Sayohat

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Hayratga soluvchi plyajlar, toza suv va muxtasham togʻlar sizni Kotor koʻrfazida baxt ummoni uzra gʻarq qiladi. Togʻlar va ichki koʻrfazlar bilan qurshab olingan Risan va Kotor shaharlari ularning hududlarida illiriya, rim va erta xristianlik davridan boshlab qadimiy sivilizatsiyalarning izlari topilgan va dastlabki ishgʻol etilgan aholi yashash joylaridir.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Risan shahri oʻzining rimlik villalari va nihoyatda yaxshi saqlangan mozaikalari bilan sizni oʻtgan davrlar toʻgʻrisidagi xotiralar ogʻushiga choʻmdiradi. Perast deb nomlangan bar-shaharning qirgʻogʻidan qayiqchada bir necha daqiqa sayr qilsangiz koʻrfazdagi ikki orolchalarning biriga duch kelasiz. Bu orolchada Yevropaning bu qismida devoriy naqqoshlikning eng zoʻr kolleksiyalaridan boʻlgan Rifdagi Bibi Maryam cherkovi joylashgan.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Kotor — Adriatikadagi eng yaxshi saqlanib qolgan eski shaharlardan bittasi. Uning hududida oʻzining marosimiy sanʼat kolleksiyasi bilan birga 12 asrdan beri saqlanib kelayotgan hayratga soluvchi Avliyo Tрifon butxonasi savlat toʻkib turibdi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari
Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Chernogoriyaning shimoliy qismida joylashgan, Durmitor oʻzining diqqatga sazovor joylari bilan birga betakror tabiati va faol turizm uchun qulayligi bilan mashhur.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Chernogoriyaning eng shimoliy qismida, Sehotina daryosining xushmanzara oʻzanida Plevlya shahri joylashgan. U hududida bugʻdoy yetishtiriladigan monastir mavjudligi sharofati bilan shunday deb nomlangan. Plevlyada islom va xristianlik ruhi muvaffaqiyatli uygʻunlikda yashaydi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Shaharning ramzini va abadiy sabr-bardoshlikni ikki nafar madaniy-tarixiy va meʼmoriy yodgorlik – Xusayn-poshsho masjidi va Muqaddas uchlik monastiri namoyon qiladi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari
Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari
Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Perast Boko-Kotor koʻrfazidagi Kotordan bir necha kilometr olislikdagi eng chiroyli shaharchalarning biri. Perast – mislsiz qadimiy meʼmorchiligiga ega boʻlgan ajoyib eski shahardir.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Bu sizga qadimiy butxona va cherkovlarni tomosha qilib baxra olish imkonini bera oladi. Perastdan bir necha daqiqa oraligʻi odamlarni unutib boʻlmas joylarga eltib qoʻyadigan kichikkina taksi qayiqchalari qatnaydi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Shuningdek siz Kotor koʻrfazining tabiiy goʻzalligini tomosha qilib koʻngil yozishingiz ham mumkin. Koʻrfazni qurshab turgan ajoyib chiroyga ega boʻlgan togʻlar, qadimiy meʼmorchilik, dengizning hidi va zoʻr musaffo havo... Perastni Chernogoriyaga kelgan har bir inson koʻrmogʻi lozim.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Skutari koʻli Zeta-Skadariya deb ataladigan vodiyda joylashgan. Bu vodiy qisman Bar shahri, qisman Podgoritsa maʼmuriyatiga tegishli. Taʼrifga til ochiz va koʻp chihatdan noyob, kattaligi 391 km boʻlgan Skutari Balkan yarim orolidagi eng yirik koʻl hisoblanadi. Ushbu koʻl Adriatika dengizidan 20 daqiqali masofada joylashgan va unga Sozina tuneli orqali oʻtib borish mumkin.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Koʻlning uchdan ikki qismi Chernogoriyaga, uchdan bir qismi esa Albaniyaga tegishli. 1983 yilda koʻlning 40000 gektariga teng boʻlgan Chernogoriyadagi qismi “Milliy bogʻ” deb eʼlon qilingan.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Bunday yagona goʻzallikka ega boʻlgan joy xaqiqatda mavjud ekanligiga ishonish uchun. Chernogoriyaga kelgan har bir insonga Skutari koʻliga tashrif buyurishni tavsiya etishadi. Bu juda chozibali, tabiiy boylikka ega boʻlgan, quruqlik va dengiz yoʻli bilan birday kelsa boʻladigan ajoyib maskan.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Bu yerda butun yil davomida turizmning barcha turlarini, jumladan qushlarni kuzatish, ekskursiyalar, tarixiy-meʼmoriy obidalarga tashrif buyurish, speleologik tadqiqotlar, marosimlar va festivallar hamda boshqa koʻp koʻrinishdagi talablarni qondirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Umumiy murakkablikda dengiz, koʻl va togʻlar 150 km ga teng doira boʻylab joylashgan. Ulaр barcha mehmonlaru turistlarning istaklarini bajo keltirish va didlarini qondirish uchun turli sayohatlarga taklif etadi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Chernogoriyadagi eng taniqli, mislsiz goʻzal va koʻp tashrif buyuriladigan joylarning biri Sveti-Stefan Budvadan tahminan 15 daqiqalik yoʻlda joylashgan. Sveti-Stefan, soʻzsiz, Chernogoriya turistik sanamlarining biridir.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari

Va buning taajublanadigan joyi yoʻq, chunki siz bu hayratga soluvchi joyni yoʻqlaganingizda nima uchun Sofi Loren, Silvestr Stallone, qirolicha Yelizaveta II va koʻpchilik boshqa dongdor insonlar dam olish uchun sevimli joy deya aynan Sveti-Stefanni tanlaganlarini darov tushunib olasiz.

Qiziqarli maʼlumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar