Qora Juma


Gʻarbiy mamlakatlarda Qora Jumadan boshlab anʼanaviy Rojdestvo savdo mavsumi boshlanadi,unda siz juda hamyonbob narxlarda turli xil mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin, chunki chegirmalar hajmi tovarlar guruhiga qarab 30 dan 90% gacha.
Ushbu shiddatli xarid qilish odati Amerikada 19-asrda paydo boʻlgan, oʻsha paytda eng yirik savdo tarmoqlari ulkan savdo-sotiqlarni tashkil qilishni boshlab, aqlbovar qilmaydigan darajada chegirmalar, bonuslar, maxsus sovgʻalar bilan xaridorlarni sotib olishga undashgan. "QoraJuma" atamasi esa 1966 yilda Filadelfiyada paydo boʻlgan.
Bu nomning kelib chiqishi haqida ikkita versiya mavjud. Birinchisi boʻyicha, Shukronalik kunidan ertasi kuni paydo boʻlgan katta tirbandliklar sababli kunni shunday atashgan. Boshqasi boʻyicha, Qora Juma nomi oʻsha kuni moliyaviy hisobotlarning saqlanishi tufayli paydo boʻldi. Yoʻqotishlar qizil siyohda yozilgan, foyda esa qora rangda qayd etilgan, va shu kuni daromad juda katta boʻlganligi sababli qora hisobot ustunlik qilgan.
Garchi bu kun rasmiy bayram boʻlmasada, koʻpgina amerikaliklar dam olishadi, albatta,chakana ishchilar bundan mustasno. Doʻkonlar va savdo tarmoqlari xaridorlarni jalb qilish uchun har narsani qiladilar.
Aftidan,bunday "saxiy" siyosat savdo vakillariga zarar yetkazishi kerak. Biroq,xaridorlarning katta oqimi Rojdestvo arafasida arzon narxlarni toʻliq qoplaydi va tovarlarni sotib olish odamlar uchun "zarurat" ga aylanadi.Shunday qilib, doʻkonlar bir kunda bitta oʻq bilan uchta quyonni oʻldirishadi:ular koʻp sonli xaridorlarni jalb qiladi, tovarlarning tezkor harakatlanishini taʼminlaydi va yaxshi foyda oladi Aytgancha, sotuvda faqat chegirmali yoki ommabop tovarlar ishtirok etadi deb oʻylamang. Sotuvchi har qanday holatda ham gʻolib boʻlib qoladi, shuning uchun assortimentdagi eng yaxshi mahsulotlarga ham chegirmalar qoʻllaniladi. Bundan tashqari, anʼanaviy ravishda maishiy texnika va uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqaruvchilari ushbu vaqtga yangi mahsulotlar chiqishini taminlaydilar. Shunday qilib, ular nafaqat talabni ragʻbatlantiradi, balki yangi mahsulotni reklama qiladi.
Garchi har yili televizorda biz Qora Juma kuni AQShdagi doʻkonlarga bostirib kirgan va paypoqdan tortib to plazma panellariga qadar hamma narsani supurib tashlayotgan ulkan olomonni koʻrsakda, hatto oʻylash va fikrlash uchun vaqt boʻlmasada va baʼzida jaroxatlarsiz oʻtmasada, bu voqeaning ommaviyligi kamaymaydi. Va umuman olganda, "haqiqiy shopogoliklar festivali" uning barcha ishtirokchilariga haqiqiy mamnuniyat keltiradi. Statistikaga koʻra, Qora juma kuni Amerika oilasi oʻrtacha hisobda bir necha yuzdan minglab dollargacha tejashga qodir. Har yili ular 60 milliard dollardan doʻkonlarda qoldiradilar,bu kichkina mamlakatning yillik byudjetiga barobar.
Agarsiz Qora Jumada ishtirok etishga qaror qilgan boʻlsangiz, sizga yoqimli xarid va katta chegirmalar tilaymiz!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



