Sayohat

Quyosh nurlaridan extiyot boʻling!

Quyosh nurlaridan extiyot boʻling!

Ming afsuski, inson terini ultrabinafsha nurlarining bevosita taʼsiri qarshisida oʻta chidamsiz. Janubiy mamlakatlarda istiqomat kiluvchi qora tanli insonlar bu borada oq-sariq teri soxiblariga nisbatan quyosh nurlariga chidamliroq ekanliklari bilan ajralib turadilar. Buning boisi teri tarkibidagi melanin moddasiga bevosita bogʻliq. Teri yuzasiga quyosh nurlari tushgan paytda teri toʻqimalarida melanin moddasining ishlab chiqarilishi jadallashadi, bu esa tananing pigment dogʻlar bilan qoplanishi va qorayib ketishiga sabab boʻladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, kuyish xolati qora tanli insonlarga nisbatan koʻprok terisi och rangdagi insonlarga tahdid qiladi. 

Quyosh nurlaridan extiyot boʻling!

Kuygan jarohatlarni davolash muolajasi ikkita bosqichda oʻtkaziladi. Avvalo terining kuygan sohalarida tana harorati tushiriladi, undan keyin esa zararlangan sohadagi quruqlik bartaraf etiladi. Mana shu ikki usul qoʻllanilgandan keyin kuyish darajasi va ogʻriq hissi sezilarli darajada kamayganini xis qilish mumkin. Shu bilan birga zararlangan terini turli bakteriyalardan himoya qilish lozim. Teri avvalgi sogʻlom xolatiga qaytgunga qadar bemor quyosh nuri ostida uzoq vaqt davomida qolib ketishi tavsiya etilmaydi.

Quyosh nurlaridan extiyot boʻling!

Yuz terisining keskin ravishda qizarishi va shishgan xolatga kelib qolishi teri kuyishinining eng asosiy belgilari hisoblanadi. Bu xolatning oldini olish uchun issiq kunlarda muntazam ravishda quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus vositalardan foydalanish, koʻzoynak taqish tavsiya etiladi. Kosmetologlar bu borada koʻchaga otlanishdan avval tozalangan yuz terisiga SPF belgili krem surtib olishni maslahat beradilar. 

Quyosh nurlaridan extiyot boʻling!

Kuygan teri yuzasidagi yoqimsiz ogʻriqni bartaraf etish va terining qayta tiklanish jarayoniga koʻmak berishda qatiqning foydasi beqiyos. Buning uchun terining kuygan sohalariga 1 soat davomida iliq qatiq ustma-ust surtib boriladi. Bunda qatiq qatlamlarining qurib qolishiga yoʻl qoʻymaslik juda muxim. Avvalgi qatlam qurib qolmasdan turib keyingi qatlam surtib boriladi va iliq suv yordamida ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlanadi. 

Quyosh nurlaridan extiyot boʻling!

 

Kartoshkali malhamni tayyorlash uchun xom kartoshka qirgʻichdan oʻtkazib olinadi va sharbati siqib chiqariladi. Kartoshka suvi kuygan sohalar ustiga surtilib, kompress qilinadi. 

Quyosh nurlaridan extiyot boʻling!

Moychechak damlamasi xam kuygan teri yuzasini davolashda ijobiy natija berishi mumkin. Uni tayyorlash uchun 1 oshqoshiq quritilgan moychechak gullari ustiga 1 stakan qaynagan suv quyiladi va 30 daqiqa davomida tindiriladi. Damlama sovigach, suzib olinadi va toza doka yordamida kuygan sohalarga kompress qilinadi. 

Quyosh nurlaridan extiyot boʻling!

Qoʻl ostingizda dorivor giyohlar topilmay kolsa, oddiygina qora choydan xam malham sifatida foydalanishingiz mumkin. Buning uchun 1 choyqoshiq quruq choy ustiga 1∕4 stakan qaynagan suv quyib, achchiq choy damlanadi. Doka iliq choyda namlab olingach, kuygan soha ustiga 20 daqiqa davomida kompress kilinadi. Muolajani kun davomida 3 marta takrorlash maqsadga muvofiq. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar