Oshxona

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

Agarda siz oʻz sogʻligʻingiz va qomatingiz haqida qaygʻursangiz, u holda gazlangan limonadni oʻzingiz uy sharoitida tayyorlab koʻring.

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

Gazlangan suvni qanday qilish mumkin

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

2 choy qoshiq soda;
2 choy qoshiq limon kislotasi;
tabga koʻra shakar;
sirop;
Limon kislotasi va sodani aralashtirib oling va shakar hamda suv va sirop aralashmasini quying. Muz qoʻshing va imkon boricha tezroq iching. Limin kislotasi va soda birgalikda reaksiyaga kirishadi, natijada pufakchalar paydo boʻladi. Agar taʼmi juda kuchli boʻlib tuyulsa, u holda limon kislotasi va soda miqdorini kamaytiring.

Albatta, bunday limonad uzoq vaqt gazli boʻlib turmaydi, biroq qiziqarli eksperiment sifatida qilib koʻrish mumkin. Bundan tashqari bu tez va arzon.

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

2 ta plastik butulka;
bigiz;
2 ta probka;
kichkina shlang yoki egiluvchan trubkacha;
qoshiq;
voronka;
1 chashka sirka;
1 chashka soda;
istalgan suyuqlik;
Ikkita qopqogʻda teshik qiling, ularga germetik qilib shlangni ulang. Shunday hisoblangki, shlangning bir uchi butulkaning tagiga deyarli tegib tursin. Gazlantirishni istalgan suyuqligingizni butulkalardan biriga quying va uni zich qilib berkiting. Shlang boʻlajak limonadingizga iloji boricha chuqurroq tushishi kerak.

Ikkinchi butulkaga voronka orqali sodani soling, unga sirka qoʻshing va ikkinchi qopqoq bilan tezda yopib qoʻying. Agar siz pishillashni eshitsangiz va aralashma pufaklanayotganini koʻrsangiz, siz hammasini toʻgʻri bajargan boʻlasiz. Agar, sirka va soda yetarli darajada reaksiyaga kirishmayotgan boʻlsa, butulkani silkiting. Bu reaksiyani kuchaytiradi.

Gaz shlang boʻylab boradi va limonadni uglekislota bilan toʻyintiradi. Agar ulanish germetik boʻlmasa, siz kam gazlangan ichimlikka ega boʻlasiz.

Har qanday suv asosidagi ichimlikni gazlantirish mumkin, lekin kofe va choy bilan eksperiment qilish kerak emas. Bir litrli butulka suvni oʻrtacha 15-20 daqiqa davomida gazlantirish mumkin. Albatta, sifonni yaratish vaqt talab etadi, lekin u behuda sarflangan boʻlmaydi.

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

Sifonni internetda buyurtma qilish yoki doʻkonlardan qidirib sotib olish mumkin. Xozir plastik va metall sifonlarning katta miqdorda koʻrinishlari mavjud, hatto rasmlilari ham bor. Shu sababli, sizning oshxonangiz interyeriga toʻgʻri keladiganini topish juda onson boʻladi.

Sotib olingan sifonning ishlash prinsipi qoʻlbola sifonniki bilan bir xil. Faqat siqilgan gazli ballonchalarni alohida sotib olish kerak boʻladi. Agar siz vintaj sifonni topa olsangiz, u holda u interyerning oʻziga xos buyumi boʻlib xizmat qiladi.

Qanday qilib uy sharoitida limona tayyorlash

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

Bu limonad koʻproq Osiyoda mashxur boʻlib, u antiqa narsalarni yaxshi koʻruvchilar uchun sevimli limonadiga aylanishi mumkin.

Ingredientlar

1 litr gazlangan suv;
zanjabil ildizining kichkina boʻlakchasi;
tabga koʻra shakar;
1/2 limonning sedrasi;

Tayyorlanishi

Zanjabilni poʻstidan tozalang va mayda qilib toʻgʻrang. Qolgan boshqa ingredientlar bilan aralashtiring, qaynab turgan suv quying va sovuting.

Oldindan zanjabil siropini tayyorlab qoʻyish mumkin va keyin uni suv bilan aralashtirish mumkin. Buning uchun, zanjabilni mayda tyorkadan oʻtkazing va shakarli siropga qoʻshing.

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

Bu yumshoq mazali yengil limonad chanqoqni juda yaxshi qondiradi. Bodringli suv esa koʻpgina tozalovchi parxezlarning asosidir.

Ingredientlar

1 litr gazlangan suv;
1 ta yirik bodring;
1/2 laymning sharbati;
1 choy qoshiq asal;

Tayyorlanishi

Bodringni yupqa dumaloqlar koʻrinishida toʻgʻrang va suv quying. Bu aralashmani 30 daqiqaga yaqin vaqtga damlanishga qoldiring. Soʻng asal, laym sharbati va gazlangan suv qoʻshing. Tanavul qilishdan avval mevalar qoʻshish mumkin. Ular ichimlikka yoqimli taʼm beradi.

Qanday qilib uy sharoitida mazali gazlangan limonad tayyorlash mumkin

Greypfrutli erta tonggi tetiklik zaryadi nostandart uygʻunliklarni hush koʻruvchilar uchun.

Ingredientlar

1 litr gazlangan suv;
3 ta tayoqcha dolchin;
1 dona greypfrutning sharbati;
1/2 ta limonning sharbati;

Tayyorlanishi

Sharbatlarni aralashtiring va ularga dolchinning tayoqchalarini solib, 30 daqiqaga tindirib qoʻying. Soʻng dolchinni olib qoʻyib, sharbatlar aralashmasiga gazlangan suv qoʻshing. Dastirxonga tortishdan avval dolchinlarni qaytadan limonad ichiga, bezak sifatida solib qoʻying.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar