Qiziqarli dunyo: Ensani qotiradigan 11 ta noyob restoranlar

Koʻpgina restoranlar pazandachilik sanʼatida bir birini ortda qoldirishga harakat qilishadi. Ammo dunyoda shunday ajoyib jamoat ovqatlanish joylari borki, u yerda asosiy eʼtibor ovqatga emas, takrorlanmas muhit va misli bilinmas manzaralarga qaratiladi.

Biz siz uchun, qiladigan tushligingiz nafaqat taʼm bilish sezgilaringizga taʼsir qiladigan, balki qalbingizni xushnud etadigan eng noyob restoranlarni namoyish etamiz.
1. «Esher», Vaysbad, Shveytsariya

Ushbu restoranli kichik mehmonxona Shveytsar Alplarining qoq markazida, 1500 metr balandlikda joylashgan. Bu yerga faqatgina piyoda yoki kanat yoʻli bilan yetib olish mumkin, kichikroq yogʻochdan qurilgan mehmonxona binosi esa 100-metrli qiya qoyaga tirkab qurilgan.
2. «Sirokko», Bangkok, Tailand

“Sirokko” restorani Tailanddagi eng baland binolardan birida, 250 metr balandlikda joylashgan. Restoran unchalik baland boʻlmagan panjara bilan oʻralgan, shuning uchun unga yaqinlashgan dadillar Bangkok manzaralariga hech qanday toʻsiqsiz qarab, bahra olishlari mumkin.
3. « Naxa Xarbor Diner», Okinava, Yaponiya

Ulkan banyan daraxti shoxlarida, 6 metr balandlikda joylashgan restoranga kirish uchun vintli zinapoyadan koʻtarilish kerak. Bu joy shunishi bilan farq qiladiki, bu daraxt – inson qoʻli bilan yaratilgan, va bu shunchalik mahoratli bajarilganki, bunga ishonish juda qiyin.
4. «Osmondagi tushlik», Brussel, Belgiya

50 metr balandlikda, ko'tarish kraniga biriktirilgan ochiq maydondagi tushlikni “Osmondagi tushlik” restorani taklif etadi. Albatta, bu yerga tashrif buyuruvchilar oʻrindiqlariga mustahkam bogʻlanganlar, biroq pastga bir bora qarashning oʻzi yaxshigina adrenalin olish uchun yetarlidir.
5. «Itxaa», Rangali, Maldiv orollari

“Itxaa” restorani suv ostida 5 metr chuqurlikda barpo qilingan dunyodagi birinchi jamoat ovqatlanish maskani. Restoran gumbazi koʻrinishidan mayin plastikdan yasalgan, va uning ortidan sizga dengiz hayvonlari qarab turadi, va balkim aynan oʻshalarning “qarindoshlarini” sizga taom sifatida keltirishgan.
«Stratosfera», Kuinstaun, Yangi Zelandiya

«Stratosfera” restorani koʻl ustida deyarli osilib turgandek goʻyo, va bu hayratlanarli emas, axir u Kuinstaunning eng baland nuqtasi boʻlgan togʻ ustida qurilgan. Restoranga kirish uchun arqonli koʻtargich yordamida koʻtarilish kerak, bu tepalikdan paraplan bilan uchib tushadigan ektremallar ham aynan shu yoʻl bilan koʻtarilishadi.
7. «Appalin» aylanuvchan restorani, Saas-Fe, Shveytsariya

“Appalin” – Shveytsar Alplarida suv sathidan 3 500 metr balandlikda joylashgan, dunyodagi eng baland togʻli aylanuvchan restoran. Bundan tashqari, u togʻning eng labida qurilgan, va tushlik vaqtida aylanma kapsulada oʻtirib unutilmas hissiyotlarga berilishingiz kafolatlangan.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



