Shamollashda shifobaxsh ichimliklar

Naʼmatak C vitaminiga boy. Quritilgan naʼmatak mevalarini maydalang. 3 osh qoshiq naʼmatakka qaynoq suv quyib, termosda tun boʻyi qoldiring. Ushbu ichimlikni bir kunda 4 mahat ovqatdan yarim soat oldin iching.

Quritilgan joʻka gullaridan choy damlang va unga malina barglarini qoʻshing. 30 daqiqaga dam bering.

Agar sizda shamollash kuzatilayotgan boʻlsa, yangi damlangan qora yoki koʻk choyga 1choy qoshiq asal va ikki boʻlak limon soling. Ushbu ichimlik organizmdan shamollashni ketkazishga yordam beradi.

Bunday choy sovuq kunlarda imunitetni oshirishga va faollikni kuchaytirishga yordam beradi. 1 stakan qaynoq suvga 1 osh qoshiq asal, 1 osh qoshiq limon sharbati, 0,5choy qoshiq zanjabil va bir chimdim dolchin qoʻshib damlanadi.

Agar yoʻtal tutsa, qaynoq sutga mineral suv qoʻshib ichsangiz, u yoʻtalni daf qiladi.

Quruq mevalar iliq suvda yuviladi. Olma va nok 30 daqiqa davomida yumshaguninga qadar qaynatiladi. Keyin esa limon, shakar va asal solinadi. Bu ichimlik ham shamollashni samrali davolay oladi.

Moychechak yalligʻlanishga qarshi eng yaxshi vosita. Unga asal va joʻka qoʻshilsa yanayam yaxshi taʼsir etadi. Bunday choy tayyorlash uchun 1 choy qoshiq moychechak va joʻka gullari 1 stakan qaynoq suvga solinadi va 20 daqiqa dam beriladi. Suzib olingach, bir kunda 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi. Taʼbga koʻra asal ham qoʻshish mumkin.

Ushbu ichimlikni tayyorlash uchun sutga 10 tomchi sarimsoq sharbati qoʻshiladi va tun boʻyi qoldiriladi. Bu ichimlikni kechki payt yotishdan avval iching.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



