lgan hurmat va e’tiboridir.

Oila a’zolariga sovg’a hadya etish unchalik mushkul vazifa emas, negaki ularning nimadan hursand bo’lishlarini bilasiz. Oilada imkon qadar istalgan narsani –gullardan to ichki ko’ylaklargacha sovg’a qilish mumkin.

Barcha oila a’zolari foydalanadigan xo’jalik vositalari qatoriga sovg’a kirmaydi.

Ayollar uchun sovg’a

Sovg’alar-bu juda yoqimli. Sevimli ayollar uchun erkak tomonidan hadya etilgan sovg’a esa yanada yoqimliroq! Xurmatli erkaklar, xohish, sabab va imkoniyatingiz bor ekan, o’z oilangizdagi yaqinlaringizdan hursandchilik, mehr va muhabbatingizni ayamang. Tanlagan sovg’angiz o’ta qimmatbaho bo’lmasa-da, biroq uni chin dildan taqdim etsangiz ayolingiz o’zini qanchalar baxtiyor his qilishini tasavvur ham qila olmaysiz.  

Aynan mana shunday sovg’alarni ayollar qadrlab, saqlab qo’yishadi. Ishoning, ayol kishiga eng muhimi muhabbat, e’tibor va g’amhorlik kerak, qolgan barcha narsalar ikkinchi darajali hisoblanadi!

Ayoliga palto yoki shu kabi qimmatbaho sovg’a olish istagidagi erkaklar rafiqasining o’zi tanlashi uchun imkoniyat tug’dirsa yanayam yaxshi. Bunday vaziyatda kutilmaganlik bo’lmaydi desangiz, ana shu sovg’a yoniga qandaydir kichikroq sovg’ani sezdirmay qo’shib qo’yishingiz mumkin. Yangi paltoning cho’ntagidan kichikroq kosmetik to’plam yoki kichik atir, sovg’ali paketni ochib, ichidan to’satdan bejirim sharf, go’zal taqinchoq yoki sochlar uchun o’ziga hos to’g’nog’ich topib olsalar naqadar yoqimli.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook