Dunyodagi eng qimmat 10 limuzin haqida bilasizmi?
Dunyodagi eng qimmat 10 limuzin haqida bilasizmi?
Limuzinlar hamisha hashamatli va farovonlik limsoli bo‘lib kelgan. Ushbu mashina ichidagi yo‘lovchi limuzinda safarning qanchalar qulay bo‘lishi mumkinligini haqiqatan his qilishi, avtomobilning qo‘shimcha imkoniyatlaridan ham to‘laqonli foydalanishi mumkin. Limuzinlarning o‘ta qimmat bo‘lishi hech kim uchun sir emas. Asosiy komplektatsiyaga ega bo‘lgan mashinani 100-300 ming dollar atrofida harid qilsa bo‘ladi.

Ammo mashinangiz boshqa limuzinlardan ham o‘zgacharoq bo‘lishini istasangiz-chi? Unday holatda boshqalardan ko‘proq to‘lash ham kerak!

Quyidagi reytingda narxi 1 million dollardan ortiqroq bo‘lgan limuzinlar namunasi keltirib o‘tiladi. Bu kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan mashinalar emas, to‘laqonli sharoitlar bilan ta’minlangan nozik avtomobillardir. Ishlab chiqaruvchilar ularni faqat maxsus buyurtma asosida tayyorlab berishadi, shu sababli ham narxining osmon qadar ekanligidan hayratga tushmaymiz.

10. Limuzin Lamborghini Aventador: narxi noma’lum

2013yilda Cars of Stars kompaniyasi Lamborghini Aventador limuzinining konseptsiyasini ishlab chiqdi. Avtomobil6,5 litrli V-12 Lamborghini dvigateli bilan jihozlangan. Bundan tashqari mashinaning betakror tashqi ko‘rinishi va texnik sifatlari a’lo darajada, ichki tarkibi esa birinchi sinfga tegishli hamma to‘plamlar bilan jihozlangan. Mashina saloniga 7 nafar inson sig‘ishi mumkin bo‘lgan L shaklidagi divan o‘rnatilgan. Bundan tashqari ichki sohada plazma televizori, iPod tirgaklari, shampan vinosi uchun mo‘ljallangan bar ham bor. 

9. Limuzin Mercedes-Benz S-600 Pullman: 1 million dollar

Mercedes-BenzS-600 Pullman limuzini dunyoning bir qarcha avtoko‘rgazmalari paytida omma qarshisiga havola qilingan. Uning sotuvga chiqarilgan sanasi esa 2015 yilda bo‘lgan. Mashina Maybach limuzini o‘rnini bosgan, sababi ushbu kompaniya Rolls Royce hamda Bentley bilan ortiq raqobatlasha olmay Mercedes-Benz qo‘liga o‘tgan.

Limuzinning uzunligi 7 metrdan ortiq. Uning ustki qismi qizish ta’sirlariga nisbatan chidamli bo‘lib, yengil portlashga ham bardosh bera oladi. Avtmobilning narxi esa 1 million dollarga teng.

8. Limuzin The Million Euro Mini: 1,35 million dollar

 

Dunyodagi eng qimmat narxga ega pushtirang Mini Cooper aynan mana shu. Limuzin qog‘ozistonlik malika Regina Abdurazzoqovaga tegishli bo‘lib, uning salon qismida 47 dyuymli televizon ekrani, 70 TFT monitorlari mavjud. Avtomobilning o‘zi esa 30 ta to‘xtash sensorlari hamda 20 ta kamera bilan jihozlangan. Korpus qismi million dona Svarovski kristallari bilan bezatilgan bo‘lsa, har bir g‘ildirak qismiga 8 sentimetrli kristallar ilova qilingan. Mashina oynalarini qoraytirish uchun 50 gramm sof oltin kerak bo‘lgan. Avtomobilning yakuniy narxi 1,35 millionga teng deya baholangan. 

7. Maybach Landaulet: 1,4 million dollar

Maybach kompaniyasi 2013 yilga qadar hashamatli limuzinlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanar edi. Garchi ushbu kompaniya mahsulotlari Rolls Royce va Bentley mashinalaridan hashamatliroq bo‘lsa ham, narxlarning qimmat ekanligi sotuvning raqobatchilarga boy berilishiga olib keldi. 

Landaulet modeli kompaniya an’analariga sodiq qolgan ravishda va  1920 yillarda mashhur bo‘lgan mashinalar asosida yaratilgan. Unga V-12-shaklidagi 62S bi-turbo dvigateli o‘rnatilgan, harakatlanuvchi tom qismi esa yo‘lovchilarga safar payti quyosh nurlaridan bahramand bo‘lish uchun imkon yaratgan. Avtomobil saloni oq charm bilan qoplangan bo‘lib, granit hamda tilla detallar bilan bezab chiqilgan. Mashinaning narxi 1,4 million dollarga teng.

6. Limuzin The Midnight Rider: 2,5 million dollar

The Midnight Rider limuzini 1986 yilda yaratilgan bo‘lib, dunyodagi eng katta limuzin sanaladi. Uning kabina qismi esa yuk mashinasi kabinasi bilan bir hil. Salonda 3 hil sektor joylashgan, bu yerga 40 nafar odamni sig‘dirish mumkin. Har bir sektor quvvati 1800 VT lik akustik tizim bilan jihozlangan. Mashina ichida haqiqiy bazm ham uyushtirish mumkin, sababi uning bir burchagida DJ uchun o‘rin hamda bar mavjud. Dunyodagi eng og‘ir limuzin sifatida ham rekord o‘rnatgan ushbu mashinaning bahosi 2,5 million dollarga tengdir.

5. Limuzin The Beast: 3 million dollar

The Beast limuzinini klassik uslubdagi, ammo jozibador tank deb ham atashadi. Mashina AQSH prezidenti uchun buyurtma qilingani bois korpus qismi bronlangan va o‘qqa bardosh beradi. Cadillac limuzinlarning umumiy soni atigi 12 ta, ulardan 3 tasigina muntazam ravishda foydalaniladi. Ayni paytda AQSH prezidenti tomonidan ishlatilayotgan mashinaning nomi "Cadillac # 1" bo‘lib, bu kabi mashinaning asos komplektatsiyasi narxi 300 000 dollar.  Ammo hukumat limuzinni davlat rahbarlari uchun xavfsiz bo‘lishi maqsadida unga 3 million dollar pul sarf etgan. Ushbu avtomobil milliy xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy obyektlardan biri hamdir. Mashinada yong‘inga qarshi maxsus tizim, kislorod ballonlari, niqoblar, ko‘z yoshi gazlari va pistoletlar ham bor deyishadi. Aytishlarida uning ichiga granatomyotlar ham o‘rnatilgan ekan.

4. Limuzin Rolls Royce Phantom: 3,8 million dollar

 

Ko‘plab davlat rahbarlari tomonidan ishlatiladigan mazkur limuzin Xitoyda 3,8 million dollar evqaziga sotilgan.U o‘qqa qarshi bardosh bera oladigan korpus hamda oynalar, 6,8-litrli V-12 dvigateliga ega, Salon ichida esa hashamatli elementlarga boy bo‘lgan haqiqiy va to‘laqonli ofis yaratish ham mumkin.

3. Limuzin The American Dream: 4 million dollar

 

Narhi 4 million dollarga teng bo‘lgan The American Dream limuzini kolleksioner Jey Orberger tomonidan saqlab kelinadi. Bu dunyodagi eng uzun limuzin ham bo‘lib, uning uzunligi 30 metrga teng, mashina 26 nafar g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Mashina ichida jakuzi, quyoshda toblanish hududi, basseyn, katta karavotlar va vertolyot qo‘nishi uchun mo‘ljallangan joy ham bor.

2. Limuzin Batmobile: 4,2 million dollar

Batmobile limuzini har bir milliarderning orzusiga aylangan bo‘lsa kerak. Bu kabi mashina yaratish g‘oyasi 1989-1992 yillarda ekranlardaTim Byortonning "Betmen" filmi ko‘rinish bergan paydo bo‘lgandi. Narxi 4,2 million dollarga teng ushbu avtomobil 2010 yilda yaratilgan va ekrandagi Betmenning mashinasida mavjud barcha imkoniyatlar bilan jihozlangan. Shu jumladan unga granatomyotlar, raketa sozlamalari, old va orqa g‘ildiraklarni ajratib tashlash imkoniyatlari ham berilganiga nima deysiz? Bungan tashqari limuzinga V-8 Corvette reaktiv dvigateli o‘rnatilgan.

1. Bruney sultoniga tegishli bo‘lgan Rolls Royce Silver Spur: 14 million dollar

1. Bruney sultoniga tegishli bo‘lgan Rolls Royce Silver Spur: 14 million dollar

Bruney sultoni Xassanal Bolkiaxning avtomobillar kolleksiyasi juda mashhur ekanligidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Ular tarkibidagi Rolls Royce mashinalarining esa son-sanog‘i yo‘q. Sultonning kolleksiyasi 4 milliard dollarga baxolangan. 1990 yildan beri qirollik oilasi barcha mashhur va xaridorgir Rolls Royce mashinalaridan sotib olishgan. Sultonning to‘y marosimi uchun maxsus ishlangan Rolls Royce Silver Spur avtomobilining narxi esa 14 million dollarga teng bo‘lib, uning ustki qismi 24 karatli sof oltindan ishlangan.

 

.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook