Yoz oylari uchun avtomobilingizni o’rnini bemalol bosa oladigan 7 velosiped
Yoz oylari uchun avtomobilingizni o’rnini bemalol bosa oladigan 7 velosiped
Qisqa masofalarga sayohatlar to’g’risida gap ketganida, masalan dala-hovlili qishloq yoki shaharning bir tumani ichida jamoa transporti va shaxsiy avtomobil o’rnini baribir velosipedday boshqa bir narsa bosa olmaydi.

Agar o’z velosipedingiz bo’lmasa yoki “ikki g’ildirakli dastyorni” almashtirish payti kelgan bo’lsa qanaqasini harid qilsa bo’ladi?

1. Electra Townie Balloon

1. Electra Townie Balloon

Bemalol uchish uchun mo’ljallangan velosiped. AQSHda ishlab chiqarilgan bu velosiped boshqalariga nisbatan ancha qimmatroq tuyulsa ham, aslida unday emas. Aniqrog’i, bu mutlaqo xato. Bu texnika mo’jizasining narhi tahminan 850 AQSH dollariga teng. Ushbu velosiped o’zining mustahkamligi va ishlatilishining o’ta qulayligi bilan farq qiladi.

2. Schwinn Cruiser One Women

2. Schwinn Cruiser One Women

Ayollar uchun mo’ljallangan Schwinn Cruiser One Women velosipedi

Agar velosiped uchun ko’p pul sarflagingiz kelmasa-yu, lekin sifatli narsa olgingiz kelsa,unda mana bu qiziqarli namunaga e’tiboringizni bir qarating. Bu turdagisining narhi tahminan 220 AQSH dollari atrofida turadi. 

3. Montego Daily Ladies

3. Montego Daily Ladies

Biroz dag’alroq ko’rinishga ega bo’lgan Montego Daily Ladies

 

Golland klassik velosipedi. Bugungi kunda bu turdagisining dunyoning barcha joylarida topish mumkin. Mislsiz uzoq vaqt xizmat qiluvchi va a’lo tashqi ko’rinishga ega. Dala-hovlili qishloq yoki shaharning so’lim joylarida sayr qilish uchun juda mos keladi. Bundan yaxshiroq narh-sifat uyg’unligini topish juda qiyin. Bu turdagi velosipedning narhi 400 AQSH dollaridan salgina kamroq.

4. Shulz GOA-3 Coaster

4. Shulz GOA-3 Coaster

Hammabop va barcha uchun mos Shulz GOA-3 Coaster

 

300 AQSH dollari atrofidagi narhli mana bu velosipedni ham harid qilishingiz mumkin. Bolalar bilan birga kattalar uchun ham juda mos. O’ta o’zgaruvchan moslash tizimi va materiallarning sifatiga ega. Bir-ikki kilometr yo’l bosib o’tib sayr qilish uchun yana nima kerak?

5. Pure Fix Cycles The Golf

5. Pure Fix Cycles The  Golf

Pure Fix Cycles The Golf modeli haligacha juda ham ommabop va haridorgir.

Siz uchun mana bunaqa velosiped ham juda yahshi variant bo’lishi mumkin. Bu turdagi velosipedlarga bo’lgan modaning avj olish davri allaqachon o’tib bo’lgan, ammou modaning o’zidan hech qolib ketgani yo’q. Agar sizga haqiqatdan hamvazifasini yaxshi bajaradigan buyum va yengil harakatlanish vositasi kerak bo’lsa, bu velosiped aynan siz uchun. Uning o’rtacha narhi 300 AQSH dollariga teng. Hechikkilanmay haridni amalga oshirishingiz mumkin, chunki bu velosiped yaxshi parvarish qilinsa faqat sizgagina emas, hali farzandlaringizga, xatto nabiralaringizgaham beminnat xizmat qilishi mumkin.

6. Linus Dutchi 3

6. Linus Dutchi 3

Linus Dutchi 3 juda yaxshi tanlov

Bitta joyga jamlab aralashtirilgan minimalizm va funksionalizm namoyondasi. Narhi juda ham baland emas – 450 AQSH dollariga teng. Velosipedning dizaynida o’tgan asr fransuz modellariga nisbatan  yuksak ehtirom bajo keltirilgan. Bu model juda engil bo’lgan ajoyib va o’ziga xos ramasi bilan jozibadordir.

7. Kross Classico II

7. Kross Classico II

Kross Classico II Polsha velosipedi

 

Juda qiziqarli polsha velosipedi. U juda chiroyli, ihcham, tarkibida o’zining fonari, xatto savatchasiga ham ega. Shu bilan birga bu velosiped juda mustahkam hamda nisbatan arzon – 330 AQSH dollari.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook