Shvetsiyada joylashgan muzli mehmonxona koʻrinishi

Ammo bahor fasli kelishi bilan muzlar eriy boshlaydi va mehmonxonani keyingi yili qaytadan qurishga toʻgʻri keladi.

Shved kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu mehmenxona esa yilning toʻrt faslida ham oʻz tashrif buyuruvchilariga xizmat qila oladi. Endilikda bu yerga yozning jazirama kunlarida ham kelib, hordiq chiqarish mumkin.

ICEHOTEL kompaniyasi muzli mehmonxonalar kurish bilan shugʻullanadi va oʻzining navbatdagi Icehotel 365 loyihasi bilan mijozlarning koʻngliga yoʻl topa oldi. Quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan sovitish tizimi bois mehmonxona bahorda ham, boshqa fasllar davomida ham erib ketmaydi va mijozlarga xizmat koʻrsatishda davom etadi.


Icehotel 365 Shvetsiyaning Jukkasjarvi qishlogʻidan 200 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, birinchi muzli qurilish 1989 yili amalga oshirilgan. Bugungi kunda Icehotel shunchaki karavot joylashtirilgan oddiy xonalardan iborat emas. Bino ichida muzli ibodatxona, kokteyl zali va sauna ham bor (sauna muzdan emas, albatta).

Mehmonxona ichidagi harorat -5 darajadan -8 darajagacha. Karavotlar muzdan yasalgan boʻlsa ham, ustiga bugʻu terisi tashlanadi va tun chogʻida mijozlarga termik yotoq yostiqlari tarqatiladi.


Boshqa muzli mehmonxonalar kabi Icehotel 365 ham Art Suites nomli tematik xonalar ega. Ularda muzdan yaratilgan betakror namunalarni koʻrish mumkin.





Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



