Foydali

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

Oʻzingizni ushbu lazzatdan butunlay cheklash shart emas. Ammo bu maslaxatga quloq tuting. Shokolad tarkibida qondagi kortizol – stress gormoni darajasini orttirib yuboruvchi kofein mavjud. Immunitetingiz qanchalar zaif boʻlsa, teri bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelaveradi. Shuning uchun shokolad yeganda meʼyorni unutmang, iloji boʻlsa achchiq shokolad bilan doʻstlashing.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

“Mening oʻzim ham onaman va qizim Emmaga ayol kishi yaxshi koʻrinishga ega boʻlishi uchu toʻyib uhlashi hamda sport bilan shugʻullanishi kerakligini bot-bot takrorlayman”. Jennifer Lopez, xonanda.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

Goyo boshingizni tez-tez yuvsangiz, u shunchalik tez kirlanaveradi. Aynan shuning uchun kundalik bosh yuvishdan voz kechib, shampundan uch kunda bir foydalanish zarur. Mutaxassis larbu fikrga qoʻshilmaydilar. Sochlar shampundan emas, vodoprovod suvining sifati,ekologiya va taomlanishga qarab yogʻlanishi mumkin. Yogʻli taomlar va dudlangan mahsulotlarni hush koʻruvchilar bu muammoga uchrashlari tabiiy hol. Agar shampuningiz sochingiz turiga muvofiq tarzda tanlangan boʻlsa, undan istaganingizcha foydalanishingiz mumkin.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

Garchand yorqin rangdagi ten va lab boʻyogʻi urfda boʻlsa-da ulardan birvarakayiga foydalanish juda hunik koʻrinadi. Hattoki oqshom pardozida ham urgʻu bir soha: yoki koʻz, yoki lablarga berilishi zarur.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

Onajonlarimiz yuz terisi parvarishining bu usulini yoshliklaridanoq yaxshi biladilar. Ular bu borada haq: bodring etining 90 foizi suvdan iborat boʻlib, u foydalilik jihatidan zamonaviy toniklar bilan bellasha oladi.  Uni faqat toza teriga surtish lozim.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

“Ayol kishini jozibali koʻrsatuvchi qurol – tabassumdir. Men onamdan eng qiyin kunlarda ham kulib turishni meros qilib olganman”. Yeva Mendes, aktrisa.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

Hech qachon yuvilmagan qoʻllar bilan yuzingizga tegina koʻrmang. Bu soʻzlar, ayniqsa koʻchada va jamoat transportida yurganingizda yodingizda turishi lozim. Sizning nazaringizda qoʻllaringiz toza koʻringani bilan uning yuzasida husunbuzar va yalligʻlanishni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar mavjud boʻladi.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

Bu soʻzlarni kuniga 10 marotaba eshitganingizdan soʻng jahlingiz chiqa boshlaydi. Ammo onajoningiz haq! Hech boʻlmaganda qomatingizni toʻgʻri tutishga oʻrganib koʻring. Vaqt oʻtib, muskullar ushbu toʻgʻri holatni eslab qoladi va bukchayish haqida unutasiz. Toʻgʻri qomat chiroyli koʻrinish beribgina qolmay, qorin va koʻkrak muskullarini tortib turadi. Demak, teri choʻziluvchanligining yoʻqolishi kabi  muammolar haqida unitishingiz mumkin. Shu bilan birga, chiroyli qomat insonning boʻyini balandroq koʻrsatadi.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

“Men onam kabi yorqin pardozni yoqtirmayman. Latofat soʻzining sinonimi – tabiiylikdir. Pardoz qutichamda faqat upa va pushti rangli lab boʻyogʻI bor, xolos”. Anjelina Joli, aktrisa.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

“Menga atirdan foydalanishni oʻrgatgani uchun onamdan juda minnatdorman. Atiringiz hidini oʻzingiz sezmasangizu, atrofingizdagilarga uning ifori bilinib tursa, demak ,atir sepish qoidalarida adashmagansiz. Penelopa Krus, aktrisa.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?

Bu – biroz eskirgan fikr. Ushbu fikrdan voz kechish uchun onangizga yordam bering. Unga sochlarini ichki tarafdan mustahkamlab, yaltirashini yanada kuchaytiruvchi boʻyoq-muss va tarkibida yogʻ boʻlgan boʻyoqlarni tavsiya qiling.

Qanday qilib jozibali koʻrinishga ega boʻlish mumkin?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar