Sayohat

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan
Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan
Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Dehlidagi ustun oʻzidan 7 metrdan sal uzun va kilosi 6,5 tonnani tashkil qiluvchi ustundir. U deyarli bir yarim ming yillik mobaynida Kuvvat-ul-Islam maqbarasining tashlandiq joylariga yaqin joylashgan, va undagi choʻzib yozilgan sanskritdagi yozuvda aytilishicha, u shoh Chandraguptaning Oʻrta Osiyo xalqlari ustidagi gʻalabasiga atab barpo etilgan.

Olimlar ushbu haykalning sirini aniqlash uchun yillab ter toʻkmoqdalar. Gap shundaki, kolonna deyarli korroziyaga uchramaydigan sof temirdan qilingan, va bunga hatto hozirgi darajadagi texnologiyalar bilan ham juda qiyin. Aynan shu sababli baʼzilarning fikrlariga koʻra, ustun – oʻzga sayyoraliklar tomonidan qoʻyilgan belgidir. Tadqiqotchilar holatni boshqacha tushuntirishadi. Ular fikriga koʻra, bu yerda gap oʻzga sayyoraliklarda emas, balki Dehlidagi oʻziga xos iqlim sharoitlarida, va aynan shu sababli haykal yuzida maxsus qoplama shakllangan va aynan oʻsha uning buzilishidan saqlaydi.

Mahalliy fuqarolar taʼkidlashlaricha, kolonna moʻhizaviy kuchga ega va xohlagan kasalliklarni davolashga qodir. Hatto odam ustun oldiga xassa bilan kelsada, unga qoʻlini tekkizganidayoq, xassalarini tashlab yuborar ekan. Aytilishicha, haykal nafaqat kasalliklarni davolaydi, balkim, turli xil istaklarni bajo keltiradi. Oʻzingizda sehrli kuchini sezishingiz uchun, kolonnaga orqangiz bilan suyanib, qoʻllaringiz bilan uni oʻrab olishingiz kerak, va bunda barmoqlaringizni iloji boricha birlashtirishingiz lozim. Shu holatda bir necha daqiqa turib, niyatingiz amalga oshadi deb umid qilish kerak. Kolonna hududida tashlab yuborilgan xassalar hali kuzatilmagan.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Eravan mehrobi Bangkokning eng jonli chorrahalaridan birida joylashgan. Bu joyni balan osmonoʻpar binolar va qimmat doʻkonlar orasida topish oson – u doimo oʻzining yorqin rangli taqinchoq va bezaklari (xushboʻy hidlar ham oʻnlab qadamda) bilinib turadi. Mehrobni yarim asr oldin Indra xudosi va uning fili Eravan nomiga atab nomlashgan, va figura markazida toʻrtboshli ilohiy jismning bronzali tilla yurgizilgan shakli joylashgan.

Mehrob, shu nomli mehmonxona roʻparasida joylashgan, va uning qurilishi tugalmas noxushliklar bilan davom etgan. Xollni bezash uchun mramorli kemani suv bosdi. Keyin noaniq sabablarga koʻra bir nechta ishchilar halok boʻlishdi. Xavotirlangan taylar braxmanlarga murojaat qilishdi, va ular javoban mehmonxona oldida mehrob barpo qilishni maslahat berishdi. Shundan soʻng qiziq holatlar sodir boʻlishi tugadi. Tailand poytaxtining xursand odamlari ushbu joyga kelib, ilohiy sovgʻalarni berishni boshladilar. Ularga qarab butun dunyo turistali ham kelishni boshlashdi. Mahalliy fuqarolar aytishlaricha, agar ilohlardan biror narsani chin dildan soʻrasa, unda tilagiz albatta, amalga oshadi. Indraga fil haykalchalarini, aromatik shamlarni va gulli girlyandalarni berish mumkin. Baʼzan esa mehrob poydevorida qayanatilgan tuxum va boshqa yeguliklarni koʻrish mumkin.

Eravan roʻparasida kichik bir devor mavjud. Tilaklari ushalgan odamlar, Indraga atab raqs tushib berayotgan raqqosalarga pul bergan holda tashakkurlarini bildirishlari mumkin. Kechqurunlari bu yerda koʻpincha milliy tay raqsli shoular oʻtkaziladi.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Baʼzi Buyuk Britaniyaliklar, agar daraxt poʻstiga tanga qoʻyib qoʻysa, tilaklari ushaladi deb ishonishadi. Ammo, daraxt oddiy daraxt boʻlmasligi kerak. Bu kabi marosim daraxtlar Birlashgan Qirollikning koʻp joylarida boʻlishi kerak, biroq ularning koʻpisi Shotlandiya va Irlandiyada. Eng taniqlilari orasida – Lox-Marining orollaridan biridagi - Maridagi eman daraxti. U qirolicha Viktoriyaning 1877 yildagi tashrifi sababli tanildi: sayohati paytida qirolichaning oʻzi marosimni amalga oshirdi va keyinchalik bu haqida kundaligida yozdi ham. Eski emanning poʻstlogʻi deyarli bilinmaydi, chunki u butunlayin tangalar bilan qoplangan, ularning eng eskisi 1828 yilga tegishli.

Pullik eman oldida, afsonalarga koʻra, qadimgi ilohiy quduq bor edi va u aqlidan ozganlarni davolashi mumkin boʻlgan. Kasalni qoʻy oyogʻini boylab, qayiqqa yotqizishgan, va unda orol atrofida uch marta soat strelkasiga qarshi aylantirishgan. Bunda kasalni har doim suvga tashlab, qaytib chiqarishardi. Bunday marosimdan soʻng u oʻsha suvdan yaxshilan ichib olishi kerak edi. Keyin esa eman poʻstiga tanga tiqishardi yoki shunchaki shoxlariga bogʻich bogʻlab qoʻyishardi.

Bu kabi marosimlarni XIX asr oʻrtalarigacha bajarganlar, ammo keyinchalik koʻlning ilohiy kuchiga boʻlgan umid yoʻqolib ketgan. Emanni esa haligacha ilohiy deb biishadi. Birinchi Jahon urushi vaqtida daraxt katta ziyon chekkan, va uni bir necha vaqtda olib qoʻyishgan edi. Ammo kechroq shoxlarni va badanining bir qismini qayta joyiga qaytarishdi. Tilagini oshirtirmoqchi boʻlganlarning istaklari vaziyatni oʻzgartira oldi.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Marokkoda tilaklar deyarli har bir qadamda ushalishi mumkin: agar Marokko shaharlarida suv tashuvchini uchratsangiz, tilagingizni aytavering. Biroq Marrakeshda yana bir uslub mavjud. Odamlar bu yerda shaharning eng asosiy yodgorliklaridan biri boʻlgan, qadimiy Al-Kutubiya maqbarasi oldida tilaklarini aytishadi.

Al-Kutubiyani XII asrda qurganlar. Ammo qurilish vaqtida mehrob Makka tomonga yoʻnaltirmaganligi aniqlandi. Buni eshitib jahli chiqqan sulton Abd-Al-Mumin, aynan uning hukmdorligi paytida qurilish boshlangan, arxitektorni qatl etishni buyurdi.

Boshqa bir afsona maqbarani bezayotgan oltin sharlarning kelib chiqishi haqida soʻzlaydi. Aytishlaricha, RAmazon oyida roʻza vaqtida sulton xotinlarining biri gunoh qilibdi – uch dona uzum donasini yebdi. Tavba sifatida musulmon ayol barcha oltin taqinchoqlarini eritishga va ularda oltin sharlar yasab, minoraning choʻqqisiga qoʻyishlarini soʻraydi.

Bugunda turistlar va mahalliy yashovchilar nomidan bajariladigan marosim aynan shu afsonaga taqaladi. Toʻlinoy kechasiga turib, minoraning tagiga yuzingizni sharqqa qaratib turish lozim. Aytishlariga koʻra, agar qandaydir daqiqada oyda sharlar aksini koʻrsangiz, tilagingizni aytishingiz mumkin. Ammo, tilak ushalishi uchun insonning niyatlari toza boʻlishi lozim.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Yaffa – dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Hozir u Tel-Avivning tumanlaridan biri hisoblanadi, qachonlardir esa mustaqil hudud boʻlgan. U haqidagi birinchi eslatmalar m.a. XVI asrlarga borib taqaladi. Hikoyalarga ishonganda esa, Noy oʻz kemasini aynan shu yerda yasagan. Shu yerda havoriy Pyotrga koʻrinish kelgan, va shu yerdan paygʻambar Ionning sayohati boshlangan.

Hozirda Yaffaning qadimiy qismida munajjimlar yoʻlakchasi degan joy bor. Bu yerdagi koʻchalar munajjim belgilari nomlari bilan atalgan, va oʻz tilagizgiz ushalishi uchun oʻz belgingiz bilan nomlangan koʻchani topishingiz va u yozilgan taxtachaga qoʻl tekkizishingiz lozim. Lekin, baʼzan, oʻz belgingiz nomigacha yetib olish uchun ancha harakat qilishingizga toʻgʻri keladi – baʼzilari ikki yarim metr balandlikda joylashgan.

Bundan tashqari, tilagingizni, dastalari munajjim belgilari bilan bezatilgan koʻprikda turib ham aytishingiz mumkin. Bu yerda ham xuddi oʻsha ishni: oʻz belgingizli plitaga qoʻl tekkizish lozim.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Asal oyini Italiyada oʻtkazish koʻpgina sevishganlarning orzusidir. Ammo bu mamlakatga hali sevgi bobida unchalik omadi chopmaganlar ham borishlari mumkin. Ularga Veronadagi Djulyettaning uyiga boorish tavsiya etiladi, va uyning hovlisida Djulyettaning haykalini koʻrishlari mumkin. Odatga oʻra, bronzali Djulyettaning oʻng koʻksika qoʻl tekkizish lozim, oʻshanda sevgi bobida albatta omadingiz keladi. BU odatga kam odam ishonmasligi aniq, chunki Djulyetta uyi Italiyaning eng koʻp tashrif buyuriladigan yodgorliklaridan biri hisoblanadi.

Hisoblanishicha, oʻsha joyning oʻzginasida Verona markazida Kapello oilasi yashardi, va aynan ular zamonaviy Kapulyeti oilasi misoliga aylandi. Uzoq vaqt davomida turistlar bu uy devorlarida koʻp sonli tilaklarni yozib qoldirishardi: kimdir qogʻozlarni saqich bilan yopishtirardi, kimdir graffiti chizardi. Ammo qandaydir vaqtda tilaklar shunchalik koʻpaydiki, Verona hokimiyati devorlarni tozalashga qaror qilishdi. Shuning uchun endi Djulyetta muzeyiga rasman tashrif buyurib, tinch va sokin holatda unga xat yozib, sevgi borasiga omadni soʻrsh mumkin.

Yaqindagina esa Verona hukumati yangi xizmatni taklif qildi – zamonaviy Djulyetta balkonida toʻy qilish. Bunday noanʼanaviy nikoh uchun Verona fuqarolariga £600, Yevropa Birlashmasidan kelgan juftliklarga £200 koʻproq, va boshqa mamlakatdan kelgan sevishganlarga £1000 toʻlashga toʻgʻri keladi.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Sharq Venetsiyasi deb ataladigan Suchjou, ikki yarim ming yil oldin barpo qilingan. Shahar qurilishi haqida sulola hukmdori U buyruq bergan, uning xohishiga koʻra, Suchjou dunyodagi eng goʻzal joylardan biriga aylanishi kerak edi. Shundoq boʻldi ham. Xityliklarda maqol ham tugʻildi: “Osmonda Jannat bor, yerda esa – Suchjou va Xanchjou”.

Qadim zamonlardan Suchjouda doimo suv bosishlar boʻlib turgan. Va shaharni bundan qutqarish uchun xitoyliklar kanallarning kengaytirilgan tizimini qurishdi. Qachonlardir ular mingga yaqin boʻlgan, ammo bugungi kungacha atigi 200 ga yaqini saqlanib kelgan. Avvallari ularni yogʻochdan qurishgan, keyinroq toshdan qurganlar, va har bir koʻprik oʻz nomiga ega. Karyera koʻprigi, Farovonlik, Tinchlik, Omad koʻprigi va boshqalar.

Eng qadrli va taniqli koʻpriklardan biri – Qimmatli kamar koʻprigidir. Uni imperator Yuan Xe davrida XI asrda qurganlar. Uning uzunligi – 317 m, va afsonaga koʻra, u sotilgan nefrit kamaridan kelib tushgan tushumga qurilgan. Koʻprikni qurish buyurilgan mahalliy prefektda mablagʻI tugab qolgan. Ishni oxirigacha yetkazish uchun, unga nefrit kamarini – Suchjou hukmdoridan sovgʻani sotishga toʻgʻri keldi. Aytilishicha, Qimmatli kamar koʻprigi moliyaviy barqarorlik va ishlarga omad keltiradi. Buning uchun koʻprik ustidan suvha tang ava biror bir taqinchoq tashlash lozim.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Chichen-Itsa shahri, Yukatan yarimorolida joylashgan boʻlib, yomon shuhratga ega. Aynan oʻsha yerda Oʻlim qudugʻi degan joy bor, va aynan uni qadimiy mayalar qurbonliklar uchun ishlatishgan. Bu joy haqidagi birinchi eslatmalarni yepiskop Diego de Landon, hindular marosimlarini tasvirlagan insonning yozuvlarida topish mumkin. Uning soʻzlariga koʻra, quruqchilik davrida mahalliy yashovchilar eng chiroyli bokira qizni topib, uni arqonlar bilan bogʻlab, suvga, u oʻlishigacha botirib qoʻyishgan. Shunday qilib ular xudolarga qurbonlik qilib, yomgʻir yogʻishini soʻrashgan. Chuqurlikka koʻpgina qiymatli jismlar ham tushgan: qimmatli toshlar, tilla bezaklar, qimmatli metallardan jihozlar. Mayalar hisoblashlaricha, bu marosim davrida tashqariga krokodilga oʻxshash yashil ruh koʻtarilar edi.

XX asrda ikkita amerikaliklar quduq ichiga ekspeditsiyani amalga oshirishdi. Qurbonlikla haqidagi afsona tasdiqlandi. Quduqda koʻpgina skeletlarni topishdi. Aniqlanishicha, hindular quduqqa nafaqat yosh qizlar balki, yigitlar va hatto bolalarni ham tashlashgan. Quduq allaqachon qurbonlik maskani boʻlmasada, koʻp insonlar uning moʻjizaviy kuchiga haligacha ishonishadi. Bugunda odamlar unga tilaklari ushalishi uchun tanga tashlashadi. Kimdir yomgʻir soʻraydimi yoqdi noʻmalum.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Shimoliy-sharqqa ozgina egilgan minora, Qozon kremlining bir qismi va Qozonning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi (aytgancha, u mashhur Pizan minorasidan ikki metr balandroq). Syuyumbike minorasi haqidagi birinchi eslatmalar 1777 yildagi manbalarda topilgan, boshida uni Xan-Djami yoki Xan-Mechete deb atashgan, va totor tilidan tarjima qilinganda “xon maqbarasi” deb tarjima qilinadi. Minoraning hozirgi nomi birinchi boʻlib “Zavoljlik humoli” jurnalida paydo boʻldi, va uning sonlarining birida Qozon yodgorliklari haqida maqola bosib chiqarilgan edi.

Minora bilan koʻpgina afsonalar bogʻliq. Ulardan birida yozilishicha, uni Syuyumbike malikasi - oʻz turmush oʻrtogʻi- xon Safa-Girey nomiga atab minorani qurgan – malikaga atab nom berganlar. Boshqa variant boʻyicha, u Ivan Grozniy buyrugʻiga asosan Qozonga ega boʻlishidan yeti kundan soʻng barpo qilishgan. Aytishlaricha, rus hukmdori qozonlik malikasining qoʻlini soʻragan. U esa Ivan Grozniy minora qurish shartini qoʻygan. Hammasi tayyor boʻlganida, Syuyumbike minoradan oʻzini tashlagan.

Qozon yodgorligi oldiga turlicha tilaklari bor odamlar kelishadi, lekin u, ayniqsa sevgi bobida omad soʻraydiganlarga yordam beradi. Aytishlaricha, aytilgan tilak, minoraga peshonangiz bilan suyalib ichingizda uch niyat aytganingizda ushaladi. Sevgi bobida esa omadni, minoraga orqangiz bilan suyanib soʻrasangiz ushalishi aniq.

Qiziqarli dunyo: Xohlagan istaklarni bajo keltiradigan 10 ta maskan

Mengirlar – yerga vertical tarzda urib qoʻyilgan ulkan sirli plitalar – koʻp yillar davomida olimlarni bezovta qilib kelmoqda. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, ularni 4000 yil oldin yashagan qabilalar qurganlar, ammo bu toshli plitalarning ishlatilish maqsadi haligacha aniq emas. Bu 50 tonnali toshlarni togʻ choʻqqisiga qanday qilib chiqarganliklari ham aniq emas.

Qadimgi odamlar mengirlardan kasalliklarni davolash uchun ishlatishgan degan gumon bor. Baʼzi olimlar fikrlariga koʻra, toshli plitalar yer yuzasi siniqlari yaqinida, maxsus energetic yorugʻlik keladigan hududda joylashtirilgan. Shuning uchun qadimda bu joylarni sirli marosimlar oʻtkazish uchun ishlatishgan.

Deyarli har bir mengirning oʻz nomi bor. Ulardan eng taniqlisi Ulus-Xurtuyax-Tas, tarjimada “katta toshdan yasalgan buvi figurasi”. Toshda ayolning yuzi, koʻkragi va aylana qorni oʻyilgan. Aytilishicha bu haykal ayollarga bepushtlikdan davolanishga yordam beradi. Hikoya qilinishicha, samaradorlikka erishish uchun mengirning yuzini smetana yoki sut bilan surtib chiqish kerak (ushbu marosimning koʻp marotaba bajarilishidan mengir qorayib ketdi).

Noyob haykalni buzilishdan saqlash niyatida, uning ostida shisha yurtani qurishdi. Tosh atrofida oʻʼ ekishdi va inshoot ichida esa doimiy harorat quvvatlanadi. Enfi toshli haykal YUNESKO ning Umumjahon merosiga kiritildi va Ulus-Xurtuyax-Tas muzeyining asosiy eksponatiga aylandi.

Ammo aytishlaricha, moʻjizaviy xususiyatlarga barcha mengirlar ega. Birorta toshli haykalni tanlab, uni soat strelkasiga koʻra uch marotaba aylanib oʻtib, toshga tegib va xayolan tilakni tasavvur qilish lozim.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar