Dasturxoningiz ko’rkiga aylanuvchi 3 super salat!
Dasturxoningiz ko’rkiga aylanuvchi 3 super salat!
Pazandalik borasida ajoyib g’oyalar, mazali va butun umr yodingizda qoladigan ajoyib salatlar tayyorlashni xush ko’rsangiz ushbu super retseptlar siz uchun bag’ishlanadi!

“Anorli bilaguzuk” salati

Zaruriy mahsulotlar: • 400 gr tovuq go’shti filesi • 4 dona tuxum • 1 dona anor • 400 gr lavlagi • 300 gr kartoshka • 300 gr sabzi • 1 ta qizil piyoz • ukrop va sarimsoq • 250 gr mayonez • limon sharbati • zaytun yog’i • tuz va murch
Qaynatilgan lavlagi hamda kartoshkaning po’stini tozalang va qirg’ichdan o’tkazib oling. Tuxumni qaynatib, sovigach mayda to’g’rang. Tozalangan piyozni mayda kubik shaklida to’g’rab, ustiga limon sharbati tomizib qo’ying. Ukropni maydalang, anorni esa tozalab, donalarini ajratib oling. Tovuq go’shtini mayda to’g’rab, sarimsoqni ezib oling. Sarimsoqni qizdirilgan zaytun yog’ida qovurib olgach, ustidan go’sht qo’shing va 5 daqiqa qovuring. So’ng olovdan olib, soviting-da, sarimsoqni olib tashlang.
Likop markaziga stakan joylashtirib, salatni qavat-qavat ko’rinishda joylashtirib chiqish kerak bo’ladi. Haр safar mahsulotlar qavati solinganda ustidan tuz hamda murch sepib, mayonez surtishni unutmang. Birinchi qavatga kartoshka, ikkinchisiga sabzi, uchinchisiga tovuq go’shtidan joylashtiring. Ustidan piyoz va ko’katni qo’yib, tuxum solib chiqing. Undan keyingi qavatga esa lavlagini joylashtirib, salatning har bir tomonini lavlagi bilan yoping. Salatning ustidan yaxshilab bosing va plyonka bilan o’rab, sovutgichga 3 soatga solib qo’ying. So’ng ehtiyotkorlik bilan stakanni olib tashlaysiz va salatning ustki qismini anor donachalari bilan bezatasiz.

“Kamalak” salati

Zaruriy mahsulotlar: • 300 gr kolbasa • 4 dona pomidor • 2 dona bodring • 1 o’ram suxarik • ¾ banka jo’xori • 2-3 oshqoshiq mayonez
Kolbasa, pomidor va bodringni somoncha shaklida to’g’rab chiqasiz. Har bir mahsulotni katta lagan atrofiga oz-oz miqdordan joylashtirasiz va orasida ochiq joy qoldirasiz. Ochiq qoldirilgan joyga esa mayonez solib, salatni aynan shunday holatda dasturxonga torasiz. Ushbu salatning o’ziga hosligi shundaki, u aralashtirmagan holatda dasturxonga tortiq etiladi. Mahsulotlar dasturxonning o’zida, salatni iste’mol qilishdan avval aralashtiriladi.

“Yurakcha” salati

Ushbu salatni tayyorlash juda ham oson. Buning uchun ro’yxatga keltirilgan barcha masalliqlarni likop ustiga yurakli qolipni qo’yib olgancha ketma-ket tarzda terib chiqaverasiz. Masalliqlar ketma-ketligi esa quyidagicha:
1-qavat: Kartoshka + o’simlik yog’i + piyoz 2-qavat: Tuzlangan bodring 3-qavat: Qaynatilgan tovuq go’shti 4-qavat: Qo’ziqorin 5-qavat: Yangi bodring 6-qavat: Qaynatilgan tuxum 7-qavat: Qirg’ichdan o’tkazilgan xom sabzi 8-qavat: Qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq 9-qavat: Yong’oqlar 10-qavat: Anor donalari Diqqat: Har bir qavat orasiga mayonez surtishni unutmang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook