Oʻzbekiston

Qiziqarli maʼlumot: Oʻzbekistonda ogʻirligi 6 tonna keladigan osh damlandi

Qiziqarli maʼlumot: Oʻzbekistonda ogʻirligi 6 tonna keladigan osh damlandi
Qiziqarli maʼlumot: Oʻzbekistonda ogʻirligi 6 tonna keladigan osh damlandi

Osh Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatida quyilgan doshqozonlardan birida damlandi. Ushbu qozonning diametri 4,2 metrga teng va hajmi 8000 ming litrga yaqin. Qozonning umumiy ogʻirligi 7070 kilogramm, chuqurligi – 1 metr. Qozon oʻrnatllgan oʻchoqning ogʻirligi esa deyarli 3 tonnani tashkil etadi.

Qiziqarli maʼlumot: Oʻzbekistonda ogʻirligi 6 tonna keladigan osh damlandi

Oshni tayyorlash uchun rekord darajadagi mahsulotlar sonidan foydalanildi. Xususan, mol goʻshti – 826 kg, qoʻy goʻshti – 825 kg, qoʻy yogʻi – 195 kg va 1650 kg guruch sarflandi. Bundan tashqari qozonga 2,4 kg sabzi, 185 kg piyoz,350 litr oʻsimlik yogʻi, 480 kg tuz ham solindi. Ziravorlardan 4,5 kg zira, 165 kg qora qand, 90 kg noʻxot va 3 kg qora murch ishlatildi.

Qiziqarli maʼlumot: Oʻzbekistonda ogʻirligi 6 tonna keladigan osh damlandi

Palovni Oʻzbekistonning turli shaharlaridan yigʻilgan 50 nafar oshpazlar tayyorladilar. Ish quroli sifatida 2 metrlik kapkirlardan foydalandilar.

Tayyor boʻlgan osh tadbir mehmonlari va Olmaliq shahrining 22000 aholisiga tarqatildi. Ushbu oshni tayyorlash va tarqatish tadbirda hammasi boʻlib 150 nafar turli kasb egalari ishtirok etdilar va kecha-yu kunduz mehnat qildilar.

Qiziqarli maʼlumot: Oʻzbekistonda ogʻirligi 6 tonna keladigan osh damlandi

Maʼlum boʻlishicha, Olmaliq sharida boʻlib oʻtgan bu tadbir dunyodagi eng katta palov tayyorlash tadbiridan oldingi tayyarlov mashgʻulotlari ekan. Dunyo rekordini oʻrnatishga va Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishga boʻlgan rasmiy urunish shu yilning 8-sentyabirida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan “Ozbegim” nomli anʼanaviy Festival doirasida boʻlib oʻtadi.

Qiziqarli maʼlumot: Oʻzbekistonda ogʻirligi 6 tonna keladigan osh damlandi

2016 yilning dekabr oyida oʻzbek palovi UNECKOning madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan edi. Osh – oʻzbek xalqining bosh milliy taomi, oilalarning anʼanassidir. Hech bir quvonchli voqea oshsiz oʻtmaydi, hattoki marhumlarning ruhini shod qilish uchun ham osh damlanadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar