Qiziqarli dunyo: Qalbi toza, mehri daryo bolalarning fidokorliklariga biz kattalar ham tan beramiz

Agar siz dunyoni yovuzlik va sovuqqonlik qamrab olgan, deb oʻylasangiz, unda mehr-muhabbat, hamdardlik kabi tuygʻularga joy qolmagan deb oʻylasngiz – katta xato qilasiz. Mana bu suratdagi bolalarga bir qarang – ularning qalblari mehrga toʻla. Ana shu mehrni ular atrofdagilar bilan boʻlishadilar va buning evaziga hech narsa soʻramaydilar. Ushbu postda yigʻilgan fotosuratlar buning yaqqol dalilidir. Bolalarning bu fidokorliklari biz kattalarga yaxshi namuna boʻla oladi. Marhamat, tanishing.

1. Qarovsiz, uyi yoʻq jonivorlarga oʻz qoʻllari bilan uycha yasab bergan kichkina qahramon

2. Bu qizaloq oʻz sochlarini saraton bilan xastalangan boshqa bir qiz uchun fido qildi

3. Bu dovyurak qizaloq hayotini xavf ostiga qoʻyib, suvda choʻkayotgan kuchuk bolasini qutqarib qoldi

4. Bu bola oʻz pul yutugʻini saraton kasali bilan xastalangan qoʻshni qizaloqqa xayr-ehson qildi

5. Bu bolakay uyi yoʻq, shuning uchun u har kecha kechqurungi doʻkon yonida undan tushayotgan shu'la ostida dars qiladi

6. Bu ikki notanish kichkintoyning taʼsirli quchoqlashishlarida qancha mehr mujassam

7. Veterinar huzuriga otlangan bu jonivorga dalda kerak

8. Xafa boʻlma, seni ham davolashadi

9. Bu fahmi oʻtkir bola yongʻinni birinchi boʻlib koʻrib qolib, oʻt oʻchiruvchilarni chaqirdi va uyni asrab qola oldi

10. Bu qiz oʻzining kundalik harajatlari uchun ajratilgan pullarini mahalliy uchastkadagi politsiyachilar uchun xayr-ehson qildi

11. Bu qizaloq drenaj quvurga tushib qolgan jajji oʻrdak bolalarini chiqarib, qutqarib qoldi

12. Bu bolakay karantin xonasida yotgan doʻstining yoniga kelib, video oʻyin oʻynaydi va uni yolgʻizlikdan qutqaradi

13. Qanday taʼsirli: bu bolalar uysiz hayvonlar saqlanayotgan joyga borib, ular oʻzlarini yolgʻiz his qilmasliklari uchun kitoblar oʻqib beradilar

14. Bu qizaloq koʻchadagi buqachaga mehri tushib qoldi va uni uyiga olib keldi

15. Bolakay yozning jazirama kunida xizmat oʻtayotgan politsiyachilarga suv ulashib chiqmoqda

16. Yomgʻir tagida ivib qolgan kuchukni soyabon bilan berkitdi

17. Kanadalik bolalar uysiz odamlar qishda sovuq qotmasliklari uchun issiq kiyimlarini koʻchadagi ustunlarga ilib chiqmoqdalar

18. Xavotir olma – men borman-ku!

19. Bu bola nogiron ukasini parvarish qilib, unga hayotdan zavq olib yashashiga yordam bermoqda
●
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



