Uchar fonuslar
Uchar fonuslar
Uchar fonuslarning tarixi 1800 yildan ortiq vaqtni tashkil etadi va III asrdan boshlab, mashhur xitoylik strategiya ustasi Jugche Liang osmonda ko'tarilgan qog'oz chiroqlardan foydalanishni boshladi. Bir necha asrlar o'tgach, osmon fonuslari Sharq xalqlari (Xitoy, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Birma) hayotiga qat'iyat bilan kirib keldi, ammo ramziy va bayramona atribut bo'lib qoldi.

Uzoq yillar mobaynida Sharqdan kelganlar avloddan-avlodga turli bayram va boshqa maxsus tadbirlarda, shuningdek, maxsus festivallarda ham osmon fonuslarini ishga tushirganlar.  Tayvanning Chiang May shahrida rangli  fonuslar uchirish marosimlari bo’lib o’tadi. Ko’nsert saxnalar, quruqlik va suvlar, mushaklar, xalq sayillari bo’ladi va yarim kechada fonuslar osmonga uchiriladi. Bu ularning osmonga bo’lgan yil mobaynidagi tashakkuri va kelasi yil  yanada yaxshi bo’lishi umidi hisoblanadi.

Yaponiyada “olov o’qlar”  VII asrda paydo bo’lgan. Ularni Monarx-Buddistlar yomon ruh va havf hatarlarni yo’q qiluvchi timsol sifatida olib kelganlar. Qizig’i shundagi ushbu chiroqlar yonganida buddistlar chiroqlarni kuzatib turishgan va bunda sirli ma’no bor deb hisoblashgan.

So'nggi 4 asrda osmon fonuslari an'anaviy tarzda to'y, marosim va madaniy ko'ngil ochar tadbirlarda qo'llanilib kelinmoqda.

Yengil qog'ozli fonuslar eng qadimgi havo fonusi hisoblanadi, sharqda  ular "kom" yoki "loy" deb ataladi.  "Com" - "dumaloq","moy" - "parvoz", umumiy “xomloy”  - "fonus" degan ma’noni bildiradi.  Bayram kechasi ular butun shahar bo'ylab uchadi. Uzoqdan yonayotga fonuslar huddi NUJ ning olovchalari degan tasurot uyg’otadi. Osmon fonuslarini hattoki ba’zi odamlar NUJ deya ham o’ylab qolishgan.   

Osmon fonuslari butun dunyo bo'ylab faqat XXI asrning boshida mashhur bo'lib, Amerika qit'asi va Yevropada tez tarqalgan. Ular shaxsiy va korporativ bayramlarda, shuningdek, romantik muhit yaratish zarur bo'lgan barcha holatlarda keng qo’llanildi.

Uchar fonuslarni osmonga qoyib yuboradiga pallada tilaklar aytish (fonuslarga yozish)ham juda mashhur ananaga aylangan. Insonlar ushbu niyatlari ijobatiga ishonishadi va bundan tashqari uchib ketayotgan fonus o’zi bilan barcha yomonliklarni olib ketadi deya hisoblashadi. Ushbu ananaga bir asrdan oshdi.

Uchar chiroqlar oila va do'stlar bilan kunduzi va kechasi, baxt, salomatlik, boylik va muhabbat tilab uchiriladi.  Qadimgi Birmada sevishgan juftliklar chiroqni uch marta falakka uchirishgan bo’lsalar yerdagi eng so’nggi kunlariga qadar birga bo’ladilar. Agar jufliklar fonusni yetti bora uchirgan bo’lsalar ular keyingi hayotlarida ham birga yashaydilar . Chiroqni uchirib , barcha yaqinlaringizga baxt , salomatlik, omad, farovonlik va taqdirning hadyalarini tilashingiz mumkin.  

Ko’p hollarda fonus uchmay qo’lishi, yonib ketishi va daraxtga ilinib qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ular kulishadi va tilaklari juda ko’payib ketganini aytadilar.

Bunday odam o'z istaklarini qayta o'ylab, keyingi safar yana urinib ko'rishi kerak.  Tailand xalqi osmonga fonus uchirsangiz sizga omad kelishiga ishonishadi.  Fonus uchirish orqali inson tanasidagi barcha negativ narsalarni chiqarib tashlaydi va pozitiv kayfiyatga ega bo’ladi.  

Uchta asr oldin va hozirgi kunga qadar Hind qizlari uchib ketayotgan fonusni ko’rsalar ananaviy ravishda o’z to’ylarida yoqiladigan ko’p chiroqlarni so’rashadi. Turmushga chiqmagan qiz fonusni uchirsa o’sha ondan taqdir yo’llaridagi insoni bilan topishishmagunicha ular to’qnash kelaveradilar.

Qadimgi Xitoy afsonalariga ko’ra sevishganlar har yili birgalikda fonus uchirsalar , ular bir – birlarini yanada kuchliroq sevib boshlar ekanlar. Ularning sevgisidagi qaynoqlik uchayotgan fonus bilan yangilanaverar ekan. 

Bugungi kunda fonuslar har bir maxsus tadbirning mohiyatini ko’rsatish va unga urg’u berish  uchun ishlatiladi, bu yig’ilish ,to'y, tug'ilgan kun, Sevishganlar kuni, bayramlar  yoki Yangi yil oqshomi bo'lsin.

Osmon fonuslari ancha vaqtdan beri o’rinli sovg’a vazifasini o’taydi. Ayniqsa , To’y tantanasi va tug’ilgan kun uchun bunday sovga juda muvaffaqiyatli.  Bundan tashqari, uchish fonuslarini ishga tushirish inson bilan yarashish usuli sifatida ishlatilishi ham mumkin. Senariyga ko'ra, yarashuv belgisi sifatida ikki kishi osmonga bitta chiroqni uchiradi .  Osmonda fonuslar ham suratga olish uchun qiziqarli hikoyaga aylanadi.  Khao Lak (Tailand) plyajida 5000 ga yaqin fonus yoqildi.  Jurnalist Jou Xin ushbu tadbirni suratga olgan holda, dunyoning eng obro'li xalqaro foto jurnalistlar tanlovida "World Press Photo" ning "Arts &Entertainment" kategoriyasida ikkinchi o'rinni egalladi.  Yevropada osmon fonuslari  2006 yildan beri katta ahamiyatga ega.  2011 yil 21 iyun kuni Poznan shahrida (Polsha) 11 mingdan ziyod samoviy fonuslar yoqildi.  Ukrainada fonuslar "Ropunzel" multfilmi paydo bo'lgandan so'ng mashhur bo'ldi. "Rapunzel: Tangled Story" - "Sky Lanterns" juda muhim rol o'ynaydigan sevgi va do'stlikning ajoyib hikoyasidir.  Bugungi kunda mushak va boshqa bayram nishonalariga qaraganda fonus ekologik toza, shovqinsiz va xavfsiz hisoblanadi

Osmon fonusi  - osmonda o’z yulduzingizni yoritib, orzu qilish uchun noyob imkoniyatdir! Muhabbatingizni oshkor  qiling va romantik kechani tashkillashtiring. Ajoyib tug'ilgan kunni, to'yni, bolalar bayramini yoki korporativ partiyani tashkil qiling;  O'zingizga va yaqinlaringizga noyob quvonch va baxt keltiradigan unutilmas, ajoyib, sehrli tomosha qiling!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook