Qahratonda sovqotmaslik uchun eng kerakli tavsiyalar

· sovuq va quruq shamol
· tor poyabzal va yengil ust-bosh
· jismoniy charchoq
· ochlik hissi
· turli kasalliklar, misol uchun shamollash va qon-tomir kasalliklari. Ushbu hastaliklar oqibatida qoʻllar va oyoqlarda qon yaxshi aylanmaydi, natijada aynan mana shu sohalar issiqlikni mutlaqo sezmaydi ham.

· Bir necha qavat issiq liboslar kiyish. Kiygan liboslaringiz imkon qadar tabiiy matolardan boʻlishi kerak.
· Libos quruq va toza boʻlishi lozim.
· Paypoqni ham bir necha qavat qilib kiyib olish tavsiya etiladi.
· Qishki poyabzalning kengroq va issiq boʻlishiga ahamiyat bering.

1. Harakat
Sovuq kunda bir joyda uzoq turib qolishingizga toʻgʻri kelsa (misol uchun avtobus bekatida) oyoqlaringiz va qoʻllaringiz bilan harakat qiling. Bunda kapilyarlar faoliyati jadallashadi va qon aylanishi yaxshilanib boradi. Agar yoningizda kichik yoshdagi bola boʻlsa, ushbu mashqni uning yordami bilan bajarish ham mumkin. Bir vaqtning oʻzida uni zerikishdan chalgʻitish bilan birga, oʻzingiz ham qoʻlning chigilini yozib olasiz.

Sovqotgan qoʻllarni birin-ketin, asta-sekinlik bilan uqalang. Qon aylanishining yaxshilanishi oqibatida qoʻllaringiz isishni boshlaydi. Qoʻlingizda kichikroq buyum boʻlsa (misol uchun koptokcha), uni kaft ustida aylantirish ham mumkin.

Sovuq kunlarda koʻchaga chiqishdan avval issiqqina sutli boʻtqa isteʼmol qilish aslo zarar qilmaydi. Ushbu yegulik 2-3 soat davomida tanadagi issiqlikni taʼminlab turadi

Sovuq kunlar uchun oʻzingizga kichik termoscha sotib oling. Koʻchaga chiqish avvalidan esa uni oʻzingiz bilan birgalikda yoʻlga olib keting. Sovqotgan vaqtingizda ichilgan bir xoʻplam issiq choy ham tanangizni qahraton changalidan omon saqlaydi.

Sovuq havoda yurib kelib, uyga kirishingiz bilan birinchi navbatda iliq suvni ochib, qoʻllaringizni uning ostiga tutib turing. Aynan shu jarayonni oyoqlar bilan ham amalga oshirish mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



