Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari
Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Broken sarobi Garts togʻining choʻqqilaridan birining nomi bilan atalgan. Ammo bu hodisa boshqa istalgan joyda paydo boʻlishi mumkin, uni hatto samolyot illuminatorida ham koʻrish mumkin, uni birinchi martta 1780 yilda xujjatga kiritishgan. Tabiat hodisasi atmosferada tuman tushgan paytda quyosh nurida paydo boʻladi. Narsaning soyasi kamalakning oʻrtasiga tushgani sababli gʻayrioddiy illuziyalar paydo boʻladi, baʼzan esa qoʻrqinchli soyalar tushadi. Agar biror shabada esib qolsa, u yerdagi koʻlanka harakatlana boshlaydi. Bu hodisalar afsona va ertaklarning kelib chiqishiga sababchi boʻlgan. Gete oʻzining “Faust” nomli asarida ham uni izohlab oʻtgan.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

1643 yildan boshlab bir necha asrlar davomida odamlar Sitsiliya oroli boʻyida bir ajoyib hodisani kuzatib kedilar. Ufqda sirli hodisa sodir boʻladi – katta yelkanlari va ulkan binolari boʻlgan butun boshli suzuvchi shahar paydo boʻladi. Bu sarob, qiyin optik atmosfera hodisasi, insonlarni aldab qoʻyadi. Odamlar anchadan beri bunday tabiat hodisasini tushunishga harakat qilib kelganlar. Aytishlariga qaraganda, dengiz suvidagi tuz va minerallar parlanganda turli shakllarga boʻlinadi va uzoqdan moʻjizaviy narsa, deb qabul qilinadi. Quyosh dengizni ustini isitib yuborganda suv bugʻlanadi va turli xil hodisalarga sabab boʻladi.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Agar sizni chaqmoq maftun qilsa va siz kechki osmondagi momoqaldiroqning isрqibozi boʻlsangiz, unda yiliga 260 chaqmoq boʻladigan joy, Venesuelaga borishingizni tavsiya qilamiz. Jala yogʻadigan mavsum oktabrda boshlanadi, jala yogʻayotgan vaqtda Marakaibo koʻli va Katatumbo daryosi ustida har daqiqada 28 ta chaqmoq chaqnaydi. Bu mintaqa atmosferasi va landshaftida nimadir borki, havo harorati yuqori tezlikda tushib ketishi jala yogʻishi va momaqaldiroqni kelib chiqishiga sabab boʻladi. 250 km uzoqlikdan koʻrinadigan bu atmosfera hodisasi ilk bor 16 asrda kuzatilgan. 2010 yilda bu hodisa toʻsatdan bir necha oy kuzatilmay qoldi, balki qurgʻoqchilik tufaylidir.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Har yili Gondurasning Yoro nomli kichik shaharchasida may va iyun oʻrtasida gʻayrioddiy hodisalar yuz beradi. Birdan, bir boʻron boshlanadi, kuchli shamol va yomgʻir koʻtariladi. Yogʻingarchilik tugagandan keyin koʻchalarda shahar aholisi juda koʻp baliq topib olishadi. Bu muntazam ravishda 19 – asrdan beri sodir boʻladi. 1970 yilda National Geographik tadqiqotchilar guruhi shu kabi boʻronga guvoh boʻlishdi. Topilgan barcha baliqlar koʻr edi. Shunday nazariya paydo boʻldiki, baliqlar yomgʻir bilan osmondan tushmaydi, balki yer osti daryosidan kelib chiqadi. Yomgʻirdan keyin oqim darajasi oshib ketadi va shu sababli baliqlar suv tepasiga chiqib qoladi. Mahalliy xalq har yili sirli baliq yomgʻiri kunini nishonlaydi.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Barcha rozi, ayniqsa bolalar, oq qordan yaxshirogʻi faqat rangli qordir. Qorga rangni suvoʻtlarining 60 xil turlari beradi. Olimlarning fikricha, eng keng tarqalgan suvoʻtlarining turi bu Chlamydomonasnivalis hisoblanadi, chunki u qorni pushti rangga aylantiradi. Ular 3-4 km balandlikda harorati baland boʻlmaydigan atmosferada koʻpayishadi. Rangli qor hech qachon quyoshda erimaydi va gap faqat uning rangida emas, balki undan tarvuz hidi ham kelib turadi. Bunday hodisani birinchi boʻlib qadimiy Gretsiyada aniqlashgan va Aristotel asarida yozilgan, lekin buyuk olim ham bunday hodisani tushuntirib bera olmagan.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Iflos momaqaldiroq dunyo boʻylab sodir boʻlyapti, lekin BBC Earth jamoasining fikriga koʻra, eng qizigʻi Yaponiyadagi Sakuradzima vulqoni yaqinida sodir boʻladi. Bunday momaqaldiroq sodir boʻlishi uchun baʼzi sharoitlar kerakdir, misol uchun vulqon otilishi, tutun chiqarilgan boʻlishi va momaqaldiroq sodir boʻlishi. Toshlar, tuproq va kul havoda birlashadi va ishqalanish natijasida momaqaldiroq yuz beradi. Bunday chaqmoq Islandiyaning Etna vulqoni atrofida kuzatilgan.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Tailandning Mekong daryosida asrlar davomida Naga Fireballs deb ataladigan gʻayrioddiy atmosfera hodisasi yuz beradi. Yilning har qanday vaqtida, kechasi tomosha qilsangiz daryoning ustida olovli sharlar paydo boʻladi va izsiz yoʻqoladi. Afsonalarda aytilishicha, bu sharni moʻjizaviy Naga ajdarhosi hosil qiladi. 2004 yilda bu noyob tabiat hodisasi kuzatilmadi, ammo 2001 yilda odamlar osmonda bunday sharlarning 3 000 tasiga guvoh boʻlganlar. Olimlar albatta buni hech qanday moʻjiza bilan bogʻliqlik tomoni yoʻqligini isbotlamoqchi boʻladilar. Ularning taʼkidlashlaricha, shu hududda yerdan gaz ajralib chiqadi va oʻz-oʻzidan yonib ketadi.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

1981 yilda Norvegiyaning Xessdalen vodiysining ustida antiqa olovlar paydo boʻla boshladi. Bu olovlar bir xil emas. Baʼzida bular yakka tartibdagi har xil ranglardagi olovlar boʻlsa, baʼzan esa olov shar shaklida boʻlib, harakatsiz turadi. Bu noyob tabiat hodisasi asosan qish kunlarida kech soat 9 dan 1 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida davom etadi. Bu noyob atmosfera hodisasi ufologlarning ham diqqat-eʼtiborini oʻziga tortgan. Ularning taxminiy fikrlari boʻyicha, quyoshning aktivligi natijasida havodagi zarralarning bir-biriga oʻzaro taʼsiri boʻlib, bu jarayon chaqmoqlarning hosil boʻlishiga va hattoki kichik qora tuynuklarning paydo boʻlishiga sababchi boʻladi. Boshqa soha olimlarining taxmin qilishlaricha esa, bu yerda bir paytlar radioaaktiv radon topilganligi sababli, kichik yadroviy portlash sodir boʻlgan boʻlishi mumkin.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Oyli kamalak oq rangga ega boʻlib, hayratlanarli koʻrinishga egadir. Bu noyob tabiat hodisasi oyning shuʼlasi atmosferada boʻlaklarga boʻlinganda sodir boʻlib, oʻzimizning kamalakni eslatadi. Bunday kamalak asosan oy toʻlishgan pallada sodir boʻladi va asosan sharsharalar yaqinida kuzatiladi. Oyli kamalakni Viktoriya, Yosemitsk sharhsarasi yaqinida hamda Kosta-Rikoda kuzatish mumkin – yaʼni havo namligi 100 foiz boʻlgan tropik va subtropik mintaqalarda.

Qiziqarli dunyo: Oʻziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Olimlar bunday bulutlarni linzasimon deb ataganlari bilan, xalq orasida ular “Uchar likopcha bulutlari” deb nomlanadilar. Darhaqiqat, bu bulutlarni bir qarashda oʻzga sayyoraliklarning uchar likopchasiga oʻxshatish mumkin. Aslida esa bu bulutlar tabiat hodisasi hisoblanadi, ularni atmosferadagi baʼzi sharoitlar hosil qiladi. Bunday bulut hosil boʻlishi uchun togʻlarning tepasida hamda yalangliklarda qattiq shamol, yuqori darajadagi namlik va notekis yer relyefi kerak boʻladi. Yana oʻziga hos harorat ham boʻlishi shart. Keptaun togʻlar, tekisliklar va suv bilan oʻralgan – bu shunday bulutlarning hosil boʻlishi uchun ajoyib imkoniyatdir. Shunday sharoitlar boʻlsa, bunday tabiat hodisasi istalgan joyda roʻy berishi mumkin. Bulutlar qanday tezlik bilan paydo boʻlsa, yana shunday tezlik bilan tarqab ketadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar