Odamlarda insoniylik va mehr tuyg’usi borligi haqida ba’zi misollar
Odamlarda insoniylik va mehr tuyg’usi borligi haqida ba’zi misollar
Millionlab odamlar uchun 2016 – yil hayotlari davomidagi eng og’ir damlar bo’ldi, ular insonda mehr tuyg’usi borligiga ishonmay qo’yishgan. Dunyodagi bo’lib o’tayotgan voqealar ularni shunday o’ylashga majbur qilgan. OAV da yomonlik haqida qancha yozilmasin, olamda ko’plab yaxshi ishlar qilinmoqda. Va shuni ishonch bilan aytish mumkinki, dunyoda mehridaryo odamlar ko’p. Ishonmasangiz quyidagi ma’lumotlar va suratlarga nazar tashlang. Bu narsa sizga insoniylikka ishonch tug’diradi.
1.Ko’p oylik daxshatli bomba yog’dirilgandan keyin Suriyaning Aleppo shahrida uysiz och hayvonlar qolib ketdi. Bu kishi hayotini xavf ostiga qo’yib har kuni o’nlab mushuklarni qornini to’yg’azadi.
2. Daniyalik ko’ngilli ayol Afrikaning jarliklaridan birida ochlik va tashnalikdan o’layotgan ikki yoshli bolani topib oldi. Bu mintaqadagi ba’zi mamlakatlarning aholisi bolalarga yovuz ruhlar kirib olgan deb gumon qiladilar va ularni ko’chalarga haydab qo’yib, o’limga mahkum etadilar. Aslida asosiy sabab – ularni boqa olmasliklaridir. Shifokorlarning aytishlaricha, agar ayol yana bir necha soatga kech qolganida, kichik bolakayning joni uzilishi turgan gap edi. U ayol bolakayni sog’ayishiga yordam berdi, keyinchalik esa uni o’ziga o’g’il qilib boqib oldi.
3. Bu kishi Xitoydagi festivalda yeyilishi kerak bo’lgan mingga yaqin itlarni qutqarib qoldi. Har yili shu tadbir vaqtida 10-15 ming ta itlar o’ldiriladi. Bu shunchaki “urf – odat” bo’lgani uchun.
4. Bir kishi o’zining eski yuk tashuvchi mashinasini ichini uysizlar uchun dush qabul qiladigan xonaga aylantirdi. Har hafta muayyan bir joyga boradi, xohlaganlar kelishi mumkin, kerakli gigiyena narsalarini olishi mumkin, tekinga cho’milish, soqol olish va sochni kaltalatishi mumkin.
5. Hayvonlarni himoya qiluvchilar tsirkda bu kasal yo’lbarsni ko’rganlarida, qo’rqib ketdilar! Yo’lbars juda ham nimjon, o’zining normal o’g’irligining chorak qismigina qolgan edi, terisi ham deyarli yo’q edi. Yarim yil g’amxo’rlik qilingandan keyin qanday chiroyli bo’lib ketganini qarang.
6. Otasi o’g’li bilan birga qo’rqinchli suv toshqini bo’layotgan vaqtda ular boshqa odamlar bilan evakuatsiya qilinishdan voz kechib shu yerda qolishdi. Ular o’zlarini rezina qayiqlarini olib, atrofni ko’zdan kechirib, tirik qolgan hayvonlarni qutqardilar. Ular 30 ga yaqin it va mushuklarni qutqarishga erishdilar.
7. Bu 12 – yoshli bolakay kasal bolalar uchun o’yinchoqlar tikadi. U yiliga kasalxonadagi bolalarga 800 ga yaqin o’yinchoqlar sovg’a qilgan.
8. Daydi va qarovsiz bir it bo’lgan edi. U hech kimga kerakmas edi va mo’jizalar sodir bo’lishiga ishonmas edi. Biroq u yanglishgan ekan. Bir kuni it mehmonxona yonida daydib yurganida, uni styuardessa ko’rib qolib, mehr bilan silab o’tib ketadi. Inson mehrini his qilgan kuchuk bu ayolni mehmonxonaga kiraverishda bir necha kun kutib turdi. Ayol mehmonxonadan chiqishi bilanoq it uning ketidan ergashdi, hattoki styuardessa o’tirgan taksining ketidan ham yugirib ketdi. Keyin nima bo’lganini bilishni xohlaysizmi? Bugungi kunda o’sha daydi it dunyoning boshqa mintaqasida o’sha uni ko’chada tashlab keta olmagan styuardessa bilan birga yashamoqda. Ular bir – birlariga qanchalik mehribon ekanliklariga bir qarang!
9. Dunyo boksi yulduzi Menni Pakyao o’zining gonorarini olib, kam ta’minlangan vatandoshlari filippinliklarga mingga yaqin uylar qurib berdi. O’zi ham past qatlamdan chiqqani uchun kambag’allik nima ekanligini yaxshi biladi.
10. Bir ko’zli odam itlar uyidan bir ko’zli itni boqib oldi, ko’pchilik uni ko’rligi tufayli boqib olgisi kelmasdi. Hozir ular dunyodagi katta do’stlardir.
Bu hammasi emas! Har birimizda juda ko’p yaxshilik, odamgarchilik va mehr-muhabbat tuyg’usi bor, ularni muhtoj bo’lganlarga berish qanday yaxshi. Bu haqiqiy qahramonlikdir!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook